Ko’chma ma’noli birliklarda milliy mentalitetning aks ettirilishi
Download 110.55 Kb.
|
Abdurasulova Jumagul (5) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.Olamning lisoniy manzarasi
Ko’chma ma’noli birliklarda milliy mentalitetning aks ettirilishi Reja I bob. Milliy mentalitetning lisoniy birliklar orqali o’rganilishining nazariy va amaliy masalalari Olamning lisoniy manzarasi Ko’chma ma’noli lisoniy birliklar tadqiqiga antroposentrik yondashuv O’zbek tilshunosligida ko’chma ma’noli birliklarning o’rganilishi II bob. Ko’chma ma’noli birlilklar – lingvomadaniy konseptlarni shakllantiruvchi lingvokulturema sifatida. 2.1. Lingvomadaniy konseptlarda milliy mentalitetning voqealanishi 2.2. 1.1.Olamning lisoniy manzarasi Ko’chma ma’noli birliklar aynan oʻz maʼnosiga koʻra emas, Lug’aviy ma’nodan farq qiluvchi, biror bir jihati bilan bosh ma’noga bog’lanuvchi so’zlar yoki birikmalar hisoblanadi. Ko’chma ma’noli birliklarning kontekstual maʼnosi, koʻchma maʼnosi, qarama-qarshi ma’nolari, shakldoshlari va sinonimlari esa olamning milliy lisoniy manzarasiga mansubdir. Fanlar oʻzining rivojlanish tarixida bir qancha bosqichdan oʻtgan va aksariyat hollarda tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, hatto aniq yo’nalishdagi fanlar ham tarixiy rivojlanishda bir-birlariga taʼsir qilib, parallel ravishda harakatlanadi desak, also mubolagʻa boʻlmaydi. Bundan ikki asr avval grammatik kategoriyalarni tartiblashtirish, soʻz turkumlari hamda gap qurilishi tadqiqi singari masalalar kunnng tartibida boʻlgan sof tilshunoslik fanlari ham bugungi kunga kelib ayri yondosh fanlar taʼsirida hamda ularga taʼsir koʻrsatgan holda til va tafakkur, til hamda jamiyat, til va madaniyat, til va milliy mentalitet o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilishga asosiy eʼtiborini qaratmoqda. Shundan so’ng zamonaviy tilshunoslik sohalari til hodisalarini antropotsentrik yondashuvlarga asoslangan holatda oʻrgana boshladi. Nizomiddin Mahmudov tilshunoslikda antropotsentrik paradigmalarning shakllanishi haqida mulohaza yuritar ekanlar, quyidagicha fikrlarini bayon qiladi: “Tilning ana shunday obyektiv xususiyatiga muvofiq ravishda antropotsentrik paradigmada inson asosiy oʻringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning “inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi”1 degan hikmatli jumlasini tilga oladilar. V.A.Maslova taʼkidlaganlaridek, “inson aqlini, insonning oʻzidan, tildan va nutq yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib boʻlmaydi”2 . Unda olamning milliy tasviri (manzarasi, kartinkaasi, suratlari) asos muammolardan biri ko’rinishida namoyon boʻladi. Falsafa faniining negizida “dunyoning tasviri” tushunchasi shakllangach, tez orada mazkur tushuncha ijtimoiy, ijtimoiy-siyosy, madaniy, ilmiy va turli boshqa sohalarni qamrab ola boshladi. “Falsafada olam tasvirini aniqlash bilish jarayonini idrok etish, voqelikni farqlash hamda ilmiy bilish jarayoni bilan bogʻliq, shuning uchun olimlar borliq tasviri bilan olamning ilmiy kartinasini aynanlashtiradilar”.3 “Olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi zamonaviy tilshunoslikning eng yirik yoʻnalishlaridan biri hisoblangan kognitiv tilshunoslikka oid tadqiqot ishlarida, ayniqsa, oʻta faoldir. Oʻz-oʻzidan, ushbu atama tarkibidagi “lisoniy” aniqlovchisi olamning yana boshqacha tasvirlari ham bor ekanligiga ishora qiladi. Haqiqatdan ham, turli jabhalardagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olamning diniy- falsafiy, diniy va ilmiy, miologik tasvirlari kabi masalalarning tahliliga asoslangan holatda bo’ladi. Mazkur manzaralar o’rtasidagi farqni tushunish esa olamning lisoniy manzarasi, uning tarkibiy uzvlari, vazifalari va maqsadlarini yana ham toʻlaqonli anglanishiga yoʻl ochadi. Masalan, olamning falsafiy tasviri dunyoni odam va olam munosabatlari negizida anglashga harakat qiladi. Mazkur munosabatlar kognitiv , qadriyatlar, ontologik va amaliy faoliyat singari tushunchalar nuqtai nazaridan tahlil qiladi, yaʼni olam aqliy faoliyat, tushunchalar, gʻoya hamda soʻzlar yordamida anglashiladi . Dunyoning mifologik manzarasi esa olamdagi hamma narsalar jonli, ularning har birlari oʻzining ruhiga ega degan qarash asosda hosil qilingan. Ushbu tasvir yirik dunyo bir necha mayda olamlardan tashkil qilingan, ularda zamon va makon har xil, ammo ulardagi barcha mavjud narsalar yagona Taqdiri azal – borliq qonuniyatlariga boʻysunadi, degan fikrni ilgari suradi.4 Bunda miflar qahramoni boʻlgan turli Hudolar ham Mutlaq bo’lgan kuchga ega emas, ular ham taqdiri azalga tobedir deya ishoniladi. Dunyoning diniy tasviri esa har bir narsaning boshlanishi va oxiri bor, bunda boshlanish Alloh dunyoni yaratgan vaqt hisoblansa, vaqtiki kelib borliqning oxiri kelishi, tamom boʻlishi to’g’risidagi qarashlar yetakchi hisoblanadi. Borliqning diniy tasvirida odamning mavjudligining mohiyati Allohning hohishini bajarishdadir, deb uqtiriladi. Oʻz navbatida, turli xil farqlarga koʻra ushbu manzaralar islomiy, hinduiy, nasroniy, buddaviy va boshqa diniy tasvirlarga ham boʻlinishi mumkin bo’ladi . 5 Dunyoning ilmiy manzarasi esa yuqoridagi tasvirlardan farqli o’laroq zamon hamda makonda material vujudlar bor, mazkur vujudlar atom deb atalgan mayda zarralardan iborat, ushbu vujudlar oʻtkinchidir, atomlar esa mang degan qarashlarga asoslan bo’ladi. Har qanday hodisa oʻzining sabablariga ega, odam hayotiy maqsadlari, tabiat hamda tarixning hech qanday ahamiyati yoʻqdir – bularning hammasi abadiy qonuniyatlar doirasida mavjuddir, ularga amal qilgan holatda harakatlanadi. Yaʼni dunyoning ilmiy tasviri boshqalaridan farq qilgan ravishda mavhum tushunchalargagina emas, balki moddiy unsurlarga asoslanadi .6 Yuqorida keltirilgan dunyo tasvirlari haqida umumiy tasavvur hosil qilar ekanmiz, oʻz-oʻzidan, ushbu tasvirlar va dunyoning lisoniy manzarasi o’rtasidagi sezilarli farqni anglash mumkin bo’ladi. Avvalambor, dunyoning lisoniy manzarasi hech qanday gʻoyalar asosinda shakllanmagan, bunga asosiy sabab til vositalarining moʻtadil ekanini deyish mumkin bo’ladi. Yaʼni soʻz turli xil gʻoya hamda fikrlarni birdek ifodalashga xizmat qiladi. Zero, “dunyoning lisoniy manzarasi – olam haqidagi ilmlarning til vositasida aks etishi, shuningdek, yangi-yangi bilimlarni egallash va ularni ifodalash vositasidir” 7. “Olamning lisoniy manzarasi – bu, barcha lisoniy imkoniyatlarning majmuasidir, U maʼlum bir oʻziga xos madaniyatning ruhi, til sohiblaridan iborat jamiyatning milliy mentaliteti, til imkoniyatlari va funksiyalarini koʻrsatib beradi; dunyoning lisoniy manzarasi millat va tilning tarixiy taraqqiyot jarayonlarini koʻrsatib beradi hamda ayni vaqtda, tilning kelgusidagi holati to’g’risida ilmiy bashorat beradi; dunyoning lisoniy manzarasi tildagi eng jo’n jarayonlardan boshlab tilning oʻzigagina xos harakterida namoyon boʻluvchi juda murakkab jihatlarini o’z ichiga oladi, hech qanday lingvistik jarayon undan chetda qola olmaydi; dunyoning lisoniy manzarasi tarixiy taraqqiyot jarayonida oʻzgarishlarga uchraydi; olamning lisoniy manzarasi tilshunoslik hodisasi boʻlish bilan bir qatorda, ayni paytda madaniy hodisa hisoblanadi; olamning lisoniy manzarasi ma’lum bir avlod vakili tomonidan yaratiladi, ikkinchi bir avlod vakillari tomonidan boyitiladi, ajdodlardan avlodga meros sifatida oʻtadi; olamning lisoniy manzarasi umummadaniy hodisadir, yaʼni hamma xalqlar taraqqiyotning turli davrdagi bosqichlarida ushbu jarayonni turlicha bosib oʻtadilar”8 .Dunyoning lisoniy manzarasi, badiiy ko’rinishi har bitta tilda oʻziga xos va serqirra boʻlib, bu olamga milliy nazar, har bitta tilning oʻziga xos tovush sistemasi va o’ziga xos milliy artikulyatsion xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Shu bilan birgalikda, dunyo lisoniy manzarasining oʻziga xos shakllantirilgan va sayqallashtirilgan, eng mukammal holatdagi koʻrinishi hisoblangan badiiy tasvir qiymati syujetining izchilligi bilangina emas, balki bevosita milliy tasvir vositalarining qanday darajada tanlanganligi hamda oʻzaro uygʻunlashtirilganligi bilan ham belgilanadi. Har bitta til uchun oʻzaro koʻp jihatdan ham farqlanmaydigan tomonlari bilan birgalikda, tillarning oʻzigagina xos xususiyatlari aniq koʻzga tashlanib turadigan, milliy lisoniy tabiatiga ega boʻlgan jihatlari ham borki, bular tilning mohiyatini, tillar dunyosidagi oʻziga xosliklarini taʼminlaydigan hodisalar sanaladi. Mazkur fikrdan anglashiladiki, dunyoning lisoniy manzarasi oʻz tabiatiga koʻra boshqa tasvirlardan bir qancha jihatlariga koʻra ajralib turadi: -birinchidan, dunyoning lisoniy manzarasi amaliy jihatdan samaradordir, yaʼni tasvir vositalari sanalgan soʻzlar insonning hissiyotlari, tuygʻulari, bilimi, diniy hamda dunyoviy qarashlarini ifodalaydi, nutqini shakllantirishga xizmat qiladi; -ikkinchidan, dunyoning lisoniy manzarasi diniy-falsafiy, mifologik, badiiy, falsafiy hamda ilmiy tasvirlar o’rtasida bogʻlovchi boʻgʻin funksiyasini bajaradi, zero, ushbu qatlamlarga doir qarashlar, gʻoyalar va fikrlar bevosita til vositasida ifodalanadi. Lisoniy tasvir vositalari har bir boshqa tasvirlarni nutqimizda ifodalash uchun birdek qoʻllaniladi. Ayni damda, ilmiy tasvirga doir tushunchalar, fikrlar yoki diniy, diniy-falsafiy, mifologik tasvir vositalarining qoʻllanilish doirasi faqatgina “oʻzining oʻqi” atrofida cheklangandir; -uchinchidan, bizga maʼlumki, voqealar, hodisalar, predmetlar va obrazlar turli xil millatlar ongida turli shaklda shakllanadi va milliy mentalitetlar o’rtasidagi farqlar lisoniy vositalar o’zagida yaqqol koʻzimizga tashlanadi. Shu sababdan ham dunyoning lisoniy manzarasi oʻz vositalari boʻlgan soʻzlar vositasida oʻzining tafovutchilik funksiyasini ham bajaradi. 9 Dunyoning lisoniy manzarasi umumiy, xususiy hamda milliy turlarga boʻlinadi. Dunyoning umumiy lisoniy ko’rinishi va milliy tasvirdagi tafovutli jihatlar esa bugungi kunimizda til ilmining kognitiv lingvistika va lingvokulturologiya singari nisbatan yangi sohalarida olib borilayotgan turli xil ilmiy tadqiqotlar uchun asosiy masala boʻlib qolmoqda. Rus tilshunos olimi G.Gachyovning fikrlariga koʻra, “olamning milliy obrazi oʻz tarkibida milliy makon, turmush tarzi, til, milliy ruh, milliy mentalitet, borliqni anglashning milliy usuli, borliq haqidagi milliy tushunchalar, qadriyatlar tizimi kabi sathlarni qamrab oladi. Har bir davr oʻziga xos milliy qiyofani yaratadi”.10 Ushbu sathlar asosida shakllanib, uzluksiz ravishda rivojlanayotgan milliy tillar esa olamni turli xil boʻyoqlarda, takrorlanmas tarzda tasvirlashi tabiiy holdir – zotan, “til oʻz maʼnolari tizimi va ushbu tizimlar birikuvi orqali olamning konseptual modelini milliy va madaniy rang-baranglik orqali boyitadi”.11 Ushbu oʻrinda eʼtirof etib o’tish kerakki, antropotsentrik yondashuvlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarda til hamda tilshunoslik masalalari har doim ham bir-biridan aniq-tiniq farqlanmaydi va koʻp hollarda yuqoridagi yondashuvlardagi til bilan bogʻliq ijtimoiy muammolar asoslanmagani uchun tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etilmaydi. Bu esa jamiyatdagi ehtiyoj va muammoni anglamaslik sababli tadqiqotlarning eski tamoyillardan qobig’idan chiqib keta olmasligi bilan bogʻliqdir. Shu maʼnoda ko’chma ma’noli birliklar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning amaliy samaradorligini taʼminlashga boʻlgan jamiyat buyurtmasi masalani tarjima va lug’atshunoslikdagi mukammallikka erishish jihatidan tipologik tadqiq etishni taqozo etmoqda. Download 110.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling