Ko’chma ma’noli birliklarda milliy mentalitetning aks ettirilishi


,,Fe’l- atvor’’ konseptosferasida milliy mentalitetning namoyon bo’lishi


Download 110.55 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2023
Hajmi110.55 Kb.
#1212993
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdurasulova Jumagul (5) (2)

2.2.,,Fe’l- atvor’’ konseptosferasida milliy mentalitetning namoyon bo’lishi
Ma’lumki, nomlar, odatda, biror narsani tasvirlash, tavsiflash, tushuntirib berish, anglatish yoki e'lon qilish uchun qoʻllaniladigan soʻzlardir. Shuningdek, insonlar birinchi marta duch kelgan shaxs, narsa, hodisa, vaziyatning nomi bilan qiziqadilar yoki oʻsha shaxs, obyekt, hodisa va vaziyatni nomlash keraklik ehtiyojini his qiladilar. Bu tilning ilk va asosiy vazifalaridan biri – nominativlik (atash, nomlash) bilan bogʻliq hodisadir. Til hamda lisoniy birlikning funksiyasi deganda muayyan til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli – vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari oʻrtasidagi bogʻliqlik yoki munosabatlari tushuniladi. Til birligi funksiyasini belgilash uning muayyan tildagi rolini aniqlashni koʻzda tutadi, jumladan narsa, hodisa, vaziyat va jarayonlarni atash tilning yoki til birligining nominativ funksiyasini belgilab beradi. Binobarin, har bir til birligi ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi, ya’ni muayyan funksiyani bajaradi, shuning uchungina boshqa til birligidan farq qilgan holda mavjud boʻladi. Til birliklarining koʻplab funksiyalari – oʻxshatish, ajratish, farqlash funksiyalari kuzatiladi; ana shu funksiyalarga muvofiq ravishda til birliklarining oʻzlari ham farqlanadi va ajratiladi. Funksiyalar nafaqat til birliklarini, balki tilning oʻzini tizim sifatida tavsiflashda ham 151 mezon vazifasini bajaradi. Tilning asosiy funksiyalari: kommunikativ aloqa, aloqa qilish funksiyasi, bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borliqdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash) ekspressiv ifoda, bayon funksiyasi, apellyativ kabilardir. Bu funksiyalar orasida nomlash (nominativ) funksiya alohida ajralib turadi. Oʻz navbatida nomlash inson tomonidan dunyoni bilish va oʻzlashtirishning ajralmas qismidir. Binobarin, muayyan hodisalar massasini umumlashtirgan, ularning tasodifiy belgilarini e’tibordan soqit qilgan va muhimlarini ajratib olgan holda inson soʻzda borliqdan olgan tasavvur va tushunchalarini lisoniy belgida mustahkamlash zarurligini his qiladi. Bu esa nom paydo boʻlishiga olib keladi [6]. Agar shunday boʻlmaganda, tushuncha va konseptlar gʻayrioddiy va mavhum abstraksiya holida qolib ketar edi. Qoʻyilgan nom, anglangan ma’lum bir soʻz yordamida inson atrofdagi voqelikni oʻzlashtira boshlaydi hamda nomlash bilishning eng birinchi unsuri oʻlaroq namoyon boʻladi. Binobarin, zamonaviy inson ega boʻlgan butun tushunchalar tizimi nomlar tizimiga tayanadi. Bunga otlar (turdosh va atoqli otlar), nomlarning insonga kommunikatsiya jarayonida yetkazib beruvchi informatsiya oqimi va hajmini namuna qilib keltirish mumkin. Jumladan, atoqli ot voqelikning ma'lum bir obyektini atab koʻrsatadi va shu nomlash orqali ekstralingvistik voqelikni til bilan bogʻlaydi, shu bilan birga toʻlaqonli lisoniy birlikka aylanadi. Jumladan, shaxsning ismi, familiyasi va laqabi (Barot, Nafisa, Irına, Ivan, John, Hans...; Choʻtir, Chuvrindi, Gʻilay, Usatiy, Lixach...) uning bevosita nomidir, bilvosita esa ular umumiy atoqli ot hamdir, ular oʻnlab,hatto, yuzlab insonlarning nomi yoki laqabi boʻlishi mumkin. Turdosh ot esa avval berilgan shaxs mansub boʻlgan sinfni va shundan keyingina shaxsni nomlaydi. Atoqli va turdosh otlar oʻrtasidagi farq ham shundan iborat, turdosh otlar ham ma’lum bir obyektning, ham ushbu obyekt mansub boʻlgan butun turning nomi boʻlib xizmat qiladi. Atoqli ot turdosh otdan farqli oʻlaroq, odatda bitta obyektga beriladi. Turdosh ot ma'lum bir obyektni nomlab, uni oʻzaro bogʻliq boʻlganlar guruhi bilan bogʻlaydi (daraxt, ariq, meva, odam, kitob...) va natijada avval umumiy tushunchani va soʻngra narsa-predmetni ifodalaydi. Antroponimlar, shu jumladan ism va laqablar oid boʻlgan atoqli otlar esa: birinchidan, alohida obyektni nomlab koʻrsatishi; ikkinchidan, obyektni oʻz onimi bilan nomlash doimo aniq belgilangan, chegaralangan, belgilab qoʻyilgan; uchinchidan, otningning bevosita tushunchaga aloqador emasligini anglatadi. Narsa-hodisalarni nomlash, ularga uch oʻlchamli lisoniy belgi vositasida ism berish aslida insonning dunyoni bilish yoʻlidagi dastlabki odimidir. Bu lisoniy belgi bir vaqtning oʻzida ham moddiy, ham idealdir; u tovush qobigʻi (akustik tasvir) – belgi (shakl) va belgilangan tushuncha – ishora (mazmun) birligini ifodalaydi. Borliqdagi narsalar qanday nomlanishidan qat’iy nazar, ular kishilarning e’tiqodi, badiiy didi, his-tuygʻu va tafakkur olami, qadriyatlarini aks ettiradi. Ismlarga berilgan xususiy va umumiy ma'nolar ularni madaniyatning muhim unsuriga aylantirishi sir emas. Tilning lugʻat tarkibidagi Onim ( yunoncha ὄnjua - ism) - boshqa ob'ektlar orasida oʻzi nomlagan ob'ektni ajratib koʻrsatish, uni individuallashtirish va identifikatsiyalash uchun xizmat qiluvchi soʻz, ibora yoki jumla. Onomastıka sohalariga oid atamalar tarkibiga majburiy kiritiladi. Masalan: turlar boʻyicha onimlarning turli boʻlimlarini tashkil etuvchi fitonim, anemonim, xromonim, kosmonim, teonim, ideonim, xrematonim va boshqalar, ya'ni atoqli otlar. Ononimlashish natijasida onimlar sifat va sonlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Demak, onim onomastikaning asosiy atamasi va tadqiqot predmeti hisoblanadi. 152 nomlar(otlar) dan soʻzlovchilar tafakkuridagi olamning lisoniy manzarasini, dunyoqarashini, didini, his-tuygʻu va fikrlash tarzini anglash mumkin. Shuningdek, antroponimlarning asosiy vazifasi – nutq oqimidagi atash yoki atab koʻrsatishdir. Lisoniy muloqot ishtirokchisi adresat va adresantlarni ularning ismi, famliyasi, laqabi, unvoni, nikneymi bilan eslab qoladi va faqat bu ma’lumot uning ixtiyorida boʻlganidagina kommunikatsiya jarayoni muvaffaqiyatli boradi. Jamiyatdagi shaxslar, nom yoki laqab tashigan subyektlar (hayvonlar, jihozlar, mashinalar, qoʻgʻirchoqlar...) miqdori koʻp va xilma-xil boʻlishi tayin, shu tufayli lisoniy muloqot ishtirokchisi bularning barchasini qabul qilishi va nutqiy jarayonda faol qoʻllay olishi kerak. Antroponimlarning barcha turlari, avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek, nominativ funksiyani bajaradi. Shu bilan birga u oʻzi nomini tashiydigan shaxs yoki boshqa subyektlarni nominativ jihatdan differensilashtirish va individuallashtirish funksiyasini ham bajaradi. Mashhur rus onomasiolog-tilshunosi oʻz vaqtida haqli ta’kidlaganidek, “ismlardagi ma’noviy diffrensiyalash xususiyati u yoki bu shaklda qandaydir ijtimoy belgilar qoʻyilganidan darak bermaydi. Kishi nomlari – bu ismni tashiydigan kishining u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligiga ishora qiladigan paroldir”[9;20]. Shuning uchun kishi nomlari (antroponimiya) nafaqat tilshunoslik, balki sotsiologiya, antropologiya, tarix, filologiya, adabiyot kabi turli fanlarning chorrahasida mavjud boʻlgan soha sifatida namoyon boʻladi. Ushbu sohaning fanlararo maqomi, tabiiyki, tadqiqot ob'ektiga turli nuqtai nazarlardan qarashga olib keladi. Faqat tilshunoslik fani doirasida olib borilgan tadqiqotlarga nazar tashlasak, ham yondashuv, ham uslub jihatidan boylik koʻzga tashlanadi [2]. Binobarin, antroponimlarni oʼrganish jarayonida yuzaga kelgan asosiy muammolardan biri – bu ularning leksik maʼnosi bilan bogʼliq muammodir. Bugungi kunda ushbu masalada fikrlar xilma-xilligi va qarama-qarshiligi saqlanib qolmoqda. Fransuz antroponimlarining diskursiv pragmatik tasnifi boʻyicha maxsus kuzatishlar olib borgan S.J.Kamolovaning fikricha [7;13], tadqiqotchilar tomonidan bu xususda bildirilgan fikrlarni uchta asosiy guruhga – asemantiklik, yaʼni onimlarning maʼnosi yoʼq degan nuqtai nazar, semantiklik, yaʼni onimlar keng maʼnoga ega degan nuqtai nazar va ikkalasining ham xususiyatlarini birlashtirgan, goʼyoki birinchi va ikkinchi nuqtai nazarlarni “yarashtiradigan” nuqtai nazarga ajaratish mumkin. Birinchi konsepsiyaga koʼra, onimlar doimiy tushunchalar signifikatlarning ifodalanishi bilan hech qanday tarzda bogʼlanmaydi, onim hech narsani anglatmaydi, chunki atoqli ot oʻzi ifodalaydigan obyektning xususiyatlari toʼgʼrisida hech qanday informatsiya tashimaydi, faqat mos keladigan boshqa onimlar orasidan uni ajratadi, xolos. Onimlar doimiy tushunchalarni ifodalash bilan bogʼliq boʻlmaydi va ular anglatayotgan predmetlari haqida axborot tashishga qodir emas. Ikkinchi yoʼnalish onim faqat nutqda, nutq kontekstida va alohida nutqiy muhitda qoʼllangan paytdagina toʼliq maʼnoga ega boʼlishi mumkinligiga asoslanadi. Аyrim tilshunoslarning fikricha, onomastik semantika semantikaning alohida turi boʼlib, u subyektiv, ijtimoiy shartlangan omillarni ham, referent soʼzlovchida paydo qiladigan hissiyotlarni ham atoqli ot semantikasiga kiritadi. Uchinchi yoʼnalish tarafdorlari tilda ham, nutqda ham onimlarning maʼnosi mavjudligini daʼvo qiladi hamda soʻzlovchi tomonidan keng maʼnoda, yaʼni, maʼlum bir 153 shaxsni atash maʼnosida qoʼllaydigan tilshunoslardan farqli oʻlaroq, muayyan kasb sohibini anglatish maʼnosida shakllangan turdosh otlarga nisbatan qoʻllanadi[3,10]. Ushbu nuqtai nazarlarning tahlili atoqli otlarning lisoniy maqomi, lingvomadaniy va lingvokognitiv jihatlari hamda onimlarning semantik ma’nolari haqida ma’lum toʻxtamlarga kelish mumkinligini koʻrsatadi. Shuningdek, tilshunoslik va onomastikada hanuzgacha qaysi lisoniy birlikni atoqli ot, qaysilarini turdosh ot sifatida baholash mezonları, atoqli otning ma’nosi qanday mezonlarga koʻra belgilanishi hamda uning turdosh ot ma’nosidan farqlari masalalari xususida ham bir fikrga kelinmagan [10]. Ma’lumki, appelyativning [1,4] ma’nosi soʻzni tashkil etuvchi tovushlar majmui bilan ayni paytda soʻzlovchining ongida predmetning asosiy va muhim belgilarini ifodalagan mazmun bilan juda qalin aloqada oʻrtaga chiqadigan tushunchadir. Soʻzning, xususan, turdosh otning mazmuni – lisoniy birlikning inson ongida obyektiv borliqning in’ikosi natijasida shakllanuvchi tushunchaning oʻzginasidir. Oʻz navbatida atoqli ot (onim) ham tovushlar majmuidan iborat obyekt, ya’ni denotatni tamsil etadi. Bu holda denotatning soʻzlovchi ongida qaysi tushunchani ifoda etishi yoki etmasligi masalasi ham bor. Ma’lumki, til tizimi uning kommunikativ vosita sifatida amal qilinishini belgilaydigan ma’lum xususiyatlar toʻplami bilan tavsiflanadi.



Download 110.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling