Koinotning qurilish ashyolari
XIV-BOB: KALSIY – SUYAK ELEMENTI
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
XIV-BOB: KALSIY – SUYAK ELEMENTI
Yer qobig‘ida silikatlar turkumiga mansub bo‘lmagan minerallar mavjud. Bundaylardan biri – ohaktoshdir. Ushbu mineral qanday ko‘rinishda ekanligiga qarab, turli nomlar bilan ataladi. Agar ohaktoshni shaffof bo‘lmagan kristallar ko‘rinishida uchratilsa uni kaltsit deyiladi. Agar kristallar shaffof bo‘lsa, uni island shpati deyiladi. Ohaktosh turkumidagi minerallarning eng mashhuri va chiroylisi bu – marmar bo‘lib, unga sayqal berish orqali juda ajoyib me’moriy bezaklar tayyorlash mumkin. Marmarning arxitektura bezagi sifatida qo‘llanilishi qadimgi yunon va Rim davridayoq keng ommalashgan edi. Vanihoyat, ohakning nisbatan mo‘rt va oson uqalanadigan shakli – bo‘r bo‘lib, uni biz maktab doskasi oldidagi doimiy manzili orqali yaxshi taniymiz. Angliyaning Duvr hududida bus-butun bo‘rdan iborat butun boshli qoyalar tizimi mavjud. Ohaktoshning kimyoviy nomi – kalsiy karbonati deyiladi. Ushbu nomdan ham ko‘rinib turibdiki, ohak tarkibida kalsiy elementi mavjud ekan. Kalsiy – kimyoviy elementlar davriy jadvalida 20-raqamli element bo‘lib, sof holida kumush rangli faol metall bo‘ladi. Uning faolligi ishqoriy metallar darajasida bo‘lmasa-da, lekin, harholda kalsiy ham yetarlicha faol element hisoblanadi. Kalsiy suv bilan ta’sirlashganda suv tarkibidagi vodorod shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi. Lekin, bunda vodorod ajralib chiqishi, suvga natriy yoki kaliy ta’sir qilganchalik bo‘lmaydi. Kalsiy havoda juda tez xiralashib qoladi. Chunki u havodagi azot va kislorod bilan tez birikadi. Kalsiyni ilk bora 1808-yilda ingliz kimyogari Gemfri Devi tomonidan elektrolitik usul bilan ajratib olingan bo‘lib, Devi ayni shu usul bilan kaliy va natriyni ham ajratib olgan edi. Kalsiy karbonati tarkibida bir atom kalsiy, bir atom uglerod va uch atom kislorod mavjud bo‘ladi. Ushbu moddani ko‘plab tirik organizmlar o‘zini himoyalash vositasi sifatida ishlab chiqaradi va qo‘llaydi. Masalan, tuxum po‘chog‘i, ustritsa va mollyuskalarning chig‘anoqlari kalsiy karbonatidan tashkil topgan bo‘ladi. Ustritsa ichiga yot jism tushib qolsa, masalan, qum zarrasi kirib qolsa, ustritsa unda himoyalanish uchun kalsiy karbonati ishlab chiqaradi va zarrani o‘rab oladi. Ustritsa ushbu ishni shunday ajoyib tarzda va chiroyli yum- yumaloq shaklda bajaradiki, natijada oppoq, yumaloq obyekt hosil bo‘ladi. Uni esa keyin g‘avvoslar dengiz tubidan olib chiqib, ayollar uchun ziynat buyumlar tayyorlashda ishlatishadi. Sezgan bo‘lsangiz, bir marvarid haqida gapirmoqdamiz. Shakli va rangi chiroyli marvaridlar juda qimmat baholanishi mumkin, lekin unutmaslik kerakki, bu ham aslida oddiy tuxum po‘chog‘i singari – kalsiy karbonati xolos . Kalsiy karbonati kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, jarayonda uglekislota ajralib chiqishi sodir bo‘ladi. Lekin bu jarayon ancha sust va sekin boradi. Chunki, natriy karbonatidan farqli o‘laroq, kalsiy karbonati suvda erimaydi. (Suvda erimaydigan moddalarga qaraganda, 115 suvda eriydigan moddalar odatda har qanday turdagi reaksiyalarda faolroq va to‘liqroq ishtirok etadi). Masalan, marvarid donasini kislotaviy eritmaga (masalan uksusga) tashlab qo‘yilsa, u asta-sekinlik bilan kislota bilan birika boshlaydi va parchalanishga kirishadi. Zargarlar va qimmatbaho toshlarni ekspertiza qiladigan mutaxassislar asl marvaridni qalbakisidan farqlab olish uchun aynan shu usulni qo‘llaydilar. Biologiyada korallar deb ataluvchi dengiz jonivorlarining butun boshli turkumi o‘rganiladi. Ularning skleti kalsiy karbonatidan iborat bo‘lib, juda xilma-xil va g‘alati ajoyib shakllarga kirishi bilan odamlarni hayratga soladi. Bunday korallar iliq suvli kichik dengizlarda yashaydi. Ekvator yaqinidagi okean suvlarida hosil bo‘lgan korall riflarining asosiy qismi aynan shunday korallarning nobud bo‘lgandan keyingi ustma-ust to‘planib ketgan skletidan hosil bo‘lgan. Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling