Ko’cha va yo’llarda o’zini tutish qoidalari


Download 157 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi157 Kb.
#1310729
Bog'liq
TEXNIKA XAVFSIZLIGI


KO’CHA VA YO’LLARDA O’ZINI TUTISH QOIDALARI

  • Piyodalarga yo’lakchalarda va maxsus piyodalar yo’lakchasida yurishga ruxsat etiladi. Bunday joylar bo’lmasa yo’l chekkasida yoki velosiped harakatlanish yo’llarida yurish mumkin.

  • O’ng tarafdan yoqalab, mashinalar yo’nalishi bo’yicha harakatlan. Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi.

  • Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga yugurib chiqma, transportlar qatnoviga halaqit berma.

  • Chang’i, g’ildirakchali rolik-konki, skeytbordda faqat to’silgan tomosha bog’larida uch! Yo’lning transport qatnov yo’liga chiqma.

  • Agar, ko’cha yoki yo’lni kesib o’tish zarur bo’lsa, velosipeddan tushib uni boshqar, skeytbordni qo’lingga olib o’t.


KO’CHA VA YO’LLARDAN O’TISH

  • Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismini, faqat yer osti o’tish joylari, piyodalar ko’prikchalaridan va «Piyodalarning o’tish joyi» belgisi mavjud joylardan yoki bo’lmasa, o’zingni erkin tutib transport vositalari yo’qligiga ishonch hosil qilib, ko’cha va yo’lni tik perpendikulyar holda kesib o’t.


SVETOFOR YOKI YO’L HARAKATINI TARTIBGA SOLUVCHI YO’L NOZIRI BOR JOYLARDA,
KO’CHADAN FAQAT ULARNING SIGNALI BO’YICHA KESIB O’T.

  • Yo’l harakatini tartibga soluvchi vosita yo’q joylarda yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismini transportlarga xalaqit bermasdan, ikkilanmasdan kesib o’t.

  • Transport ikki tomonlama harakatlanadigan ko’cha oldida to’xtab, chapga qara va transport vositasi bo’lmasa, o’tishni boshla. O’rtasiga borib, o’ngga qara va o’tishda davom et.

  • Agar yaqin masofada transport vositasi bo’lsa, xavfsiz joyda yoki ko’chaning o’rtasida kutib tur, yo’l bo’shagach harakatni davom etdir.


KIMYOVIY MODDALAR TA’SIRIDA KUYGANDA:

  • Kislotadan kuygan joyni oldin sovuq suv bilan keyin esa sovun eritmasi bilan yuvib tashlash;

  • Ishqordan kuygan joyni sovuq suv bilan yuvib tashlab, keyin 2-3% 37 kislota eritmasi (uksus, olma sirkasi, limon kislotalari) bilan yuvib tashlash;

  • So’ndirilmagan ohakdan kuyganda – shikastlangan joyga yog’ bilan ishlov berish kerak.

  • Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyganda ularning turidan qat’iy nazar shifokorga murojaat qilish kerak.
ZAHARLI KIMYOVIY MODDALAR TA’SIRIDA ZAHARLANGANDA:

  • Tezda  103 telefoni orqali tez yordamni chaqirish;

  • Zaharli moddalar ovqat orqali organizmga o’tgan bo’lsa, 1-1,5l iliq suv ichirib qayt qildirish yo’li bilan oshqozonni tozalash zarur.
DORI-DARMONLAR TA’SIRIDA ZAHARLANISHDA:

  • Tezda  103 telefoni orqali tez yordamni chaqirish;

  • Oshqozonni tozalash;

  • Zaharlangan kishining nafas olishi buzilganda unga sun’iy nafas oldirish zarur.

XAVFSIZLIK QOIDALARI:

  • Uying kalitini hamma biladigan joyda qoldirma (gilamcha tagida yoki elektr shitida);

  • Palto yoki kurtkangni yechganingda cho’ntagingda kalitni qoldirma va tanishlaringga berma;

  • Kalitni yo’qotib qo’ysang darhol ota-onangga ayt.

  • Odam kam, tashlandiq joylardan, kam yoritilgan ko’chalardan yurma;

  • O’zing yashab turgan joyni yaxshi o’rganib chiq;

  • Kechki payt ko’chaga chiqish zarur bo’lsa, eng xavfsiz yo’lni tanla, agar u juda qisqa yo’l bo’lmasa ham.

ESDA SAQLA!

  • Ota-onangni qayerga ketayotganing, qachon kelishing haqida ogohlantir, agar uyda hech kim bo’lmasa xat qoldir.

  • Bu faqat ota-onangni tinchlantirish uchungina emas, balki o’zingni xavfsizligingni ta’minlash uchun kerak. Agar otaonang qayerga ketganing va qachon kelishingni bilishsa, kerakli paytda qaysi yo’nalishda qidiruv ishlarini olib borishga imkoniyat yaratadi.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling