Ni - NIKEL
Ni - NIKEL
Oq metall, nisbatan qattiq, cho`ziluvchan, oson bolg’alanuvchan. Qora kukun holda pirofor. Temir va kobaltga nisbatan reaktsion faolligi pastroq, nam havoda barqaror. Suv, ishqorlar, ammiak gidrati bilan ta`sirlashmaydi; kontsentrlangan nitrat kislotada passivlanadi. Eritmada Ni2+ kationi och-yashil rangga ega. Suyultirilgan kislotalar, kislorod, galogenlar, xalkogenlar, ammiak, uglerod monooksid bilan reaktsiyaga kirishadi. Ammoniy karbonat bilan eritmaga o`tkaziladi. Sezilarli miqdorda H2 ni yutadi. Ftor bilan ishlov berilganda metall barqaror NiF2 parda bilan qoplanadi.
Mr = 58,69; d = 8,91; tsuyuq = 1455 °C; tqaynq 2900 °C.
1. Ni + 2HCl(suyul.)= NiCl2 + H2
1. Ni + 2HCl(suyul.)= NiCl2 + H2
2. 3Ni + 8HNO3(suyul.) = 3Ni(NO3)2 + 2NO + 4H2O.
3. 2Ni + O2 = 2NiO (500 - 1000 °C).
4. Ni + E2 = NiE2 (t > 700 °C, E = F; 300 - 600 °C, E = Cl),
Ni + Br2 = NiBr2 (20 °C, efirda).
5. Ni + E = NiE(qora) [900 °C; E = S, Se, Te].
6. Ni + E = NiE(qizil) [700 - 900 °C; E = As, Sb].
7. 6Ni + 2NH3 = 2Ni3N + 3H2 (445 °C).
8. 3Ni + 2CO = Ni3C(qora) + CO2 (270 °C).
9. Ni(kukun) + 4CO = [Ni(CO)4] (50 - 100 °C).
10. Ni + 2(NH3*H2O)[10%-li] + H2O + (NH4)2CO3 = [Ni(H2O)2(NH3)4](OH)2 + CO2 (qayn.)
NiO - NIKEL (II)-OKSID
NiO - NIKEL (II)-OKSID
Bunzenit. Sariq, inert atmosferada qizdirilganda jigarrang, havoda qizdirilganda to`q-yashil bo`lib qoladi. Termik barqaror, cho`g’lantirilganda kislotalar, suv bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Amfoterlik xossalarni namoyon etadi (asosli xossalari ustunroq); kislotalar, qizdirilganda ishqorlar va tipik metall oksidlari bilan reaktsiyaga kirishadi. Kontsentrlangan ammiak gidrati ta`sirida eritmaga o`tadi.
Mr = 74,69; d = 6,67; tsuyuq = 1955 °C.
Do'stlaringiz bilan baham: |