Koinotning qurilish ashyolari


XV-BOB: MAGNIY – CHAQNATISH ELEMENTI


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XV-BOB: MAGNIY – CHAQNATISH ELEMENTI
Davriy 
jadvalning 
12-raqamli 
katakchasida magniy elementi joylashgan. 
Magniy ham faol elementlar sirasiga kiradi. 
Ushbu element ham dastavval elektroliz usuli 
bilan kashf etilgan elementlar turkumidan 
bo‘lib, uni 1808-yilda Gemfri Devi olishga 
muvaffaq bo‘lgan.
Magniy – metall bo‘lib, natriy, kaliy, 
kalsiy va temir singari metallardan farqli 
o‘laroq, magniy havoda xira tortmaydi. 
Aksincha, magniy ham xuddi alyuminiy 
singari, o‘z sirtida yupqa magniy oksidi qatlami 
hosil qilib olish xossasiga ega. Ushbu magniy 
oksidi qatlami shu qadar inert modda bo‘ladiki, 
uning boshqa moddalar bilan ta’sirlashmasligi tufayli, undan aviasozlar samolyot 
konstruksiyalarini tayyorlashda keng foydalanishadi. Magniy metalli alyuminiydan ham 
faolroq bo‘lib, sof holda ishlatiladigan metallar ichida eng kimyoviy faol metall hisoblanadi.
Biroq, magniyni hamma joyda ham qo‘llash mumkin emas. Chunki, uning o‘sha oksid 
qatlami ham himoya qila olmay qoladigan sharoitlar mavjud albatta. Masalan, magniy havo 
muhitida qizdirilsa, u ko‘zni qamashtiruvchi yorqin oq rangli olov hosil qilib yonib ketadi. 
Magniy yonib ketishi uchun uning boshqa qattiq buyumlar bilan tasodifiy ishqalanib ketishi 
ham kifoya qiladi. Shu sababli, magniy ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi 
korxonalarda yong‘in xavfsizligiga eng birinchi galdagi vazifa deb qaraladi.
Lekin, magniyning bunday yorqin olov chiqarish xossasining foydali jihatlari ham bor 
albatta. O‘ta sezgir fotoplyonkalar ixtiro qilinmagan paytlarda qorong‘u va nimqorong‘u 
muhitda kino va fotosuratlar olish uchun magniyni yondirib ish bitirishgan. Chunki, magniy 
yetarlicha sun’iy yoritishni ta’minlay olgan. Hatto hozirgi zamonda ham ayrim kinorejissorlar 
shunday usulda tasvirga olishdan o‘qtin-o‘qtin foydalanib turishadi. Dastlabki fotoapparatlarda 
ham chaqmoq funksiyasini amalga oshirish uchun magniyli pilikdan foydalanishgan. Bunda 
rasmga olish tugmasini bosish bilanoq apparat obyektivi ochilishi bilan birga, magniy pilikka 
ham kuchli elektr impulsi berilgan. Qizish natijasida magniyli pilik birdan yonib, yorqin olov 
bilan yorug‘lik chiqargan va atrofni kuchli yoritgan. Lekin bunday chaqmoq funksiyasi bir 
martalik bo‘lgan va keyingi fotosuratni olish uchun fotograf yan bir muddat texnik tayyorgarlik 
ko‘rishi lozim edi. Keyinchalik, fotoapparatlarning o‘zi bilan birga uning chaqmoq funksiyasi 
ham takomillashib bordi va hozirda, bilasizki, to‘liq elektrlashgan chaqmoq lampalaridan 
foydalaniladi. 
Magniyni harbiylar ham qo‘llashadi. Xususan, magniyli tayoqchalarni yoqib signal 
berishda, yoki, bombardimon qilinadigan joyni avvaldan yoritib olishda yonayotgan 


122 
magniydan foydalaniladi. Shuningdek, bombalarning ayrim turlarida ham asosiy mahv 
qiluvchi modda magniyning o‘zi bo‘ladi. Bunda, bomba nishonga tekkach, uning ichidagi 
magniy yona boshlaydi. Bu portlatishdan ko‘ra ko‘proq, nishonni yoqib yo‘q qilishga 
qaratilgan operatsiyalarda qo‘llaniladi. Chunki, magniyning yonish harorati o‘z yaqin atrofida 
turgan boshqa ko‘plab moddalarning ham alanga olishiga yetarli darajada bo‘ladi. Yonayotgan 
magniyni o‘chirish esa ancha qiyin. Magniy shu darajada faolki, u hatto nisbatan inert gaz 
hisoblanadigan azot bilan ham birika oladi va karbonat angidrid gazi, yoki, suv tarkibidan 
kislorodni o‘zi uchun ajratib olishi mumkin. Ushbu inert moddalardan birortasi ham 
yonayotgan magniyni o‘chirish xossasiga ega emas. Magniyni faqat qum sepish orqali 
o‘chirish mumkin. Shu sababli, urush yillarida magniyli aviahujumlardan himoyalanish uchun 
harbiylar o‘zlari bilan qum olib yurishga ham majbur bo‘lishgan.
Konstruktorlar uchun esa magniyning eng foydali xossasi uning yengilligi hisoblanadi. 
Magniy alyuminiydan ham ancha yengilroq. Masalan, tomonlari 1 dyumdan bo‘lgan alyuminiy 
kubik taxminan 70 gramm tosh bosadi. Xuddi shu o‘lchamli magniy kubik esa 30 grammcha 
keladi xolos. Shu sababli ham konstruksiyalarda yengillik eng birinchi maqsad bo‘ladigan 
loyihalarda ko‘pincha alyuminiy qatorida magniy ham keng qo‘llaniladi. Odatda, 
metallokonstruksiyalarda magniy alyuminiy bilan birga qotishma tarzida foydalaniladi. 
Masalan, 90% magniy va 10% alyuminiydan iborat bo‘lgan dau-metall nomli qotishma, yoki, 
30% magniy va 70% alyuminiydan iborat magnaliy qotishmasi shular jumlasidandir.
Magniyning jahon miqyosida keng ishlab chiqarishga o‘tilishiga kuchli turtki bergan 
jarayon bu – aviasozlikning taraqqiy etishi bo‘lgan. Chunki, samolyot konstruksiyasida uning 
pishiq va mustahkamligi, shu bilan birga, yengil bo‘lishi eng katta ahamiyatli jihat sanaladi. 
Samolyot ishlab chiqarishda magniy keng qo‘llanila boshlashi tufayli, XX-asrning 30-40 yillari 
orasida jahon magniy ishlab chiqarish ko‘lami yiliga 20 ming tonnadan birdaniga yiliga 200 
ming tonnaga, ya’ni, deyarli o‘n barobar ortgan edi.
Xayriyatki, shunchalik katta iste’mol darajasiga muvofiq, ona tabiat Yerimizda magniy 
zahirasi bo‘yicha birmuncha saxiylik qilgan. Yer qobig‘idagi magniy ulushi taxminan 2,5% 
atrofida bo‘lib, Yerning ichki qatlamlarida esa ushbu element yanada ko‘proqdir.
Alyuminiy haqidagi maqolada aytilganidek, ulkan granit plitalar odatda kremniy va 
alyuminiy silikatidan iborat bo‘ladi. Yer qobig‘idagi shunday granit plitalar ostida va okeanlar 
tubida odatda magniy silikatdan iborat bazalt qatlamlari joylashgan bo‘ladi. Shu sababli ham, 
qit’alar qa’rini tasniflashda olimlar sial qatlami va sima qatlami degan terminlardan 
foydalanishadi. Sial qatlami tushunchasi «silikat» va «alyuminiy» so‘zlarining birinchi 
bo‘g‘inlaridan olingan bo‘lsa, sima qatlami so‘zi esa, sezganingizdek, silikat va magniy 
so‘zlarining dastlabki bo‘g‘inlaridan yasalgan. Yer qobig‘ining eng yuqori qatlamlarida, 
xususan, tog‘ tizmalarida magniyning magniy karbonat birikmasi kalsiy karbonat bilan 
birikkan holda ko‘p uchraydi. Ushbu birikmani fan tilida dolomit deyildi.
Yer qobig‘idan tashqari, butun boshli sayyora tarkibida ham magniy eng ko‘p tarqalgan 
elementlar sirasiga kiradi. Yer sayyorasining umumiy massasining taxminan 8,5% qismi aynan 
magniy xossasiga to‘g‘ri keladi. Ayrim geologlar esa, Yer massasidagi magniy ulushi 17% 


123 
gacha bo‘lishi mumkin degan fikrni ham ilgari surishadi. Umuman olganda, sayyoramizda 
magniydan ham ko‘p metall faqat temir bo‘lishi mumkin xolos.
Magniy silikatning ommaga yaxshi tanish bo‘lgan turlari bu – asbest va talkdir. Asbest 
– yuqori haroratga bardoshli material sifatida yaxshi ma’lum. Asl holatda asbest mineral 
ko‘rinishidagi modda bo‘lib, undan maxsus asbest ip yigirsa bo‘ladi va bu ipdan esa birmuncha 
dag‘al bo‘lsa-da, harholda yetarlicha mustahkamlikka ega bo‘lgan asbest mato to‘qish 
mumkin. Bunday matodan tikilgan kiyim-bosh esa yonmaydi va yuqori haroratga ancha vaqt 
bardosh berib, tanaga issiqlik ta’sirini o‘tkazmay tura oladi. Qaynoq bug‘, yoki issiq suv 
o‘tadigan quvurlarni, shuningdek, pechka mo‘rilarini ham shu sababli asbestdan tayyorlangan 
quvur vositasida ta’minlashadi. O‘tga chidamli qoplamalar, olovbardosh plitkalar va 
izolyatsiyalarni ham aynan asbestdan yasashadi. Talk esa yumshoq va mayin modda bo‘lib, 
kundalik turmushda uni kukunsimon ko‘rinishda ko‘p ishlatiladi. Talkning yirik bo‘laklari 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling