Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

argillit deyiladi.
Yer qobig‘ida magniy shunchalik ko‘p bo‘lgani bilan, lekin uni yerdan qazib olishdan 
ko‘ra dengiz suvidan ajratib olish qulayroqdir. Dengiz suvida ko‘p miqdorda erigan qattiq 
moddalardan biri magniy xloridi bo‘lib, garchi, bu modda dengiz suvidagi natriy xlorididan 
deyarli 5 barobar kam bo‘lsa-da, shunga qaramay. 1 km
3
dengiz suvidan 15 million tonna 
magniy xlorid olish mumkinligi fakti sizga bu haqida yetarli tasavvur beradi deb o‘ylayman. 
Dunyo okeanidagi suv miqdori esa 250 million km
3
deb baholanadi. Bu degani, biz magniyni 
dengizdan olishda davom etsak, hali beri magniysiz qolmaymiz demakdir. Haqiqatan ham, 
metallar ichida faqat magniy metallini dengizdan olish, uni kondan qazib olishdan ko‘ra 
iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lib, undan tashqari, dengizdan olinadigan boshqa yagona 
metall – brom sanaladi.
Ba’zan, magniy xloridi oddiy osh tuzi tarkibidagi aralashma tarzida ham uchraydi. 
Ozuqa tarkibida ushbu moddani iste’mol qilib yuborilsa bundan odamga ziyon yetmaydi. 
Lekin, ushbu modda boshqacharoq muammo keltirib chiqarishi mumkin. Magniy xloridi ham, 
xuddi kalsiy xloridi singari havodagi namlikni o‘ziga tortish xossasiga ega. Shu sababli
tarkibida magniy xlorid bo‘lgan tuz nam tortib qolishi hech gap emas. Bunday tuz esa qumoq-
qumoq bo‘lib qoladi va qiyin maydalanadi. Albatta, bu unchalik ham katta muammo emas. 
Lekin, ayrim uy bekalarining ta’bini xira qilishi turgan gap. Shu sababli, tuz qadoqlovchi 
korxonalarda tuzni magniy xlorididan avvaldan tozalab keyin qadoqlash yo‘lga qo‘yilmoqda.
Magniy xloridining shuningdek kaliy xloridi bilan ham birikmasi ma’lum. Bunday 
birikmani karnallit deyiladi.
Magniy oksidini omma orasida magneziy nomi bilan ko‘proq tanishadi. Ushbu nom 
aslida Yunonistondagi bir hududning nomi bo‘lib, magnetit va magnetizm terminlari ham 
aynan shu joy nomi bilan bog‘liq. Magniy elementining nomi ham aynan shu magneziy 
so‘zidan yasalgan. Magneziy, ya’ni, magniy oksidi juda qiyin eruvchan modda bo‘lib, uning 
erishi uchun hatto kalsiy oksidi eriydigan haroratdan ham yuqoriroq harorat zarur. Shu sababli 
ham, ushbu ikki modda pechkalarni ichidan suvoq qoplashda (futerovka qilishda) keng 
qo‘llaniladi. Magniy oksidi va natriy xloridi aralashmasi namlab qorishtirilsa, bir necha 


124 
soatdan keyin ushbu qorishma o‘ta pishiq va mustahkam qattiq massaga aylanadi va qotadi. 
Bunday qorishmani magnezial sement deyiladi.
Magniy oksidi suvda eritilsa, u magniy gidroksidga aylanadi. Magniy gidroksid kalsiy 
gidroksidga qaraganda suvda qiyinroq eriydi va u ham asos modda sanaladi. Agar magniy 
gidroksidni suvda aralashtirilsa, qaymoqrang oq tusli suspenziya hosil bo‘ladi va uni magnezial 
sut deb ham atashadi. Ushbu modda ba’zida ich suruvchi vosita sifatida bemorlarga tavsiya 
qilinadi. Shuningdek, aynan shu maqsad uchun magniyning yana ikki xil birikmasi – magniy 
sulfat va magniy sitrat ham ishlatiladi.
Bir dona magniy sulfat molekulasiga birikkan yettita suv molekulasidan iborat moddani 
Epsom tuzi nomi bilan ko‘pchilik yaxshi taniydi. Uning bunday nom olishiga sabab, uni ilk 
marta 1695-yilda Angliyaning janubiy-sharqidagi kichikroq shahar bo‘lgan Epsom shahridagi 
buloqlardan biridan aniqlanganidir.
Xuddi, temir va kalsiy birikmalari singari, magniy birikmalari ham suvni qattiq qilib 
qo‘yadi. Suvni tuzsizlantirish va yumshatishda, undagi magniy va uning birikmalarini yo‘q 
qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Magniy shuningdek odam organizmida hayot uchun juda zarur bo‘lgan muhim 
kimyoviy elementlar turkumiga kiradi. Odam tanasida magniy asosan suyaklarda jamlangan 
bo‘lib, o‘rta yoshli odam organizmida taxminan 20 gramm magniy moddasi bo‘ladi.
Magniy haqida aytish zarur bo‘lgan eng muhim gapni esa men maqola so‘ngiga olib 
qo‘ygan edim. Yaxshi bilasizki, barcha yashil o‘simliklar tanasi va ayniqsa bargida xlorofill 
moddasi mavjud bo‘ladi. Quyosh nurlaridan kelayotgan yorug‘lik energiyasini tutib olish
ya’ni, fotosintez qilishda aynan xlorofill asosiy vazifani bajaradi shu tufayli ham o‘simliklar 
o‘z tana to‘qimalarini tashkil qilib, qaddini tik tuta oladi. O‘simlik tanasi to‘qimalaridan esa 
o‘txo‘r hayvonlar oziqlanadi. O‘txorlar bilan etxo‘rlar oziqlanadi va ho kazo. Bu shuni 
anglatadiki, barcha o‘simlik va hayonlarning, shuningdek, ko‘plab mikroskopik 
organizmlarning hayoti aynan xlorofillga chambarchas bog‘liqdir! Xlorofill tarkibidagi eng 
asosiy element esa magniy bo‘ladi. Xlorofill molekulasidan magniy atomi chiqarib tashlansa, 
u Quyosh nurlarini fotosintez qila olmaydigan bo‘lib qoladi va natijada o‘simlik o‘z tanasini 
o‘stira olmasdan, nobud bo‘ladi. Shunday ekan, Yerdagi hayot uchun eng muhim, balki, o‘ta 
muhim element bu - magniy desak aslo yanglishmagan bo‘lamiz.


125 
Davriy jadvalda kalsiydan pastda turgan ikkita ishqoriy yer metallari stronsiy va bariy 
bo‘lib, ular tabiatda kalsiy va magniychalik keng tarqalmagan.
Stronsiy – davriy jadvalda 38-raqamli katakda joylashgan. Uning nomi, mazkur 
element kashf etilgan jinslarning 1790-yilda Shotlandiyadagi Strontian shaxtasidan topilgani 
bo‘lgan. Bariy esa jadvalda 56-raqam bilan qayd etilgan bo‘lib, uning nomi tarkibida bariy 
atomi bo‘lgan va o‘zi odamlarga qadimdan yaxshi tanish bo‘lgan barit minerali nomidan kelib 
chiqqan. Barit so‘zi yunonchada «og‘ir» degan ma’noni bildirgan. Haqiqatan ham, barit juda 
og‘ir mineral bo‘ladi. Uning vazni bir xil o‘lchamli granit vaznidan ikki barobar og‘ir bo‘ladi. 
Hozirgi kunda barit mineralini og‘ir shpat deb nomlash ham urf bo‘lgan.
Xuddi magniy singari, stronsiyni va bariyni ham aynan o‘sha 1808-yilda Gemfri Devi 
kashf qilgan. Ushbu ikkala element ham tashqi ko‘rinishi va xossalariga ko‘ra ko‘proq kalsiyga 
o‘xshab ketadi. Lekin, ular kalsiydan ko‘ra faolroq metallardir. Bariy kukuni havoda o‘z-
o‘zidan yonib ketadi. Ishqoriy-yer metallari ichida bariy eng faoli bo‘lib, u ko‘proq ishqoriy 
metallarga o‘xshab ketadi.
Boshqa faol metallar, masalan, seziy va magniy singari, bariy ham azot va kislorod 
bilan birikish ega va kuchli absorbsiyalash xossasiga ega. Radioelektronikada hali lampalar 
qo‘llanilgan zamonlarda lampa ichini azot va kisloroddan butunlay xalos qilish uchun, aynan 
shu elementlar uchligidan foydalanilgan. Chunki, har qancha kuchli vakuum nasosdan 
foydalanilmasin, lampa ichidan havoni butunlay, to‘laligicha so‘rib olishning imkoni 
bo‘lmagan. Baribir, muayyan miqdordagi havo lampa ichida qolib ketgan. Ichkaridagi azot va 
kislorod gazlari esa lampaning to‘g‘ri va soz ishlashiga xalaqit bergan. Ichida seziy, magniy va 
bariy granulasi qoldirilgan radioelektron lampaga elektr toki berilganda, ushbu elementlar 
qizib lampa ichida bug‘langan va qoldiq kislorod va azotni o‘ziga biriktirib, uni mazkur 
gazlardan xalos qilgan. Lampa sovigach, allaqachon azot va kislorodni biriktirib olgan metallar 
lampa shishasining ichki sirtiga qaytib cho‘kib, o‘tirib qolgan. Siz agar mabodo eski lampali 
televizor va radio uskunalaridagi shunday lampalarni ko‘rgan bo‘lsangiz, ularning ichkari sirti 
ko‘zgusimon yarqiroq ekaniga ahamiyat bergan bo‘lsangiz kerak. Aynan o‘sha ko‘zgusimon 
sirt o‘ziga kislorod va azotni biriktirib olgan biz aytgan seziy, magniy va bariy aralashmalari 
tufayli yuzaga keladi.
Stronsiy va bariy birikmalarini signal raketalari va feyrverklar tayyorlashda 
qo‘llaniladi. Stronsiy nitrati yorqin qizil rang bilan yonib shu’lalanadi. Bariy nitrati esa yorqin 
yashil rang bilan yonadi. Stronsiy gidroksidi shakar bilan biriksa, stronsiy qandi hosil qiladi. 
Undan, qand lavlagidan shakar olish sanoatida shakarni melassadan ajratib olish uchun 
foydalaniladi (melassa bu – qand lavlagidan shakar olishdagi kunjaraga o‘xshash ikkilamchi 
mahsulot bo‘lib, uni chorva hayonlariga yem sifatida beriladi). Qand lavlagidagi shakar 
stronsiyga biriktirilib, stronsiy qandi hosil qilib olingach, undan stronsiyni osongina chiqarib 
tashlash mumkin va natijada, pokiza va sof shakar ajratib olinadi.
Ishqoriy-yer gidroksidlari orasida bariy gidroksidi eng kuchli asos modda sanaladi. Shu 
sababli ham, bariy gidroksidini qo‘llash ayrim o‘rinlarda natriy va kaliy gidrooksidlaridan 
ko‘ra yaxshiroq samara keltiradi. Agar muayyan ehtiyot choralari ko‘rilmasa, natriy va kaliy 


126 
gidroksidlari havodagi karbonat angidrid gazini o‘ziga absorbsiyalab olishi hech gap emas. 
Natijada, mazkur gidroksidlarning tozaligiga putur yetadi. Garchi, bariy gidroksidi ham 
havodagi karbonat angidridni o‘ziga yutib olish xossasidan holi bo‘lmasa-da, lekin, undan hosil 
bo‘lgan bariy karbonat suvda erimaydi. Aksincha, u oq kukun ko‘rinishida cho‘kib qoladi. 
Natijada, bariy gidroksidi, garchi biroz kuchsizlansa-da, lekin, o‘z tozaligini saqlab qoladi.
Lekin, bariy birikmalaridan juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chuki, bariy birikmalari juda 
zaharli moddalar bo‘ladi. Masalan, o‘sha bariy gidroksidining o‘zi ham kemiruvchilarga 
nisbatan zahar sifatida qo‘llaniladi. Lekin, bariyning tibbiyotda qo‘llaniladigan birikmalari 
ham mavjud. Muayyan turdagi bariyli birikmalarni vrachlar ichga qabul qilish uchun ko‘p 
miqdorda tavsiya ham qilishadi. Avvaliga bariy birikmalarini juda zaharli deb aytib, keyin, 
ayrim bariyli birikmalarni vrachlar ichishga tavsiya qilishini aytganimiz siga g‘alati tuyulgan 
bo‘lsa kerak. Lekin, bunga jiddiy sabablar mavjud.
Masalan, bariyning bariy sulfat ko‘rinishidagi birikmasi bu – o‘sha barit mineralining 
aynan o‘zidir. Uning molekulasida bir dona bariy va bir dona oltingugurt atomiga birikkan 
to‘rtta kislorod atomi mavjud bo‘ladi. Bariy sulfat suvda juda yomon eriydi va bu borada u 
kalsiy karbonatni ham ortda qoldiradi. Bariy birikmalari esa faqat eritma holida odamga ziyon 
yetkazadi. Chuki, faqat erigan moddalargina ichaklar orqali organizmga o‘tib keta oladi. Bariy 
sulfati erimaydigan modda bo‘lgani uchun ham, u oshqozon va ichaklar orqali erkin o‘tib keta 
oladi va bunda tanaga zahmat yetmaydi.
Xo‘sh, unda, bariy sulfatning davolash uchun nima ahamiyati bor deb qiziqayapsizmi? 
Javobi juda jo‘n. Bilasizki, vrachlar tana a’zolariga tashxis qo‘yishda rentgen nurlaridan ham 
keng foydalanishadi. Rentgen nurlari nisbatan katta atom raqamiga ega bo‘lgan elementlar 
orqali o‘ta olmaydi. Masalan, asosan kalsiy (atom raqami 20) va fosfor (atom raqami 15) 
elementlaridan iborat suyaklardan rentgen nurlari o‘tmaydi. Lekin tananing yumshoq 
to‘qimalari, xususan, et, mushaklar, ichaklar va paylar asosan vodorod (atom raqami «atiga» 
1), uglerod (atom raqami 6), azot (atom raqami 7), hamda, kislorod (atom raqami 8) 
elementlaridan tarkib topgan. Shu sababli ham, rentgen nurlari tananing mushaklar, teri, qon 
va boshqa a’zolaridan oson o‘tib ketadi. Aynan shu sababli ham rentgen tasvirida faqat suyak 
va tishlarni oson ko‘rish mumkin. Travmatolog vrach esa rentgen tasvirini tahlil qilish orqali, 
suyakning singan yoki chiqqan joyini aniqlashi, stomatolog esa, tishlardagi kovak va darz 
ketgan joylarni belgilashi mumkin.
Biroq, aytganimizdek, rentgen nurlari bilan tananing yumshoq qismlarini, ayniqsa, ichi 
bo‘shliq-g‘ovak bo‘ladigan ichaklar sistemasini tashxislab bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, 
vrachlarga ichaklar faoliyatini baholash ancha qiyin. Oshqozonniku, endoskop singari kamerali 
kuzatuv vositalari bilan ko‘rish mumkin, qonni esa laboratoriya tahlillaridan o‘tkazish oson. 
Lekin ichaklar faoliyatini baholashda bunchalik sodda usul mavjud emas...
Shu sababli ham, vrachlar ichaklarni ko‘rish uchun bemorga atayin bariyli qorishma 
berishadi. Bu qorishma odatda, bariy sulfatining sut yoki, shunga o‘xshash modda bilan 
aralashmasi bo‘ladi. Bunda sut shunchaki, odamga sal bo‘lsa-da, o‘zi ichayotgan moddani 
mazaliroq ko‘rinishi uchun qo‘shiladi. Chunki, bariy sulfatning o‘zi o‘ta be’maza modda 


127 
bo‘lib, unga ko‘pchilikning ta’bi tortmaydi. Bariy sulfatni sutga qo‘shib yutib yuborilgach, 
uning oshqozon-ichak sistemasi bo‘ylab bamaylixotir harakati boshlanadi. U ichaklar bo‘ylab 
asta-sekin, oz-ozdan yurib boradi. Bariyning atom raqami 56 ekanini yuqorida aytdik. Rentgen 
nurlari bariydan o‘ta olmaydi. Shu sababli, vrachlar ichakning bariy sulfat turgan joyini rentgen 
tasvirini olib, shu orqali ichakka tashxis qo‘yish imkoniga ega bo‘lishadi.
Qadimgi zamonlardan beri insoniyatga yaxshi tanish bo‘lgan qimmatbaho toshlardan 
biri – berill toshidir. Uning ko‘k va yashil tusli turlari ham ancha qimmat baholanadi. 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling