Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
vermilion olinadi.
Simobning yana paqildoq simob nomli birikmasi ham qiziq tabiatga ega. Paqildoq simob mutaxassislar tilida simob fulminat deyiladi. Ushbu modda molekulasi tarkibida bittadan simob, kislorod, azot va uglerod atomlari mavjud bo‘ladi. Paqildoq simob arzimagan nozik teginish tufayli ham paqillab, portlash sodir qiladi. Bu esa, simobning mazkur birikmasini eng xavfli moddalar qatorida tilga olishga majbur qiladi. Boshqa har qanday portlovchi moddalarni portlashi uchun ancha ko‘proq mexanik ta’sir kerak bo‘ladi. Lekin, paqildoq simobga salgina turtki kifoya qiladi. Shu sababli, portlatish texnikasida, masalan, tog‘-kon ishlarida simob fulminatni nisbatan qiyin portlaydigan moddalarni, masalan dinamitni portlatish uchun detonator sifatida ishlatishadi. Fulminatni masofadan turib, nozik elektr uchquni vositasida portlatish mumkin. U esa, o‘z navbatida boshqa portlovchi moddalarni harakatga keltiradi. Simobning avvallari tibbiyotda keng qo‘llanilgan birikmalaridan biri – merkuroxrom bo‘lib, uning molekula tuzilishi ancha murakkab. Merkuroxrom antiseptik xossasiga ega bo‘lib, undan yaralarni davolashda foydalanilgan. . 156 Davriy jadvalda simobdan yuqorida turuvchi ikkita o‘xshash metall bo‘lib, ulardan biri – atom raqami 30 bo‘lgan rux elementidir. Rux odamlarga juda qadimdan ma’lum metalldir. Eramizdan avvalgi 1500-yilga taalluqli asori atiqalar ichida ruxdan tayyorlanganlari ham topilgan. Ushbu metallni sof holatda 1746-yilda olmon kimyogari Sigizmund Marggraf ajratib olgan. Ruxni mis bilan qotishmasi latun deyiladi. Latun misdan ham ruxdan ham pishiqroq, zichroq va mustahkamroq bo‘ladi. Latunga yana 12% miqdorda nikel ham qo‘shilsa, hosil bo‘lgan nikelli latun qotishmasining pishiqligi yanada ortadi. Latun dastlab harbiy kiyim-bosh uchun tugmalar va bezak buyumlari tayyorlash uchun ishlatilgan. 80% mis va 20% rux qotishmasidan tayyorlangan latunni golland tillasi deyiladi. Chunki, ushbu qotishmada mis o‘zining qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangini yo‘qotib, tillarang tusga kiradi. Harbiylarning pogonlarini bezab turuvchi yulduzchalar aynan shunday qotishmadan tayyorlanadi. Qotishmaga, ya'ni, latunga nikel qo‘shilishi undagi misning rangini deyarli yo‘qqa chiqarib yuboradi. Rux, mis va nikel qotishmasidan iborat latun deyarli kumushrang-oqish tusda bo‘ladi. Masalan, AQSHning 5 sentlik tanga pullari 75% mis va qolgani nikel bo‘lsa hamki, bu tangalar mis rangida emas, balki, oq rangda. Qotishmani rangini o‘zgarib ketishi sababli, nikelli latunni shuningdek neyzilber ham deyiladi. Bu so‘zning ma’nosi ingliz tilida «nikelli kumush», yoki, «nemis kumushi» degani bo‘lib, lekin bu nomlar odamlarni faqat adashtirib, chalg‘itadi xolos. Chunki, qotishma tarkibida mutlaqo kumush yo‘q. Faqat u kumush rangida xolos. Tarkibida 40% rux mavjud bo‘lgan latunni munts-metall deyiladi. Munts-metallning ajoyib xossasi shuki, u zanglamaydi. Shu sababli, bu metalldan kemalarning tag qismi qoplamalarini tayyorlashda va umuman, korroziyadan qat’iy himoyalash kerak bo‘ladigan metalokonstruksiyalarni yasashda foydalaniladi. Rux qo‘llaniladigan yana bir buyum bu – oddiy batareykalardir. Batareykalarda karton qoplamasi ichida rux silindr va uning ichkarisida turli xil boshqa maxsus kimyoviy moddalar bo‘ladi. Ushbu kimyoviy moddalar orasida joylashgan rux va ko‘mir bir-bir bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, elektr toki ishlab chiqaradi. 157 Ruxdan yana temir va po‘lat metallar uchun zanglashdan qarshi qoplama tayyorlanadi. Buning uchun temir yoki po‘lat konstruksiyani erib turgan rux ichiga solinadi yoki, elektroliz usuli bilan unga rux qoplama beriladi. Bunday temirni ruxlangan temir deyiladi. Siz ruxdan tayyorlangan tunuka va ayniqsa chelaklarni yaxshi tanisangiz kerak. Rux – ancha faol kimyoviy element. Maktab kimyo laboratoriyalarida rux metali bo‘lagini kislotaga solish orqali vodorod ajratib olish tajribasi namoyish qilinadi. Chunki, rux atomlari kislotadan vodorod atomlarini siqib chiqaradi. Lekin, bu maqsad uchun imkon qadar toza rux ishlatish kerak. Sifati pastroq rux tarkibida oz miqdorda bo‘lsa-da, harholda mishyak aralashgan bo‘ladi. Kislota ta’sirida mishyakdan zaharli modda – arsin ajralib chiqadi. Davriy jadvalda ruxdan bitta pastdagi katakda joylashadigan va tashqi ko‘rinishdan ruxga nihoyatda o‘xshaydigan yana bir metall mavjud. Ushbu metall ruxga shu qadar o‘xshashki, ularni bir qarashda bir-biridan farqlab olish mushkul. Boz ustiga, bu metall ham rux bilan bir xil rudadan olinadi. Ushbu metallni rux rudasi tarkibidan 1817-yilda kimyogar Fridrix Shtromeyer ajratib olgan. Rux rudasining tashqi ko‘rinishini konchilar aldamchi rux deb yuritishadi. Aldamchi ruxning kimyogarlar tilidagi ilmiy nomi rux sulfidi bo‘lib, bunday aldamchi rux rudasini qadimgi yunonlar «kadmeya» deb atashgan. Shu sababli, Shtromeyer ham o‘zi ochgan va ko‘rinishi ruxga juda o‘xshaydigan, davriy jadvaldagi 48-raqamli elementni kadmiy deb nomlagan. Kadmiyni ham xuddi rux singari, temirning ustini zangdan himoyalovchi qoplama uchun qo‘llash mumkin. Kadmiy qoplamaning himoya xossasi rux qoplamadan ko‘ra ancha yaxshi va kuchli bo‘ladi. Biroq. Kadmiy ruxdan ko‘ra ancha qimmat yuradi va shu sababli, kadmiy qoplama iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Agar kadmiyni kumush bilan qotishma tarzida aralashtirilsa, kumush o‘z jilvasini yo‘qotmaydigan, ya'ni, xiralashmaydigan va oltingugurt birikmalari bilan ta’sirlashmaydigan bo‘lib qoladi. Kadmiy qo‘rg‘oshin singari oson eriydigan modda sanaladi. Uni Vud qotishmasi tarkibida ham uchratish mumkin. Vud qotishmasi – oson eriydigan qotishma bo‘lib, elektronika sohasida payvandlash va mikrosxema zanjirlarini o‘zaro tutashtirish uchun ishlatiladi. Misga atiga 1% kadmiy qo‘shilsa, misning elektr o‘tkazgich xossasi deyarli o‘zgarishsiz saqlangan holda, mexanik pishiqligi ortadi. Bunday mis-kadmiy qotishmasidan masalan trolleybus simlari tayyorlanadi. Kadmiyni yadro reaktorlarida va atom elektrostansiyalarida zanjir reaksiyasini boshqaradigan, aniqrog‘i, zarur hollarda reaksiya tezligini pasaytiradigan sterjenlar tayyorlashda ham qo‘llaniladi. Bu Kadmiyning eng muhim qo‘llanish sohalaridan biri bo‘lib, u turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishda benazir xizmatchidir. Molekulasi tarkibida bitta rux va bitta kislorod molekulasi bo‘lgan rux oksidi bo‘yoq moddalar tayyorlashda ishlatiladi. U oq pigment beruvchi bo‘lib, oq bo‘yoqlar aynan undan olinadi. Shu sababli, rux oksidini oqartiruvchi rux ham deyiladi. Rux oksiddan tayyorlangan oq bo‘yoq bilan qo‘rg‘oshindan tayyorlangan oq bo‘yoqni taqqoslansa, iqtisodiy jihatdan 158 bo‘yoq afzalroq ko‘rinadi. Chunki, qo‘rg‘oshinli bo‘yoq bilan ancha kattaroq yuzani bo‘yash mumkin. ruxli bo‘yoq esa kichik yuzaga yetadi xolos. Lekin, ruxli bo‘yoq xavfsiz bo‘lib, oltingugurt birikmalari ta’sirida xiralashib qolmaydi. Qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlar esa aksincha, ham zaharli, ham tez xiralashadi. Bu taraflama rux bo‘yoqlar baribir afzaldirlar. Boz ustiga, rux sulfidi tannarxi ham ancha arzon tayyorlanadi. Rux oksidini stomatologlar ham ishlatishadi. Shu sababli, sizning tishlaringizdagi plombada rux mavjud bo‘lishi ehtimol. Xotin-qizlar yuziga suradigan ba’zi upa kukunlarida ham rux oksidi mavjud bo‘ladi. Shunga o‘xshash, kadmiy sulfidi ham bo‘yoq pigment olishda ishlatiladi. Kadmiy sulfididan sariq bo‘yoq olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling