Ko’chma ma’noli birliklarda milliy mentalitetning aks ettirilishi
,,Urf-odat’’ konseptosferasida milliy mentalitetning namoyon bo’lishi
Download 110.55 Kb.
|
Abdurasulova Jumagul (5) (2)
2.3. .,,Urf-odat’’ konseptosferasida milliy mentalitetning namoyon bo’lishi
Til birliklarining oʻzaro bir-birining oʻrnini bosishi, oʻzgaruvchanligi ana shu xususiyatlardan biridir. Ya’ni lisoniy tizimda uning har bir birligi oʻzining variantlaridan biri vazifasini bajara oladi, bunday xususiyat sinonimiya, variativlik kabi hodisalar qatori antroponimik tizimdagi bosh komponent – ismni boshqa birliklar bilan, jumladan, laqab orqali ifodalashga yoʻl ochadi. Zero, bir-birining vazifasini bajarish, oʻzgaruvchanlik “tilning ijtimoiy mohiyati va kommunikativ funktsiyasiga koʻra uning asosiy xususiyatidir, bu esa tilning yaratuvchanlik xususiyatini va muloqot samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu hol sun'iy tillardan farqli oʻlaroq, tabiiy inson tilining immanent xususiyatidir, sun’iy tillarda esa oʻzgaruvchanlik, variativlik, oʻzaro oʻrinbosarlik talab qilinmaydi” [5]. Boshqa tomondan, insoniyat zamon va makonni materiyaning amalda boʻlish shaklida qabul qilishi oʻz navbatida tildagi oʻzgarishlarni ham ana shu materiyaning voqelanish shakllari bilan bogʻliq holda yuz berishini lisoniy belgilardagi vazifadoshlik, oʻzaro bir-birining oʻrnida qoʻllanish, variativlikning namunasi sifatida laqab kabi ism, familiya, otaismi, unvon, kunya, taxallus oʻrnida qoʻllanishi mumkin boʻlgan va oʻziga xos leksik-grammatik, semantik, uslubiy belgilarga ega unifikatsion (integratsion) lisoniy birliklarning mavjudiyatini taqozo qiladi. Tildagi salbiy, ijobiy va neytral semantikali soʻzlarning antroponimizatsiyasi (laqabga koʻchishi)da maʼnoviy motivatsiya muhim rol oʻynaydi. Motiv (lot. motivus) biror narsa, hodisa yoki obyektni nomlash uchun sabab, asos boʻlgan belgixususiyatlarning jamidir. U nomning oʼzi anglatayotgan narsa, obyekt yoki tushunchaning asosiy belgi-xususiyatiga qay darajada mos tushushishi motivlanganlik Appellyativ (lot. appellātīvus - turdosh ot; lot. appellāre - nutq bilan shugʻullanish, chaqirish) - koʻpincha tilshunoslikda turdosh ot atamasi bilan sinonim boʻlib keladi. Apellyativ va turdosh otning tushunchalari qisman mos kelsa-da, ular bir xil narsa emas. Ularning ikkalasi ham atoqli ot yoki onim tushunchasiga turli jihatlari bilan qarama-qarshi tushuncha sifatida mashhurdir. Apellyativ soʻzi lotin tilidagi nōmen appellativum birikmasidan olingan, uning tarjimasi turdosh ot demakdir. Ularning ikkalasi - appelativ ham, onim ham grammatik kategoriyalardan tashqarida yotadi. 154 mezonini koʻrsatadi. Har qanday nom maʼlum motivga asoslanadi. Bu jarayon motivatsiya deb yuritiladi. Yaʼni, motivatsiya soʻzlar oʻrtasidagi ularning motivlanganligini namoyon etuvchi aloqa, motivatsion aloqa (munosabat)ning oʻzidir. Laqab bilan shaxsning (hayvonning) ismi, familiyasi, uning mental va jismoniy xususiyatlari oʻrtasida bevosita, bilvosita, koʻzga koʻrinmas iplar bilan bogʻlangan ma’noviy aloqalar mavjud. Chunonchi, motivatsiya predmetlarga nom berilayotganda ularning belgisini bildiradi va ana shu predmetga nom berilayotganda turtki beradi. Motivatsiya dalil keltirish, isbotlash, turtki berish maʼnosini anglatib, nominatsiyadan oldin paydo boʻladi. Demak, nomlashda maʼlum belgi-xususiyatlarga asoslanish jarayoni motivatsiyadir. Laqabdagi qoʻshimcha madh etish, maqtash, ulugʻlash, kamsitish, ayblash, salbiy boʻyoqda koʻrsatish, yashirin ma’no berish kabi ma’nolarning mavjudligi uni inson yoki hayvonga “yopishtirishga” asos boʻladi. Boshqa nomastik birliklar qatori laqablar ham yasalish jihatidan oʼzining maxsus lisoniy bazasiga, yaʼni birlik, usul va vositalariga ega emas. Tildagi mavjud apellyativlar, soʻz yasovchi affikslar, usul va modellar laqablar uchun lisoniy baza boʻlib xizmat qiladi, deyish mumkin. Til birliklarining antroponimlashuvi (jumladan, laqablar qatoriga oʻtishi) apellyativlarning shakliy oʻzgarishsiz ism, laqab, taxallusga oʻtishi boʻlsa-da, bu jarayon antroponimik birliklarning milliy-madaniy, diniy, etnografik motivlashuvi bilan bogʻliq tarzda yuzaga keladi. Nomlovchining subyekt haqidagi ijobiy, salbiy va neytral munosabati til lugʻat tarkibidagi mavjud tayyor soʻzlarni – apellyativlarni laqab uchun lugʻaviy asos qilib olinishiga asos boʻladi va ular konversiya usulida ismga (laqab shakliga) oʻtadi. Insoniyat jamiyatining koʻp asrlik rivojlanishi, uning kognitiv faoliyati bilan birga boʻlib, yangi til belgilarining paydo boʻlishiga va shunga mos ravishda uning mexanizmlarini oʻrganishga alohida ehtiyoj tugʻdirdi. Til belgisining nominativ jihati bevosita tafakkur jarayoni bilan bogʻliq. U birlamchi yoki tayyor nomlarda voqelikni aks ettiradi. Bizning ongimizning har safar yangi bilish elementlarini aks ettirish qobiliyati turli nominativ belgilarda mujassamlanadi, ular ushbu elementlar haqida ma’lumot miqdori, semantik, derivativ, referent turi bilan farqlanadi. Narsa va hodisalarga, joylarga nom qo‘yish , atalish motivlari masalalari, nomlashning asosiy tamoyillari olimlarni juda qadimdan qiziqtirgan. Demokrit, Platon, Geraklit va Aristotellarning shu haqidagi falsafiy qarashlari buning isbotidir. Keyinchalik bu masala A. A. Potebnya, I. A. Boduen de Kurtene, F. de Sossyur kabi tilshunos olimlarni ham qiziqtirgan. Ular o‘zlarining nazariy qarashlari orqali nomlanish muammolarini hal etishga katta hissa qo‘shganlar [7, 92-93]. Onomastika tizimida so‘z yasalish tamoyilida eng faol usullardan biri onomastik konversiya usulidir. “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati” da onomastik konversiya, onomastik konversiya usuli – appelyativ leksikaning hech qanday yasovchi vositasiz atoqli ot vazifasiga o‘tishi” deb ta’rif beriladi [2, 61]. “O‘zbek tilinig izohli lug‘ati” da ko‘chish, ya’ni transpozitsiya termini o‘rniga konversiya atamasi qo‘llanilgan. “Biror tizimga oid til birligini boshqa tizimga oid birlikka aylantirish bilan yangi birlik hosil qilish” , deb izohlanadi. Azim Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati” da transpozitsiya – (lot transpositio - o‘rin almashtirish). Grammatik kategoriyalarning o‘ziga xos bo‘lmagan vazifada qo‘llanilishi deyilsa, “Konversiya (lot. conversio – aylanish, o‘zgarish) so‘zning fonetik va morfologik jihatdan o‘zgarmay, bir so‘z turkumidan boshqa bir so‘z turkumiga o‘tishi, shu yo‘l bilan yangi so‘z hosil bo‘lishi” deb izohlanadi [5, 45]. «O‘zbek tili grammatikasi» kitobida transpozitsiya emas, balki konversiya atamasidan foydalanilgan. Ko‘rinadiki, mazkur lug‘atda ham, grammatikada ham tilshunoslikka oid boshqa manbalarda ham ko‘chishning so‘z turkumi darajasidagi turi uchun transformatsiya, ko‘chish, konversiya va transpozitsiya kabi terminlarning qo‘llanilishi kuzatiladi. Tilshunoslikda ham hozirgi kunda turkumlararo ko‘chishda ma’lum bir atama bilan emas, balki ko‘chish, konversiya va transpozitsiya, transonimizatsiya atamalaridan keng foydalanilmoqda. Transpozitsiya hodisasi rus tilshunosligida ko‘pincha morfologiya va so‘z yasalishi doirasidagina o‘rganiladi. Ko‘pgina tadqiqotchilar bir so‘z turkumning ikkinchi so‘z 159 turkumiga o‘tishini transpozitsiya hodisasi hisoblaydilar. Ular bunga derivatsiyaning sintaktik usuli deb qaraydilar va uni leksik derivatsiyaga qarama-qarshi qo‘yadilar [4, 57- 70]. Jumladan, V. V. Bogdanov fikricha, yasalmaning ma’nosi asos qismning ma’nosi bilan bir xil bo‘lgan, faqat undan boshqa turkumga mansubligi bilan farqlanuvchi derivatsiya usuli transpozitsiyadir. Olim konversiya hodisasini ham transpozitsiyaning bir turi sifatida izohlaydi. Biz transpozitsiya bilan konversiya til hodisalarini differensiatsiya qilish tarafdorimiz. Konversiya termini ostida bir so‘z turkumining ikkinchisiga vokobulyarida o‘tishini, transpozitsiya termini ostida esa bir so‘z turkumning ikkinchi konteksda – nutqda o‘tishini tushunamiz. Birinchi holat diaxroniya mahsuli bo‘lsa, ikkinchisi esa sinxroniyaga oid bo‘lib, nutqiy hodisadir [8, 191-192]. Ushbu ilmiy qarashlardan kelib chiqib, konversiya va transpozitsiya tushunchalari ba’zi ilmiy manbalarda bir xil tushuncha deb qaralsa ham, lekin ilmiy jihatdan farqlanadi. Ya’ni onomastik konversiya bir appelyativ birlikni hech qanay o‘zgarishsiz atoqli nomga o‘tishidir. Masalan, istiqlol, meros, chinor apellyativlar – Istiqlol (Norin), Meros (Uychi), Chinor (Pop) kabi toponimlariga o‘tgan. Onomastikada har bir atoqli otning hosil bo‘lish sababi bilan bog‘liq ensiklopedik etnografik ma’nosi ham mavjud. Shu sababli har qanday so‘zning atoqli otga ko‘chishi semantik yasalish yoki onomastik konversiya usulida yasalish deb yuritib kelingan. A. Hojiyev o‘zining “O‘zbek tilining so‘z yasalishi tizimi” asarida “so‘z yasalishining “leksik-semantik”, “morfologik-sintaktik” usullari deb ta’riflanayotgan “usul”larida ham so‘zning biror sabab tufayli yuzaga kelishi hodisasi bor, lekin so‘z yasash hodisasi yo‘q” [6, 8], chunki bu hodisalar onamasiologiya bilan bog‘liqdir. O‘zbek tili toponimiyasida joylarning nomlanishida shu hududning joylashish o‘rni, tabiiy sharoiti, tashqi ko‘rinishi, hayvonot va o‘simlik dunyosi, yer boyligi, mahalliy aholining shug‘ullanadigan kasb-kori, etnik kelib chiqishi, xo‘jaligi va boshqa omillarga asoslaniladi. O‘zbek tilida toponimik konveriya, asosan, ot, sifat, fe`l kabi apellyativlar joy nomiga o‘tishidan yuzaga keladi: 1. Ot apellyativlaridan tarkib topgan toponimlar. Ot apellyatividan hosil bo‘lgan toponimlarni leksik-semantik jihatdan quyidagicha guruhlash mumkin: a) aholining ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi toponimlar: Bazzoz (Namangan shahri, Gulpora MFY), Bog‘bon (Mingbuloq tumani, Chordona MFY), Chilangar (Namangan tumani, Qoratepa MFY), Degrez (Kosonsoy tumani, M. A`zam MFY), Zardo‘z (Pop tumani, Tinchlik MFY), Asalchi (Pop tumani, Pillakash MFY) kabi; b) daraxt oti bilan bog‘liq toponimlar: Chinor (Chust tumani, Toymas MFY), Majnuntol (Uychi tumani, Dehqon MFY) kabi; c) o‘simlik oti bilan bog‘liq toponimlar: Binafsha (Chortoq tumani, Navro‘z MFY), Atirgul (Namangan shahri, G‘ishtko‘prik MFY), Lola (Namangan shahri, MFY), Nastarin (Namangan shahri, Zarkent MFY) kabi; d) qush va paranda oti bog‘liq toponimlar: Lochin (Pop tumani, Uch uyli MFY), Humo (Uychi tumani, Toshloq MFY), Qaldirg‘och (Pop tumani Qandig‘on MFY) kabi; e) nomlanishiga biror bir mavsum yoki davr asos bo‘lgan toponimlar: Bahor (Pop tumani, Nayman MFY), Ko‘klam (Kosonsoy tumani, Movorounnahr MFY), Navbahor (Kosonsoy tumani, O‘zbekiston MFY) kabi; f) qimmatbaho tosh bilan bog‘liq toponimlar: Feruz (Namangan shahri, Yangiyo‘l MFY), Olmos (Chust tumani, MFY) kabi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yoʻllarini izlab... // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2012. №. 5. – B. 6-7. 2. Lыtkin O.I. Tipы kartin mira v reprezentatsii konsepta // http: //journal. pushkin. institute/ archive/ archive/ 2010/4_(221)/6507 3. Pimenova. M.V. Dusha i dux: osobennosti konseptualizatsii. – Kemerovo: Grafika, 2004. – S. 5 4. Gachev G.D. Natsionalnыye obrazы mira. – M.: Akademiya, 1998. – S. 7-81. 5. Serebrennikov B.A. (otv. red.) Rol chelovecheskogo faktora v yazыke: Yazыk i kartina mira. – M.: Nauka, 1988. – S. 177. 6. https://spravochnick.ru/koncepciya_sovremennogo_estestvoznaniya/ponyatie_kartiny_mira_i_ee_vidy/ 1 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. №. 5. – Б. 6-7. 2 Лыткин О.И. Типы картин мира в репрезентации концепта // http: //journal. pushkin. institute/ archive/ archive/ 2010/4_(221)/6507 3 Лыткин О.И. Типы картин мира в репрезентации концепта // http: //journal. pushkin. institute/ archive/ archive/ 2010/4_(221)/6507 4 https://spravochnick.ru/koncepciya_sovremennogo_estestvoznaniya/ponyatie_kartiny_mira_i_ee_vidy/ 5 https://spravochnick.ru/koncepciya_sovremennogo_estestvoznaniya/ponyatie_kartiny_mira_i_ee_vidy/ 6 https://spravochnick.ru/koncepciya_sovremennogo_estestvoznaniya/ponyatie_kartiny_mira_i_ee_vidy/ 7 Пименова. М.В. Душа и дух: особенности концептуализации. – Кемерово: Графика, 2004. – С. 5 8 Пименова. М.В. Душа и дух: особенности концептуализации. – Кемерово: Графика, 2004. – С. 5 9 Бу тугрисида қаранг: Маҳмудов Н. Тил тилсими тадқиқи. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2017; Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб // Ўзбек тили ва адабиёти, 2012. №5. Б. 3 – 16; шу муаллиф. Оламнинг лисоний манзараси ва сўз ўзлаштириш // Ўзбек тили ва адабиёти, 2015. №3. Б. 3 – 10; Леонтьев А.А. Возникновение и первоначальное развитие языка. – М.: Изд-во АН СССР , 1963. 10 Гачев Г.Д. Национальные образы мира. – М.: Академия, 1998. – С. 7-81. 11 Серебренников Б.А. (отв. ред.) Роль человеческого фактора в языке: Язык и картина мира. – М.: Наука, 1988. – С. 177. 12 Воркачев С.Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление антропоцентрической парадигмы в языкознании / Филологические науки. 2001. №1. - C. 64. Download 110.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling