Ko‘chirma baliqchi tumani aprel 2023 yil Yig‘ilishda ishtirok etdi: 31 nafar boshlang‘ich sinf pedagoglari Yig‘ilish raisi : Maktab direktori: I. Rejabboyev Yig‘ilish mehmoni: Nam duning amaliyot rahbari B


Download 23.24 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi23.24 Kb.
#1476465
Bog'liq
Баённома кучирма амалиёт


ANDIJON VILOYATI BALIQCHI TUMANI 2-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA O‘TKAZILGAN NAVBATDAN TASHQARI PEDAGOGIK KENGASH YIGʻILISHI BAYONNOMASIDAN


KO‘CHIRMA
BALIQCHI TUMANI 7 aprel 2023 yil Yig‘ilishda ishtirok etdi:
31 nafar boshlang‘ich sinf pedagoglari
Yig‘ilish raisi :Maktab direktori: I. Rejabboyev
Yig‘ilish mehmoni:
Nam DUning amaliyot rahbari B. Abduraxmanov
Nam DUning amaliyot uslubchisi G. Isaqova
1 nafar amaliyotchi talabalar:
Tojiboyeva Gulbahor


KUN TARTIBI:
1.Talabalarning pedagogik amaliyot jarayonidagi ishtiroki.

  1. Pedagogik amaliyot yakuni bo‘yicha ma’lumot.



ESHITILDI:
Bu masala yuzasidan yig‘ilish raisi I. Rejabboyev so‘zga chiqib, navbatdan tashqari o‘tkazilayotgan pedagogik kengashni ochib berdi. Notiq o‘z so‘zida ta’lim muassasada 2022-2023 o‘quv yilining 4-choragida ya’ni, joriy yilning mart - aprel oylarida Namangan Davlat universiteti BT va STI yo‘nalishi BTS-NU-20 gurux talabasi Tojiboyeva Gulbahorning pedagogik amaliyotda bo‘ldilar. Ular mazkur maktabning tajribali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Tojiboyeva Muxtasarga biriktirilgan.
Har bir amaliyotchi talaba shu o‘zlariga biriktirilgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning yordamlarida oliygoxda olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayoni orqali o‘zlashtirganliklari haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilish raisi I. Rejabboyev 3-bosqich BT va STI yo‘nalishi BTS-NU-20-gurux talabalari pedagogik amaliyot o‘taganliklari va uni ijobiy yakunlaganligi bilan tabrikladi. Kelajakda ularning pedagogik faoliyatlariga omad tiladi.
Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilaridan boshlang‘ich sinflar bo’yicha O‘TIBD o‘inbosari G. Ataxanova so‘zga chiqdi. Notiq o‘z so‘zida BT va STI yo‘nalishi 3-bosqich BTS-NU-20-guruh talabalari besh kunlik pedagogik amaliyoti davridagi faoliyatidagi yutuq va kamchiliklari haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, u ham talabalarning kelgusidagi oliygoxdagi o‘qishi va ishlariga omadlar tiladi.
Yana amaliyotchiga biriktirilgan M. Tojiboyeva ham so‘z chiqib, o‘zlariga biriktirilgan amaliyotchilarining faoliyati haqida o‘zlarini ijobiy fikrlarini bayon etdilar.
Shundan so‘ng, Namangan Davlat universiteti 3-bosqich BTS-NU-20-guruh talabasi Tojiboyeva Gulbahorning amaliyot rahbari B. Abduraxmanov va amaliyot uslubchisi G. Isaqova lar ham so‘z olib, ta’lim muassasaning ma’muriyati va pedagog jamoasi a’zolariga talabalarning amaliyot o‘tashida yaqindan yordam berganliklari, kasb sirlarini erinmay o‘rgatganlari uchun oliygox nomidan va o‘z nomlaridan minnatdorchiligini bildirib, kelgusida ham hamkorliklar davom etishi va mustahkamlanib borishini ta’kidlab o‘tdilar.
Yuqoridagilarga ko‘ra pedagogik kengashi a’zolari

QAROR QILDI:





  1. Namangan Davlat universitetining 3-bosqich BTS-NU-20-guruh talabasi Tojiboyeva Gulbahorning amaliyoti davridagi pedagogik ishtiroki ijobiy deb baholansin.

  2. Namangan Davlat universitetining 3-bosqich BTS-NU-20-guruh talabasi Tojiboyeva Gulbahorning amaliyoti davridagi pedagogik ish faoliyati ijobiy deb baholansin.



Yig‘ilish raisi: I. Rejabboyev
Kotiba: G. Rejabboyeva
Download 23.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling