Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

Akvamarin – berillining ko‘k turi bo‘lsa, zumrad toshi esa uning yashil ko‘rinishi bo‘ladi.
1798-yilda farang kimyogari Nikolya Lui Voklen berill toshidan o‘zi glyutsin deb 
nomlagan birikmani ajratib olishga erishdi. Glyutsin yunonchada «shirin» degan ma’noni 
beradi. Sababi, glyutsin orqali olingan ayrim birikmalarning ta’mi shirin bo‘ladi. 1828-yilda 
esa kimyogarlar Fridrix Veller hamda, Antuan Byussi birgalikda, berill va glyutsin tarkibidan 
yangi bir kimyoviy element ajratib olishganini ma’lum qilishdi. Ushbu elementga fan berilliy 
nomi berilgan. Nom berill minerali nomidan kelib chiqqanini allaqachon fahmlagan bo‘lsangiz 
kerak. Keyinchalik, element nomi bilan mineral nomi o‘rtasida chalkashliklar kelib chiqishini 
oldini olish uchun, berill mineralini berilliy alyumosilikati deb nomlana boshlangan. Glyutsin 
esa endilikda berilliy oksidi degan ilmiy nom olgan. U haqiqatan ham aslida berilliyning 
oksididir.
Berilliy atom raqami 4 bo‘lgan, ya’ni, davriy jadvalda to‘rtinchi katakni egallagan 
elementdir. Magniy va alyuminiy singari, berilliy ham ochiq havoda o‘ziga yupqa oksid qatlam 
hosil qilib oladi. Ishqoriy-yer metallari ichida berilliy eng mustahkami va shu bilan birga eng 
past faollikka egasi hisoblanadi. Ushbu guruh elementlari ichida berilliy alyuminiyga eng ko‘p 
o‘xshaydigan metall bo‘ladi.
Berilliyning atom raqami 4 bo‘lgani uchun, undan rentgen nurlari osongina o‘tib ketadi. 
Shu sababli ham rentgen trubkalarida ushbu element «oyna» sifatida ishlatiladi. Ya’ni rentgen 
nur trubkalari aynan berilliydan tayyorlanadi va undan chiqishda, kerakli yo‘nalishga 
yo‘naltiriladi.
Endi-endi kashf qilingan paytlarda berilliy hali xalq xo‘jaligida va texnikada juda keng 
qo‘llanish sohasiga ega bo‘lsa kerak degan umidli taxminlar bor edi. Lekin, hammasi aksincha 
bo‘lib chiqdi. Xo‘sh, nega? Chunki, berilliy odam uchun ko‘rinmas dushman ekani ancha kech 
ma’lum bo‘ldi. Avvaliga berilliyni ultrabinafsha nurlari ta’sirida yuzaga keladigan 
fluoressensiya (boshqacha aytganda, lyuminessensiya) hodisasiga asoslanib ishlovchi 
fluoressent lampalar ichida keng qo‘llana boshlangan edi. Bunday lampalar jamoat joylarida, 
xususan, umumiy ovqatlanish maskanlarida, hamda, idoralarda bezak sifatida, dizayn tarkibida 
qo‘llanilgan. Bunday lampa ko‘proq yorug‘lik berish bilan birga, kam energiya iste’mol qilib, 
o‘zidan kamroq issiqlik ajratib chiqargan. Lekin, aytganimizdek, ichida berilliy bo‘lgan 
bunday lampalar aslida ko‘rinmas qotil ekan. Sababi, agar bunday lampa sinib qolsa, uning 
shishasini ushlagan odam terisida bitmaydigan yaralar paydo bo‘lar, mabodo, bunday 
lampaning shisha siniqlaridan biror joyni kesib olgan odamni esa kesgan joyim bitmasdan
uzoq azob berardi. Singan lampa ichidan chiqqan havodan nafas olib qo‘ygan odam esa 


128 
tuzalmas o‘pka kasalligiga chalinardi. Barcha bunday fojialarning sababi lampa ichidagi 
berilliy elementi tufayli ekanini aniqlashgunicha, ko‘plab odamlar bundan juvonmarg bo‘lib 
ketib ulgurdi. Ha, afsuski, berilliy shunday ko‘rinmas qotil bo‘lib chiqdi. U o‘zi zaharlagan 
odamni uzoq qiynab, oxiri baribir o‘limga mahkum qilar ekan...
O‘sha-o‘sha, insoniyat berilliydan voz kechgan. 


129 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling