Koagulyatsiyasi. Koagulyatsiya tezligi. Dlfo nazariyasi


 Koagulyatsiya hodisasini yuzaga keltiruvchi omillar


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana21.11.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1792379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 Мavzu Kolloid sistemalarning koagulyatsiyasi Koagulyatsiya tezligi

 
11.2. Koagulyatsiya hodisasini yuzaga keltiruvchi omillar 
Biz yuqorida ionli stabilizator ta’siridagi kolloid sistemalarning barqaror 
bо‘lish va koagulyatsiyalanish sabablari molekulalararo tortilish kuchlari 
hamda elektrostatik о‘zaro itarilish kuchlari ekanligini aytib о‘tdik. Lekin 
kolloid zarracha barqaror bо‘lishining boshqa sabablari ham bor. Masalan, 
kolloid zarracha sirtida dispersion muhit molekulalari solvat qavat hosil 
qilganida ham zol barqarorlanadi. Ana shunday solvat qobiqlar kolloid 
zarrachalarning bir-biriga yopishib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi, chunki P.A. 
Rebinder ta’limotiga kо‘ra, biror zarrachaning zarrachalar orasidagi 
“tirqishdan” surib chiqarilishiga solvat qavatlar qarshilik kо‘rsatadi; bunda 
solvat qavat bilan dispersion muhit orasidagi chegarada sirt taranglik 
yо‘qligini ham e’tiborga olish kerak. B.V. Deryagin fikricha, solvat qavatga 
ega bо‘lgan ikki zarrachaning о‘zaro birlashib ketmasligining asosiy sababi 
kengaytiruvchi bosimning hosil bо‘lishidir, bunday bosim solvat qavatning 
tuzilishi dispersion muhitning tuzilishidan farq qilishi tufayli paydo b о‘ladi. 
Solvat qavatga ega bо‘lgan zarrachalar bir-biri bilan birlashib ketishi 
uchun avval solvat qavat yо‘qotilishi kerak: buning uchun ma’lum miqdor 
energiya (desorbsiya energiyasi) sarflanishi lozim. Puxta solvat qavat hosil 
bо‘lishi uchun kolloid zarracha sirtida dispersion muhit moddasi bilan 
kimyoviy yoki vodorod bog‘lanish hosil qilishga qobiliyatli tarkibiy qismlar 
bо‘lishi kerak. 
Solvatlanish tufayli barqaror bо‘ladigan sistemalarga SiO
2
ning, 
shuningdek ba’zi kо‘p valentli metallar gidroksidlarining gidrozollari misol 
bо‘la 
oladi. 
Darhaqiqat, 
bu 
sistemalar 
liofob 
kolloidlarning 
koagulyatsiyalanish 
qonuniyatlariga 
bо‘ysunmaydi, 
ular 
hatto 
ionli 
stabilizator ishtirokisiz hosil bо‘la oladi. Shu jihatdan bunday gidrozollarni 
liofil kolloidlar jumlasiga kiritish ham mumkin. Shunga о‘xshash hol sirt-faol 
moddalarning eritmalarida tayyorlangan yuqori dispers sistemalarda ham 
uchraydi. 
G.I. 
Fuks 
kо‘rsatishicha, 
bu 
sistemalarning 
barqarorligi 
uglevodorod molekulasining tuzilishiga, bu molekulaning tuzilishi b ilan 
dispers faza zarrachasining tuzilishi orasida uyg‘unlik borligiga, shuningdek 
dispersion muhitning dielektrik konstantasiga va unda qutbli (yoki difil) 


molekulali moddalar bо‘lishiga bog‘liq. Overbek bunday sistemalarda qо‘sh 
elektr qavat va elektrostatik о‘zaro ta’sir borligini ham e’tirof etadi. 
Yuqorida keltirilgan faktlar asosida, solvatlanish liofob, xususan, 
gidrofob kolloid sistemalar uchun faqat ayrim hollardagina barqarorlik omili 
(yoki elektr kuchlar ta’siriga qо‘shimcha omil) bо‘la oladi, degan xulosa 
chiqaramiz. Kolloid sistemalarning barqarorligiga bundan tashqari yana biror 
sababga kо‘ra kolloid zarracha sirtida vujudga keladigan struktura-mexanik 
g‘ovning mustahkamligi ham ta‘sir kо‘rsatadi. P.A.Rebinder fikricha, bu 
omilni termodinamik omil deb bо‘lmaydi, chunki agar struktura mexanik g‘ov 
bо‘lib turgan parda yо‘qotilsa, u о‘z-о‘zicha qayta hosil bо‘lmaydi. Undan 
tashqari, bu parda bilan atrof-muhit orasida dinamik muvozanat ham qaror 
topmaydi. 
P.A. Rebinder ta’limotiga kо‘ra, sirt-faol moddalarning ikki о‘lchamli 
struktura hosil qiluvchi tо‘yingan va tо‘yinishga yaqin adsorbsion qavatlari 
stabillovchi xossalarga ega. Ayniqsa kuchli darajada solvatlangan pardasimon 
(ikki o‘lchamli) iviq-liogellardan iborat kolloid adsorbsion qavatlar nihoyatda 
kuchli stabillovchi ta’sir kо‘rsatadi. Agar shunday qavat hosil qiluvchi 
moddalar jumlasiga gidrozollarda oqsillar, ishqoriy sovunlar, oleozollarda 
smolalar, о‘zgaruvchan valentli metallarning sovunlari va lipoidlar kiradi. 
Nihoyat Simx, Eyrix, Frish va boshqa olimlar taklif qilgan 
“beqarorlikning entropiya omili” haqida tо‘xtalib о‘tamiz. Bu olimlarning 
fikricha, sirt-faol moddalar va polimerlarning yetarli darajada uzun va 
qayishqoq makromolekulalari qattiq jism sirtida о‘zining ayrim-ayrim 
segmentlari orqali adsorbilana oladi. Shu bilan birga, adsorbilangan 
makromolekulalar hosil qilgan zanjirlarning uchlari va halqalari dispersion 
muhit ichida mikrobroun harakat qilib, sistemaning barqarorligini oshiradi: 
adsorbilangan “zanjir” molekulalarning suyuqlik ichida harakat qilib turgan 
qayishqoq qismlari bir-birini “itaradi”, natijada sistemaning entropiyasi 
kamayib, uning erkin energiyasi ortadi. Bunday ta’sir tufayli kolloid 
zarrachalarning alohida-alohida mavjud bо‘lishiga imkoniyat tug‘iladi, 
oqibatda kolloid eritmaning agregativ barqarorligi ta’minlanadi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling