Kognitive psixologiya ma’ruza mashg’uloti
Download 201.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза Kognitiv psixologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kognitiv psixologiya
Kognitive psixologiya ma’ruza mashg’uloti 1-mavzu: Kognitiv psixologiyaning tushunchalari, tarixi, asosiy tadqiqot yo’nalishlari Reja: 1. Kognitiv psixologiya faniga kirish 2. Kognitiv psixologiyada fikrlarning rivojlanishi 3. Asosiy tadqiqot yo’nalishlari Oxirgi marotaba borgan ziyofatingiz yoki yeg’ilishingizni eslab ko’ring. Balki, u yerda o’nlab, ehtimol yuzlab talabalar bo’lgandir. Siz atrofingizdagi insonlarning suhbatlarini va mayin taralayotgan musiqani eshitgansiz. O’rtoqlaringiz bilan gaplashayotgan bir paytda orqangizdagi odamlarning suhbatlarini tinglagansiz, o’zingizni nima deyayotganingizga e’tiborli bo’lgansiz va xatto o’zingiz uchun tanish bo’lgan ovozli insonlarning ham suhbatlarini analiz qilib tura olgansiz. Kutilmaganda, qaysidir suhbatchilarning sizning ismingizni tilga olishlari bilan siz darhol o’z diqqatingizni ularga qaratgan bo’lishingiz turgan gap. Xo’sh, bunday vaziyatda jarayonlar qanday ishlaydi? Atrofdagi aloqador bo’lmagan insonlarning ovozlarini qanday qilib tahlil qila olgansiz va ko’plab ovozlar ichidan shunchaki bittasiga diqqat qila olgansiz? Garchi, atrofingizdagi sodir bo’layotgan muloqotlarni ataylab tinglamayotgan bo’lsangiz ham ularda ismingiz aytilishi bilan qanday qilib uni payqab oldingiz. Ko’plab ovozlardan aynan bir ovozga e’tiborimizni qaratishimiz qobilyati kognitiv psixologiyadagi eng ko’zga ko’ringan fenomenlardan biridir va bu ushbu fanda “cocktail party effect” deb nomlanadi. Kognitiv jarayonlar muntazam tarzda miyamizda va atrofdagi insonlarning ham miyasida sodir bo’ladi. Informatsiyalarni qabul qilishingiz, eslashingiz, tahlil qilishingiz, mashina tezligini taxmin qilishingiz, muloqotlarga quloq solishingizdan tortib hamma harakatlaringizda kognitiv jarayonlar doimiy sodir bo’lib turadi. Kognitiv psixologiya odamlar ma’lumotlarni qanday qilib idrok qilishi, o’rganishi, eslashi va fikr yuritishini o’rganuvchi fan bo’lib, diqqat, nutq, xotira, idrok, muammo yechimini topish, ijodkorlik va tafakkur kabi aqliy jarayonlar kognitiv psixologiyaning asosiy o’rganilish obyektlari sanaladi. Kognitiv psixolog insonlar qanday qilib turli shakllarni idrok qiladi, ba’zi ma’lumotlarni eslashadi va boshqalarini unutishadi yoki tilni qanday o’rganishadi kabi masalarni o’rganishi kerak. Misol uchun: Nima sababdan tumanli kunda narsalar aslidan ko’ra uzoqroq ko’rinadi? Buning natijasida ba’zan halokatlar ham bo’lishi mumkin. Nima uchun insonlar hayotdagi ayrim voqealarni eslashadi (bolalikdagi baxtli kunlar yoki yaqin insoning quchoqlashi kabi), lekin o’zlari uchun ancha yillardan beri tanish bo’lgan insonlarning ismini unutib qo’yishadi? Nima uchun insonlar avtomobildan ko’ra samolyotda sayohat qilishdan qo’rqishadi? Axir o’lim yoki jarohatlanish holatlari avtomobillarda ko’p bo’ladi-ku? Nima uchun siz bolaligingizda uchratgan insonni yaxshi eslay olasiz-da, bir hafta oldin uchratgan insoningizni eslay olmaysiz? Nima uchun yirik kompaniyalarning marketing boshqaruvchilari reklamaga ko’plab pul sarflashadi? Yuqoridagi savollarga kognitiv psixolog javob izlaydi. Umuman olganda odamlarning fikrlashini o’rganish orqali fikrlash jarayoni rivojlanishini o’rganadi. Atrofdan kirib kelayotgan har qanday ma’lumot kognitiv jarayonlar faoliyatiga ta’sr qilmasdan qolmaydi va ma’lumotlar birgina bilish jarayoiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun nega sariq rangga tikilib tursak, ko’zlarimiz tez charchaydi? Yoki aksincha havorang nega odamni tinchlantiradi? Chunki, ushbu ma’lumotlar bizning vizual idrokimizga turlicha faollik paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Kognitiv psixologiyada fikrlarning rivojlanishi odatda dialektikani o’z ichiga oladi. Dialektika davriy fikrlash jarayonlari transformatsiyasi shaklidagi fikrlarning rivojlanish jarayonidir. Bunga ko’ra biror bir masalaga yoki voqea hodisaga bildirilgan ilk fikr tezis deb ataladi. Ya’ni ilk taklif etilgan fikr – bu tezis. Tezis bu ishonch bayonotidir. Misol uchun, ba’zi insonlar odamning tabiati uning xulq-atvorining ko’plab jihatlarini boshqaradi deb hisoblaydilar. Bir qancha payt o’tgandan keyin ushbu tezisga nisbatan qarshi fikrlar yoki tanqidlar paydo bo’lishi mumkin. Tezisning aniq kamchiliklarini payqaganlar va insonning xulq-atvorini uning tabiati boshqarmaydi, aksincha unga boshqa omillar ham ta’sir etadi degan qarshi firni bildirganlar. Shu tariqa antitezischilarning paydo bo’lgan. Nihoyat, ma’lum vaqtdan keyin tezisga qarshi fikrlar ham paydo bo’ldi. Ya’ni, ular inson xulq-atvorini unga berilgan tarbiya butunlayicha tashkil qilishini bildirdilar. Ana shu orada ilk takfil qilingan va qarshi qo’llanilgan fikrlarning birlashmasi sintezis – fikrlarning birlashuvi paydo bo’ldi. Antitezis va tezisning o’rtasidagi tortishuvlar sintezisga olib keldi. Sintezis ikkala yo’nalishning ko’zga ko’ringan jihatlarini birlashtiradi. Unga ko’ra, insonning tug’ma xususiyatlari va unga berilgan tarbiya uning xulq-atvorini belgilaydi degan umumiy ishnonchli yangi bir fikrni paydo bo’lishiga olib kelgan. Dialektika biror-bir bildirilgan fikrni to’g’ri yoki notog’riligini bilishga hamda ularning birlashuvidan yangi bir fikrlarga kelish uchun muhim hisoblanadi. Xuddi shunga o’xshash intellijence (insonni atrof-muhitga moslashuviga yordam beruvchi asosiy hayotiy qobilyat)ning genetik jihatdan belgilanishi yoki atrof-muhit natijasida belgilanishi to’g’risida tortishuvli yo’nalish mavjud. Insonning rivojlanishi genetikmi yoki atrof-muhitmi (tarbiya, tajriba, bilim)mi? degan tortishuvlar bor bo’lib, yakuniy xulosa ikkalasining birgalikda ishlashiga kelishilgan Tarbiyaga turli madaniyatlar turlicha yo’llar bilan yondashadilar. Misol uchun osiyoliklar asosan dialektik tarzda fikrlashadi. Boshqa so’z bilan aytganda, ular o’zlarining qarashlarini qarama-qarshillikka nisbatan ancha bag’rikenglik holatida tutishadi. Qarama-qarshilikni yengish uchun ular sintezisni izlashadi (osiyoliklar ikkala tomonning ham fikriga quloq solishadi hamda ikkala tarafga ham maqbul xulosaga kelishadi). Yevropa va Amerika xalqlari esa o’zlarining qarashlarida qat’iy turib olishadi. Yangi bir obyektga nisbatan yondashishda osiyoliklar yevropa va amerikaliklardan butunlay farq qilishadi, G’arb insonlari umumiy fondagi bir narsaga mustaqil ajratilgan holda yondashishsa, Sharq odamlari umumiy fon bilan birgalikda tahlil qilishadi. Misol uchun, okeandagi baliq haqida fikr yuritishga to’g’ri kelgan paytda g’arbliklar faqatgina baliqning o’ziga e’tibor berishadi. Sharqliklar esa baliq bilan birga atrof-muhitga, okeanga ham nazar tashlashadi. Biror bir fanni tushunishimizda sintezis yordam beradigan bo’lsa, ana shu sintezis yangi bir tezisga olib keladi. Jeorj Hegel (1770-1831) fikrlar dialektikasi rivojlanishini o’rgangan. U nemis faylasufi bo’lib, o’zidan oldingi va o’zi bilan bir davrdagi olimlarning qarashlarini birlashtirgan. Psixologiya falsafa tarkibidan ajrab chiqqan va ilk psixologiya to’g’risidagi tezislar ham faylasuflar tomonidan berilgan. Miyaning qanday ishlashi to’g’risida ko’plab faylasuflar o’z izlanishlarini olib borganlar hamda ular ham o’z fiklarini keltirib o’tganlar. Yana bir qator olimlar ularning fikrlariga qarshi fikrlar bildirganlar, ba’zilar ularning fiklarini birlashtirganlar. Yangidan yangi fikrlar hosil bo’lgan va shu tariqa yangi bir sohani rivojlantiradigan yo’nalishlar ajrab chiqqan. Download 201.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling