Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
amalgammasi deyiladi. Kumush amalgamma erigan holatdan biror qolipga quyilsa, u bir necha
daqiqa muddatda xuddi loy kabi yumshoq holda turaveradi. Bu holatda unga shakl berib, biror ko‘rinishga keltirish mumkin. Keyin u qotadi va o‘ziga berilgan shakni mustahkam saqlab qoladi. Tish davolovchi vrachlar tishlardagi kovraklar o‘rniga shunday kumush amalgammasidan to‘ldirish orqali kovaklarni berkitadilar. Albatta, tish shifokorlari qo‘llaydigan kumush amalgammada kumush va simobdan tashqari yana qalay, mis va rux ham mavjud bo‘ladi. Lekin, bunday amalgammada baribir asosiy o‘rinni simob egallaydi. Simob atomlari kumush atomlarini mustahkam bog‘lab tutib turadi. Natijada, so‘lak, havo, namlik, issiqlik va og‘izdagi bakteriyalar ta’sirida yemirilmaydigan, mustahkam qobiq paydo bo‘ladi. Bunday qopib, yoki qoplama tishlarga ham yaxshi o‘rnashadi va salomatlikka ziyon yetkazmaydi. Tish davolash texnikasida shuningdek oltin amalgammasi ham qo‘llaniladi. Simob oltin bilan ham tez va oson aralashib, qotishma hosil qiladi. Shu sababli, simob to‘kilgan joyga tilla buyumlarni yaqinlashtirmagan ma’qul. Ayniqsa barmoqlardagi tilla uzuklar bilan simobga tegib ketilsa, qimmatbaho taqinchoqlarning sifati darhol buziladi. Simob bilan ta’sirlashgan tilla taqinchoq o‘zining yarqiroq jilvasini darhol yo‘qotib, xira va nursiz bo‘lib qoladi. Amalgammalar kimyogar mutaxassislar tomonidan ham keng qo‘llaniladi. Masalan, metall natriy o‘ta faol modda bo‘lib, u bilan ishlashda juda xushyor bo‘lish talab etiladi. Shu sababli, kimyogarlar natriy amalgammasi tayyorlab, keyin u bilan tajribalar o‘tkazadilar. Natriy amalgammasi ham natriyning o‘zi bilan qilsa bo‘ladigan deyarli barcha tajribalarni 155 o‘tkazish imkonini beradi. Yaxshi tarafi shundaki, natriy amalgammasi natriyning o‘zidan ko‘ra ancha xavfsizdir. Simob shuningdek maxsus lampalarda qo‘llaniladi. Zich germetik lampa ichiga simob tomchisi joylashtirilsa, unga tok berilganda tok ta’sirida suyuq simob bug‘lanib, gaz holatiga o‘tadi. Gazsimon simob esa qizib o‘zidan yorug‘lik nuri taratadi. Bunday simobli lampalardan ultrabinafsha nurlar manbai sifatida foydalanish mumkin. Simob xloridi – molekulasida ikkita simob va ikkita xlor atomidan iborat modda bo‘ladi. U avvallari kalomel nomi bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan. Kalomeldan surgi dori sifatida foydalanilgan. Odamlar bu moddaning zararli tarafini bilishmaganliklari uchun u ko‘p yillar mobaynida uncha-muncha odamning ichak va hazm qilish tizimini ishdan chiqargan. Kalomel ich surishdan tashqari, odamni qayt qilishga ham majbur qiladi va iste’mol qilgan odamning sillasini quritib qo‘yadi. Kalomelning yaqin qarindoshi sulema nomli modda bo‘lib, uning ilmiy nomi simob dixloridi bo‘ladi. Bu modda molekulasi bitta simob va ikkita xlor atomlaridan iborat bo‘ladi. Sulema kalomeldan ham zararliroq. Xalq orasida uni sublemat ham deyiladi. Sulema, yoki, sublemat odamni o‘limga ham olib kelishi mumkin. Simob oksidi – pishiq g‘ishtning rangidagi qizg‘ish-qo‘ng‘ir modda bo‘lib, uning molekulasi bitta simob va bitta kislorod atomidan iborat bo‘ladi. Bu moddaning qiziq tarixi bo‘lib, uni eslab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Jozef Pristli kislorodni kashf qilgan tajribalarida aynan simob oksidini qizdirgan edi. Simobning yana bir qizg‘ish rangli birikmasi – simob sulfidi bo‘lib, uning molekulasida bitta simob va bitta oltingugurt atomi bo‘ladi. Simob sulfidi tabiatda eng keng tarqalgan simob birikmasi bo‘lib, uni simob rudasi ham deyish mumkin. Tabiiy holda, ruda ko‘rinishidagi simob sulfidini mutaxassislar kinovar deyiladi. Kinovar eng boy simob rudasi bo‘lib, uning tabiiy, sof holdagi shaklidan yorqin qip-qizil pigment – Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling