quyidagicha tasavvur qilish mumkin: agar ikkita zarracha bir-biri bilan bir
marta to‘qnashgandayoq o‘zaro birikib, yirikroq
zarracha hosil qilsa bunday
koagulyatsiya
tez koagulyatsiya deyiladi. Bunday
koagulyatsiyaning tezligi
kolloid zarrachalarning broun harakati intensivligiga bog‘liq bo‘ladi, lekin
qo‘shiladigan koagulyatsiyalovchi elektrolit konsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Agar koagulyatsiya tezligi koagulyatsiyalovchi elektrolit
konsentratsiyasiga
bog‘liq bo‘lsa, bunday koagulyatsiya
sust koagulyatsiya deyiladi. Tez
koagulyatsiya nazariyasi 1916 yilda M.Smoluxovskiy tomonidan yaratilgan.
Smoluxovskiy nazariyasiga muvofiq, kolloid zarrachalar o‘rtasida
o‘zaro itarilish kuchi borligidan bu zarrachalar bir-biri bilan birika olmaydi.
Ammo bu zarrachalar bir-biriga juda yaqin kelgan
paytda bu zarrachalar
o‘zaro tortishadi. Elektrolit qo‘shilmagan zolda kolloid zarrachalar bir-biridan
hiyla turganligi uchun kolloid eritma barqaror bo‘ladi.
Kolloid eritmaga elektrolit qo‘shilgandan keyin zarrachalar bir-biriga
yaqinlashib, o‘zaro
tortisha boshlaydi; buning natijasida kolloid sust
koagulyatsiyalanadi. Elektrolitdan yana qo‘shilsa,
koagulyatsya tezlashib
ketishi natijasida zarrachalar bir-biri bilan birlasha boshlaydi.
Smoluxovskiyning tez boradigan koagulyatsiya kinetikasi haqidagi
Do'stlaringiz bilan baham: