Koinotning qurilish ashyolari


XX-BOB: XROM – RANG ELEMENTI


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XX-BOB: XROM – RANG ELEMENTI 
Temirning zanglashini oldini olish 
maqsadida, unga sirt qoplamasi sifatida nikel, 
qalay, 
kadmiy 
va 
ruxdan 
foydalanish 
mumkinligi haqida yuqorida hikoya qilgan 
edik. Lekin, temirni zanglashga qarshi qoplama 
uchun eng muhim va chiroyli zeb beradigan 
metall bu – 24-raqamli element – xrom bo‘ladi.
Xromni 1797-yilda farang kimyogari 
Lui Nikolya Voklen tomonidan kashf qilingan 
bo‘lib, elementga tanlangan nom yunonchada 
«rang» degan ma’noni beradi. Sababi, 
xromning barcha birikmalari muayyan o‘ziga 
xos ranglarga ega bo‘ladi. Xrom birikmalarida 
tabiatda mavjud barcha ranglarni uchratish 
mumkin. Sof metall holida esa xrom tabiatdagi eng qattiq metallar sirasiga kiradi. U misdan, 
nikeldan va hatto temirdan ham qattiq bo‘ladi. Boz ustiga, xrom ham xuddi alyuminiy singari, 
o‘z sirtiga yupqa oksid qatlam hosil qila oladi va shu sababli, havoda xira tortib qolmaydi va 
sayqallashga moyil bo‘ladi.
Avtomobillarning yarqiroq metalldan tayyorlangan dekorativ elementlari asosan nikel 
qoplamasi bilan qoplansa-da, baribir uning ham ustida juda yupqa qatlam xrom bilan yuritiladi. 
Bunday dekorativ metall qismlar doim yorqin yiltiroq metall tusini saqlab, avtomobilning 
chiroyini yanada ochadi. Shinavandalar bu metall qismlarni shunchaki «xrom» deyishadi. 
Xrom shunchaki qoplama sifatida ishlatiladigan metall emas. Uning po‘latga qo‘shib 
qotishma hosil qilinishi juda pishiq va qattiq qotishmalar olish imkonini beradi. Biz biladigan 
turli podshipnik sharchalari o‘z vazifasiga ko‘ra o‘ta qattiq metalldan tayyorlanishi lozim. Shu 
sababli, podshipniklarni aynan xromli po‘latdan quyiladi. Xrom shuningdek, hammaga ma’lum 
zanglamas po‘lat ham tarkibida 18% xrom va 8% nikeldan iborat bo‘ladi. Ko‘plab oshxona 
buyumlarining o‘yma yorlig‘iga qaraganingizda albatta ushbu zanglamas po‘lat yozuviga 
ko‘zingiz tushgan. Uni zanglamas qiladigan element aynan xrom bo‘ladi. Boz ustiga, bunday 
po‘lat magnit xossasiga ega bo‘lmaydi. Bu jihat ham o‘rni kelganda juda foydali bo‘ladi.
Uyda uchratish mumkin bo‘lgan yana bir xromli qotishma bu – nixromdir. Uning 4/5 
qismi nikel va 1/5 qismi xrom bo‘ladi. Ba’zan nixrom tarkibida oz miqdorda temir ham mavjud 
bo‘ladi. Metall sifatida nixrom juda yomon o‘tkazgich sanaladi. Uning o‘tkazuvchanligi 
kumushning o‘tkazuvchanligidan atiga 1,5% ni tashkil qiladi. Shu sababli, nixromdan elektr 
toki o‘tkazilsa, u hatto qalin bo‘lsa hamki, juda tez qizib qizarib ketadi. Turli maishiy texnika 
vositalari – elektr plitalari, toster va ho kazolarning spirallari tayyorlanadigan asosiy 
qizdiruvchi elementi aynan nixrom bo‘ladi.


160 
Ikki atom xrom va uchun atom kisloroddan iborat xrom oksidi (Cr
2
O
3
) yashil rangli 
bo‘ladi. Uni xromit rudasidan olinadi. Bunday rudada odatda xrom oksididan tashqari temir 
oksidi ham bo‘ladi. Xromit eng keng tarqalgan xrom rudasi bo‘lib, juda yuqori erish haroratiga 
ega. Shu sababli, undan g‘isht tayyorlab, o‘ta yuqori haroratlarda qiziydigan pechlarining ichki 
qismini futerovka qilish uchun foydalaniladi. Shuningdek, xrom oksidi shishaga qisman 
qo‘shilsa, shishaning rangi yashil tusga kiradi. Zumrad va yoqut singari qimmatbaho 
toshlarining yashil tusi ular tarkibida oz miqdorda mavjud bo‘ladigan xrom oksidi tufaylidir. 
Moviy tusdagi sapfir toshlarining rangi ham uning tarkibidagi xrom tufayli yuzaga keladi. 
Ushbu toshlarining asosini tashkil qiluvchi alyuminiy va berilliy birikmalarining o‘zi esa 
rangsiz bo‘ladi.
Bo‘yoq moddalar tarkibida qo‘llanadigan xrom oksidini yashil kron deyiladi. 
Qo‘rg‘oshin xromati esa sariq kron deyiladi. Uning molekulasida bitta qo‘rg‘oshin va bitta 
xrom atomiga beshta kislorod atomlari birikkan bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin xromat ham bo‘yoq 
tayyorlashda ishlatiladi. Yashil va sariq kron aralashmasidan zarg‘aldoq rangli kron 
tayyorlanadi.
Davriy jadvalda xrom bilan qo‘shni bo‘lgan bir necha element ham xuddi xrom singari 
qattiqlikka ega. Ushbu elementlar ham po‘latga qo‘shilsa uning sifatini oshiradi va egiluvchan, 
oson ishlov beriladigan qilib qo‘yadi. Shu sababli ham, xromga qo‘shni ushbu metallarning 
qadri ancha baland yuradi.
Bular davriy jadvaldagi 25-raqamli element – marganets, 42-raqamli element – 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling