Koagulyatsiyasi. Koagulyatsiya tezligi. Dlfo nazariyasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мavzu Kolloid sistemalarning koagulyatsiyasi Koagulyatsiya tezligi
matematik nazariya. Kolloid eritmalarning barcha zarrachalari bir xil radiusli
sharlardan iborat va bu zarrachalar broun harakati ta’siri ostida bir-biri bilan to‘qnashib koagulyatsiyalanadi, deb faraz qilaylik. Koagulyatsiya jarayonini bimolekulyar reaksiya deb qaraymiz: A + B = AB (bu erda A va B lar bir xil zarrachalar). Bimolekulyar reaksiya tezligi quyidagi qonunga bo‘ysunadi: 2 x a k dt dx bu yerda a – dastlab olingan zarrachalar soni, x – koagulyatsiyalangan zarrachalar soni, t – vaqt, k – reaksiyaning tezlik konstantasi. Agar formuladagi a o‘rniga n 0 ni (dastlab kolloid eritma bo‘lgan zarrachalar sonini) qo‘ysak: kdt x n dx ) ( 0 ifoda hosil bo‘ladi. Bu ifodadagi n 0 -x o‘rniga n 1 ni qo‘yamiz (n t – kolloid zarrachalarning t vaqt o‘tgandan keying soni) va –dx=dn 0 ekanligidan foydalanib, yuqoridagi ifodani integrallaymiz: t n n kdt n dn t 0 2 1 0 bundan kt n n t 0 1 1 yoki kt n n n t 0 0 1 bu yerda k – “qo‘shaloq” zarrachalarning hosil bo‘lish ehtimolligiga proporsional kattalik (tezlik konstantasi); k ni topish uchu quyidagi formuladan foydalanamiz: Dl k 4 bu erda D – diffuziya konstantasi, l – zarrachalar o‘rtasida tortishish kuchlari ta’sir etadigan masofa. Agar barcha zarrachalar yarim koagulyatsiyalanib bo‘lgan vaqtni τ harfi bilan belgilasak, u holda 2 0 n n t bo‘ladi; bundan k n n n 0 0 0 1 2 yoki
0 1 n k 0
k bu qiymatni n t formulaga qo‘ysak: t n n t 1 0 yoki
t n n 1 0 Albatta koagulyatsiya vaqtida “qo‘shaloq” zarracha yana bitta zarrachani qo‘shib olib uch qavat zarracha, boshqa “qo‘shaloq” zarracha bilan qo‘shilib “to‘rt qavat” zarracha hosil qilishi mumkin. Koagulyatsiya davomida zarrachalarning umumiy soni n tezda kamayadi. t vaqt o‘tgandan keyin barcha tartibdagi zarrachalarning umumiy soni: t D n n n 0 0 0 ln 4 1 Quyidagi rasmda n ning o‘zgarishi n chizig‘i bilan, “yakka” zarrachalarning kamayishi n 1 chizig‘i bilan, “qo‘shaloq” zarrachalar sonining kamayishi n 2 chizig‘i bilan, “uch qavat” zarrachalar sonining kamayishi n 3 chizig‘i bilan ko‘rsatilgan. Rasmdagi n 3 chizig‘i avval ko‘tariladi, so‘ngra pasayadi, ya’ni “qo‘shaloq” zarrachalar soni avval maksimumga yetib, so‘ngra kamayadi, chunki “uch qavat”, “to‘rt qavat” va hokazo zarrachalar hosil bo‘la boshlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling