Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
gidratatsion suv deb yuritiladi. Oddiy qizdirish orqali, gidratatsion suv tarkibidagi suvni
osonlik bilan chiqarib tashlash mumkin. Natijada, misning gidratlangan sulfati qoladi. Bu moddaning rangi esa, to‘q ko‘k tusda bo‘ladi. Gidratlash orqali, mis sulfatga o‘xshash boshqa ko‘plab tuzlarning ham xossalarini o‘zgartirish mumkin. Gidratatsion suv chiqarib tashlanishi bilan, bunday tuzlarning molekulasi suvsizlanib qoladi. Suvzislangan tuzlarning aksariyati kristallar hosil qilmaydi. Aksincha, gidratlangan tuzlar esa, ajoyib kristallar hosil qiladi. Mis sulfat bilan ham aynan shu narsa sodir bo‘ladi. Shu sababli, gidratatsion suvni, kimyogarlar kristallovchi suv ham deb yuritishadi. Mis sulfatning o‘zi esa, mikroskopik suv o‘tlarini yo‘q qilish uchun ishlatiladi. Suzish va cho‘milish havzalarining ichki yuzasiga mutaxassislar odatda mis sulfat bilan yoki, misning shunga o‘xshash boshqa bir birikmasi bilan ishlov berishadi. Shuning uchun ham basseynlarning ichki devorlari yuzasi ko‘k-moviy rangda ko‘rinadi. Bundan tashqari, misning bu kabi birikmalari, o‘simliklar tanasida parazitlik qiladigan mayda mikroskopik zambrug‘larga qarshi kurashda ham ishlatiladi. Kumush esa juda ajoyib, chiroyli, yarqiroq metalldir. Uni tanimagan odam kam bo‘lsa kerak. Avvallari aksariyat oshxona jihozlari, xususan, pichoq, sanchqi va qoshiqlar, likopchalar kumushdan tayyorlanar edi. Keyinchalik, zanglamaydigan po‘lat (stainless steel) ixtiro qilinishi bilan, kumushning oshxona buyumlari orasidagi o‘rnini u egallab oldi. Eski kumush qoshiqlar esa, endilikda antikvar buyumlar sifatida baholanmoqda. Kumush buyumlar oltingugurt va uning birikmalari ta’sirida xiralashib qoladi. Zamonaviy yirik sanoat korxonalarida atmosferaga buriqsib chiqib yotgan tutunlar tarkibida anchagina miqdorda oltingugurt birikmalari mavjud. Atmosferadagi aynan o‘sha oltingugurt birikmalari kumush buyumlarning sirtini qoplab oluvchi kumush sulfidi hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kumush buyumga tovuq tuxumi chaqib yuborilsa ham, u juda tez xiralashib qoladi. Chunki, tuxum tarkibida ham oltingugurtning har xil birikmalari serob bo‘ladi. Ushbu uch metall ichida inertligi eng yuqori bo‘lgani bu – oltindir. Oltin asosan zargarlik buyumlari tayyorlash hamda, davlatlarning oltin zaxiralarini boyitish uchun ishlatiladi. Xalq orasidagi «oltin zanglamas» degan ibora bekorga aytilmagan. Chunki, oltin haqiqatan ham zanglamaydi. Oltin elementi kislorod bilan ham, oltingugurt va uning birikmalari bilan ham, kislotalar bilan ham ta’sirlashmaydi. Sof oltin juda yumshoq metall bo‘lib, toza tilladan yasalgan ziynat buyumlari, taqinchoqlar taqib yurilganda, oddiy ishqalanish tufayli ham tezda uvalanib, yedirilib ketadi. Shu sababli ham, zargarlar taqinchoqlarning qattiqligini oshirish, hamda uning uzoq xizmat qilishini ta’minlash maqsadida, tilla taqinchoqlar tarkibiga baribir mis qo‘shishga majbur bo‘lishadi. Shu sababli, 100% sof oltin taqinchoq haqida gap ketsa, ishonmaganingiz ma’qul. Oltinning sofligi karat birligi bilan o‘lchanadi. Mutlaq sof oltin 24 karat bo‘ladi. Odatda, do‘konlarda sotiladigan tilla taqinchoqlarning sofligi 14-karat bo‘ladi. Ya'ni, unda 136 58% tilla, qolgan 42% esa mis bo‘ladi. Zargarlik buyumlari tarkibida mis qancha ko‘p bo‘lsa, bunday taqinchoqning vaqt o‘tishi bilan xiralashib, sifatini yo‘qotishi shunchalik tez bo‘ladi. Oltinga kislorod, oltingugurt va kislotalar ta’sir qilmasligini yuqorida aytdik. Biroq, oltinga ta’sir ko‘rsata oladigan element albatta bor. Bu – xlor elementidir. O‘rta asrlarda yashagan alkimyogarlar xlor haqida bilishmagan. Lekin, ular azot kislotasi bilan xlorid kislotasini aralashtirib, unga oltinni solishganida, aralashma ichida oltin erib ketganiga guvoh bo‘lishgan. O‘rta asrlarda odamlar oltinni «metallar podshosi» deb atashardi. Podsho metallni eritib yuborgan aralashmani esa, alkimyogarlar «podsholar arog‘i» deb atashgan. Kimyogarlar hozirda ham bu nomni tez-tez qo‘llab turishadi. Biroq, bu o‘rinda bir narsaga e’tibor qaratish lozimki, ushbu jarayonda oltinni azot yoki xlorid kislotalaridan biri emas, balki, ular o‘zaro ta’sirlashganda ajralib chiqadigan xlor elementi eritadi. Bunday aralashma yashil tusda bo‘ladi va u turgan xonani xlor hidi tutib ketadi. Demak, oltinni aynan o‘sha xlor eritadi. Kumush – anchayin inert metall bo‘lgani uchun, uni turli birikmalar tarkibidan ajratib olish ham anchayin oson kechadi. Kumush xloridi – tabiatda ko‘p uchraydigan birikmalardan biri bo‘lib, oq kukun ko‘rinishida bo‘ladi. Uning tarkibida atiga bittadan kumush va xlor atomi mavjud bo‘ladi. Bu birikma juda bo‘sh va mo‘rt bo‘lib, uni tarkibiy elementlarga, ya'ni kumush va xlor atomiga parchalab yuborish uchun yengil kuch bilan ta’sir etish ham kifoya qiladi. Kumush xloridini parchalash shunchalik osonki, bunga oddiy yorug‘likning energiyasi ham yetarli bo‘ladi. Ya'ni, bu modda yorug‘lik ta’sirida qoldirilsa, u tarkibiy elementlarga ajrab ketadi. Natijada, ajralib chiqqan xlor asta-sekinlik bilan gazga aylanib, havoga uchib ketadi. Kumush esa, juda-juda mayda kukun ko‘rinishida sirt yuzada qolaveradi. Aksariyat metallar singari, kumush ham kukun holatida qoramtir tusda bo‘ladi. Kumush xlorididan kumush va xlorni ajratib yuboradigan kimyoviy reagentlar ham ko‘p. Bunday reagentlarni ta’sir qildirishdan avval, kumush xloridini yorug‘lik ta’siriga qo‘yib, keyin yana reagentlarga qaytarilsa, birikmaning parchalanishi tezlashadi. Keyinchalik, parchalanish uchun yorug‘lik ham zarur bo‘lmay qoladi. U reagent ishtirokida parchalanaveradi. Kumush xloridining ushbu ajoyib xossasidan foydalanib, XIX-asrda avvaliga Nyeps va keyinroq uning shogirdi va hamkori Lui Dager, fotografiyani ixtiro qilishgan. Dastlabki paytlarda fototasvirga olish uchun juda uzoq vaqt talab etilardi. Chunki, oddiy kumush xlorid sirtiga yorug‘lik fokuslanib, uning tarkibidagi xlor ajralib chiqib, kumush kukun tasvir hosil qilib qotgunicha 1-2 soatga yaqin vaqt ketardi. Lekin, keyinchalik mutaxassislar fotografiyani yanada takomillashtirishdi. Kimyogarlar esa, fotoplastinkalar tayyorlash uchun kumush xloridning yanada kuchli va tez ta’sirlanadigan boshqacha birikmalarini ishlab chiqishdi. Vaqt o‘tib, endi fotosuratga olish uchun atiga bir lahza kifoya qiladigan kumush birikmalari ixtiro qilindi. Bunday kumush birikmalari yordamida nafaqat statik obyektlar, ya'ni, qimirlamay turgan odam, yoki, buyumni, balki, harakatdagi narsalarni ham uzluksiz tasvirga olish mumkin edi. Nitrosellyuloza moddasiga azot kislotasi bilan ishlov berish orqali undan uzun rulonlarga o‘rash mumkin bo‘ladigan shaffof fotoplyonka tayyorlash texnologiyasi ixtiro qilingach esa, fotografiya tamomila yangi bosqichga o‘tdi va uning asosida yangi san’at turi – kinematograf shakllana boshladi. Shunday fotoplyonkani birinchi bo‘lib 1884-yilda AQSHlik Jorj Istman 137 tayyorlagan edi. 1909-yilda e’tiboran esa, nitrosellyuloza o‘rniga atsetat sellyulozadan tayyorlangan fotoplyonkalar ishlab chiqarila boshlagan. Bunday plyonka nitrosellyuloza plyonkaga qaraganda yong‘in xavfsizligi jihatdan ishonchliroq material bo‘lib, uni yonishi juda mushkul. Shu sababli ham keyinchalik bunday plyonkalar ommalashib ketgan. Bugungi kunga kelib, deyarli barcha foto va videotexnika apparatlari raqamli formatda ishlamoqda. Hozirda plyonkali fotoapparat yoki, magnit tasmasiga yozilgan videolarni uchratish tobora mahol bo‘lib bormoqda. Chunki, endi raqamli texnika endilikda ham sifat, ham tannarxiga ko‘ra bunday eskicha texnikani ortda qoldirdi. Biroq, deyarli butun XX asr davomida olingan suratlar va kinotasvirlar hammasi aynan o‘shanday plyonkalarga olingan edi. Shunga muvofiq, XX-asr davomida qazib olingan va ishlatilgan kumushning asosiy qismi fotografiya uchun sarflangan. Kumushning yana bir birikmasi – kumush yodit (unda bittadan kumush va yod atomlari bo‘ladi) qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alati bir xossaga ega. Yo‘q, kumush yodit qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi vosita hisoblanmaydi. Bu birikmadan yomg‘ir chaqirish uchun foydalaniladi! Ha-ha, yanglishmadingiz, kumush yoditdan yomg‘ir chorlash uchun ishlatiladi. Qadimgi xalq qo‘shig‘idagi «sust xotin, suzma xotin» jumlalari aynan kumush yoditga atalgan bo‘lsa ajab emas (hazil albatta ). Gap shundaki, kumush yoditni kukun holida samolyotda bulutlar ustida sochib chiqilsa, bunday kukun tarkibidagi har bir zarra o‘z atrofida yomg‘ir tomchisi shakllantirishi mumkin bo‘ladi. Bulutlarga shunday kukundan sochib yuborilsa, tez orada yomg‘ir boshlanadi. Hozirgi kunda, yomg‘ir chaqirish uchun «sust xotin» qo‘shig‘ining ilmiy qayta ijrosi shunday desak yanglishmaymiz. Bu narsa, qurg‘oqchil mintaqalarda va hosilga xavf tug‘ilganda qo‘llansa, kutilgan natijani berishi mumkin. Faqat, odatda bu ancha qimmatga tushadi. Samolyot ijarasi va uning yoqilg‘isidan tashqari, kumush yoditning o‘zi ham uncha-muncha pul turadi. Odatda bir maydonga bu usulda yomg‘ir yog‘dirish, o‘sha maydondan olinadigan hosilning foydasidan qimmatga tushishi mumkin. Shu sababli ham, mazkur usul o‘ta favqulodda holatlarda va asosan, cho‘llanish hududlarida qo‘llanadi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, mis va kumush ham chiroyli, qimmat va foydali elementlardir. Elektr simlarini missiz, XX-asr fotografiyasini kumushsiz tasavvur qilish mumkin emas. Xo‘sh, oltinchi? Oltindan naf bormi? Hafsalangizni pir qilaman. Odatda odamlarni ochko‘zlikka o‘rgatib, vasvasaga soladigan, aka-uka, qarindosh-urug‘ orasiga adovat solib, ba’zan esa, butun boshli urushlarga sabab bo‘ladigan bu yaltiroq metalldan aslida amaliy (texnik) naf deyarli yo‘q! Albatta ayrim juda kichik istisnolarni inobatga olmasa. O‘sha kichik istisnolardan biri – shishasozlik yo‘nalishidir. Agar shisha eritilayotganda uning tarkibida oz miqdorda oltin qo‘shib yuborilsa, bunday shisha pishgach yorqin-qirmizi, yoki, binafsharang tusga kiradi. Binolarning peshoynalarini dekorativ bezash uchun bunday shishadan foydalanish mumkin albatta. Bunday shishani shishasozlar «yoqut shisha», yoki, «la’l shisha» deb atashadi. Xuddi shu maqsad 138 uchun shisha tarkibiga mis qo‘shib yuborilsa, unda mahsulot ko‘kimtir, yoki, yam-yashil bo‘lib chiqadi. Oltin – eng oson ishlov beriladigan, yumshoq metalldir. Oddiy bolg‘a bilan bir urib, oltinni yupqa list ko‘rinishiga keltirish qo‘yish mumkin. Oltinni shu darajada yupqa qilish mumkinki, yaxshi texnologlar oltindan atiga 0,0001 mm qalinlikdagi zarqog‘ozlar ham tayyorlay olishadi. Bunday zarqog‘ozlardan odatda «tilla suvi yuritilgan» deyiladigan buyumlarning sirtini qoplanadi. Masalan, tilla rangda tovlanadigan hajmli harflar bilan yirik korporatsiyalarning ofislar, yoki, asosiy binolarida ushbu korporatsiyaning nomi shunday zarhal harflar bilan yozib qo‘yiladi. Bunday harflar bilan terilgan nomlar juda yorqin va jilvakor ko‘rinadi. Binoga ulug‘vorlik baxsh etib turadi. Lekin, hozirda oltin rangida tovlanadigan boshqa sun’iy materiallar ham juda ko‘payib ketgani uchun, endilikda hech kim qimmatbaho asl oltinda zarhal har termay ham qo‘ygan. Yuqorida ayrib o‘tilganidek, hozirda hech bir mamlakatda, umumiy muomaladagi tanga pullar ham oltindan zarb etilmay qo‘ygan. Shundan kelib chiqsak, ushbu metall endilikda faqat zeb-ziynat buyumlari va taqinchoqlar yasash uchun ishlatilmoqda deyish mumkin. (Albatta, mamlakatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy barqarorligi ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lmish – oltin zaxiralari ham ushbu metallning asosiy borar joyidir). Oltinga xos qiziq jihatlardan biri shuki, bu metall ancha og‘ir metall sanaladi. Oltin – tabiatdagi eng og‘ir moddalardan biridir. Bir xil hajm va sharoitda turgan oltin va po‘lat olinsa, oltinning vazni po‘latnikidan deyarli 3 barobar og‘ir bo‘lib chiqadi. Qirralari uzunligi 2,5 sm dan bo‘lgan kub shaklida quyilgan sof temirning og‘irligi 100 grammdan biroz og‘irroq bo‘ladi xolos. Po‘lat ham deyarli shunday. Shunday kubni misdan quyilsa, u 120 gramm vaznga ega bo‘ladi. Kumush 150 gramm atrofida bo‘lsa, oltin esa, 300 gramm tosh bosadi! Oltinning ushbu fizik xossasidan boxabar bo‘lgan odamni oltin oldi-sotdisida aldash juda qiyin. Bir paytlar Yevropa xalqlarida g‘alati bir ertak bo‘lardi. Unda qishloqda shaharga kelgan to‘pori bir yigit, shaharlik mug‘ombir savdogarning nayrangiga uchun, undan «sof oltindan quyilgan» g‘isht sotib oladi. Aslida esa bu oddiy guvala g‘isht bo‘lib, faqat uning yuzasiga tilla suvi yuritilgan bo‘ladi. Agar o‘sha bechora qishloqi yigit, g‘isht kattaligidagi sof oltin quymasi eng kamida 20 kg bo‘lishini bilganida, bunday oson aldanmagan bo‘lardi. Haqiqatan ham, 65×120×250 mm o‘lchamdagi oddiy g‘ishtning hajmi 1950000 mm 3 bo‘ladi. Bunday hajmli guvala g‘isht esa taxminan 3 kg tosh bosadi xolos. Sof oltindan quyilgan shunday hajmli g‘isht esa, taxminan 20 kg atrofida massaga ega bo‘lishi kerak! Shu sababli, siz agar kimdir «sof oltin» quymasi ko‘rinishidagi g‘ishtni bir qo‘li bilan ushlab turganini ko‘rsangiz, bilingki, u hech qanaqasiga oltin emas... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling