Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi


Download 75.5 Kb.
Sana06.11.2020
Hajmi75.5 Kb.
#141557
Bog'liq
ruza


2.2.4. “Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishimavzusidagi ma’lumotli ta’lim texnologiyasi modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O’quv mashg’ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

Mashg’ulotning rejasi

1. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.

2. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.

3. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.

4. Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqida.





O’quv mashg’ulotining maqsadi

O’rta asr qomusiy olimlarining pedagogik fikrlarini ochib berish, mazkur davrda yaratilgan turkiy yozma yodgorlik-larning pedagogik imkoniyat-larini yoritish orqali talabalarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish.

Pedagogik vazifalar:

-. IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davrini yoritib berish;

- Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlarini bayon etish;

- Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlarga tavsif berish;

- Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlarini asoslash;

- Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi fikrlarini tahlil etish;


O’quv faoliyati natijalari:

--. IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi;

- Abu Abdulloh Xorazmiyning o’qitish tamoyillari va metodlari bilan tanishadilar;

- Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlarga o’z munosabatini bildirishadi;


  • Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlariga doir bilimlarini mustahkamlaydi;

  • Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi fikrlarini o’zlashtiradilar;




Ta’lim metodi

Ma’ruza, besh minutlik esse, tushuntirish, suhbat

Ta’labalarning o’quv faoliyatini tashkil ettish shakli

Ommaviy, individual

Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya

Ta’limni tashkil etish shroiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona

Nazorat

O’z-o’zini nazorat qilish, refleksiya

Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi” mavzusidagi ma’lumotli ma’ruzaning texnologik kartasi




Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(5 minut)

    1. Talabalarni mavzuning nomlanishi, rejadagi masalalar va mustaqil o’qish uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi (1-ilova).

Tinglashadi, yozib borishadi.


    1. Talabalarning mavjud bilimlarini mustahkamlash maqsadida besh minutlik esse yozish topshirig’ini beradi.

Individual tarzda Sharq Uyg’onish davriga doir ma’lumotlarni daftarlariga yozishadi



2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(55 minut)

2.1 IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davrini yoritib beradi.

IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri haqida ma’lumotlarni daftarlariga qayd etib boradi

2.2. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlarini bayon etadi (2-ilova).

Eng asosiy didaktik g’oyalarni daftarlariga qayd etishadi

2.3. Abu Nasr Forobiyning pedagogik fikrlarini ajratib ko’rsatadi (3-ilova).

Mavjud bilimlariga tayangan holda o’zini qiziqtirgan savollarni beradi

2.4. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari haqida ma’lumot beradi (4-ilova).

Mavjud bilimlariga tayangan holda o’zini qiziqtirgan savollarni beradi

2.5. Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi fikrlariga izoh beradi (5-ilova).

Mavjud bilimlariga tayangan holda o’zini qiziqtirgan savollarni beradi



3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning mavzu yuzasidan tasavvurlarini aniqlashtirish maqsadida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyatiga doir videorolikni taqdim etadi.

Videorolikni tomosha qilishadi

    1. Talabalarning mavzu yuzasidan savollariga javob beradi.




O’z fikrlarini boyitadi va to’ldiradi.



1-ilova
Mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi
Reja:

1. . IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri.



  1. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.

  2. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.

  3. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.

  4. Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqida.



Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:
1. Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1996.

2. Ҳасанбоев Ж., Ҳасанбоева О., Ҳомидов Ҳ. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1997.

3. Ҳошимов К., Сафо Очил. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 2010.

4. Атаева Н., Расулова Ф., Ҳасанов С. Умумий педагогика (Педагогика тарихи). – Т.: “Fan va texnoligiya”, 2011.

6. Абу Райҳон Беруний. Тарайҳалар (Жавоҳирот китобидан). − Т.: Мерос, 1991.

7. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. −Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993.

8. Хайруллаев М. Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан лавҳалар. – Т.: «Ўзбекистон», 1995.
2-ilova

Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari
Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.

Didaktik qarashlari:



  • Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.

  • U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.

  • Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.

  • Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.



3-ilova

Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar
Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.

Pedagogik qarashlari:

  • Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.

  • Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.

  • Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.

  • 4. Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.



4-ilova

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari
Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar.

Ilmiy-pedagogik qarashlari:

  • Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi.

  • Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.

  • Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’kuvchiga bilim berishda:

-o’quvchini zeriktirmaslik;

- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;

-uzviylik, izchillik;

-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.


5-ilova

Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqida
Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.

Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:

  • Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.

  • U fanlar tavsifi xakida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruxga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.

Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’kitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan qiyinga ori shorkali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.
Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling