Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

metallari» (qisqacha qilib «yerlar») deb nomlashgan. Kalsiy va magniyning oksidlari «ishqoriy 
yer metallari», vanadiy va titanning oksidlarini esa, «kislotali metallari» deb nomlangan. Bu 
atamalar hali kimyo fani unchalik rivojlanmagan, atamalar ilmiy tizimlashmagan paytlarda 
urfga kirib qolgan bo‘lib, shu asnoda, ittriydan boshlab keyingi uning oilasiga mansub 
elementlarning oksidlarini ham «siyrak yer metallari» deya nomlay boshlashgan. Chunki, 
ushbu metallarning oksidlari boshqalardan ko‘ra tabiatda ancha kam uchraydi. Shundan kelib 
chiqib, ittriy oilasi elementlarini kimyogarlar «siyrak yer elementlari» deb nomlashgan.
Biroq, qiziq fakt shuki, barcha siyrak yer elementlarini bir joyga jamlasa, ularning 
miqdori mis yoki, qo‘rg‘oshindan ko‘p bo‘lib chiqadi. Ushbu oilaga mansub metallardan 
ba’zilari masalan, qalaydan ko‘proq tarqalgan. Ba’zilari esa haqiqatan ham nodir metallar 
sirasiga kiradi. Biroq, o‘sha eng kam tarqalgan siyrak yer metallari ham, aslini olganda oltin 
yoki, platinadan ko‘ra ko‘proqdir.
Ushbu siyrak yer metallaridan uchtasi o‘sha shved shaharchasi – Itterbyu sharafiga 
nomlanganini yuqorida aytib o‘tdik. Ulardan ittriy birinchi bo‘lib ochilgan bo‘lsa, erbiy va 
terbiyni Mosander tomonidan 1843-yilda kashf qilingan edi. Itterbyu shaharchasi bilan bog‘liq 
nomlangan to‘rtinchi elementni 1878 yilda Shveysariyalik kimyogar Jan Sharl Galissar de 
Marinyak (1817-1894) tomonidan kashf qilingan. Bu davriy jadvaldagi 70-raqamli element – 
itterbiy bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, jahonning eng yirik va buyuk shaharlarining birortasining nomi ham 
davriy jadvalga tushmagan. Davriy jadvalga xoh sinchiklab, xoh yuzaki nazar solsangiz ham, 
unda na Nyu-York, na London, na Rim va na Afina, yoki, Tokio, Shanxay, Berlin, Moskva, 
Buenos-Ayres, Rio-de-Janeyro, Bag‘dod, Iskandariya kabi birorta ham shaharning nomini 


177 
biror elementga berilganini aniqlay olmaysiz. Jadvalda zamonaviy yirik shahar nomi berilgan 
ikkita element mavjud – Lyutetsiy – Parijning qadimgi nomi bo‘lsa, Golmiy – Stokgolmning 
qisqartirilgan nomidir. Lekin, ko‘rib turibsizki, Shvetsiyaning mazkur kichkinagina, aholisi 
ham kam sonli bo‘lgan shaharchasining nomi naq to‘rtta elementga berilgan! Tan oling, siz bu 
shaharning nomini agar kimyo darsliklari orqali eshitmagan bo‘lsangiz, unda na «Dunyo 
Bo‘ylab» telekanalidagi telesayohat ko‘rsatuvlari ham va na vikipediydagi tasodifiy maqola 
ham uni sizga tanishtirmagan bo‘lardi... Omad kelsa, shunchalik kelar  
Lekin, siyrak yer elementlariga berilgan Skandinaviya yarimoroli bilan bog‘liq nomlar 
shuning o‘zi bilan cheklanib qolmadi. 1879 yilda shved kimyogari Pyer Teodor Kleve (1840-
1905) kashf qilgan yana ikkita element davriy jadvalni to‘ldirdi. U 67- va 69-raqamli 
elementlarni kashf qilgan edi. 67-raqamli element biz yuqorida tilga olib o‘tgan golmiy 
elementi bo‘lib, qayd etilgandek u Shvetsiya poytaxti – Stokgolm sharafiga nomlangan. 69-
elementni esa olim tuliy deb nomlagan bo‘lib, bu Skandinaviya yarim oroli hududida qadimda 
gullab-yashnagan davlat – Tula sharafiga shunday atalgan. Shunga ko‘ra, mazkur element nomi 
etimologiyasini Rossiyaning Tula shahri nomi bilan adashtirmaslik kerak.
Itterbiyni kashf qilganidan ikki yil o‘tib, Marinyak, davriy jadvalda 64-raqam bilan 
o‘rin olishi lozim bo‘lgan yana bir yangi elementni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar 
Marinyak, itterbia mineralini topish orqali kimyogarlarga shuncha yangi elementlarni kashf 
qilishga yo‘l ochib bergan fin olimi Yoxann Gadolinni sharaflashga qaror qildi. Shuning uchun 
64-raqamli element gadoliniy deb nomlandi.
Yuqorida aytilganlarni mulohaza qilib ko‘rsak, siyrak yer elementlarining yarmidan 
ko‘pi Skandinaviya bilan bog‘liq nomlarga egaligini xulosa qilish mumkin. Shu sababli ham, 
ushbu maqolani «Ittriy – Skandinaviya elementi» deb nomlashga qaror qildim. Menimcha, 
nom muvaffaqiyatli chiqqan. 
Siyrak yer elementlari ichida gadoliniy bir xossasi bilan qolgan turdoshlaridan yaqqol 
ajralib turadi. Agar, siyrak yer metallarining magnit xossalarini qarab chiqsak, ular ichida 
gadoliniy «oq qarg‘a», yoki, «otni qashqasi» ekanini ko‘rish mumkin. Ya'ni, gadoliniy siyrak 
yer metallari ichida, magnit xossasiga ega bo‘lgan yakkayu-yagona metalldir. O‘zi umuman, 
metallar ichida faqat temir, kobalt va nikel magnit xossasiga ega. Shunga ko‘ra, gadoliniyning 
texnika uchun ahamiyati o‘ziga xosdir.
Siyrak yer metallari bir-birga favqulodda o‘xshash ekanliklari sababidan, kimyogarlar 
ushbu elementlarni tanib olishda va ularni farqlashda ko‘p muammolarga duch kelishgan. Buni 
qanchalik qiyin ekanini tasavvur qilishingiz uchun birgina misol keltirish kifoya. Siz hayotda 
bir jinsga mansub egizaklarni albatta ko‘rgansiz, to‘g‘rimi? Agar siz o‘zingiz egizaklardan biri 
bo‘lmasangiz, yoki, egizak farzandning ota-onasi bo‘lmasangiz, ularni bir qarashda, tashqi 
ko‘rinishidan ajratib olishga ancha qiynalasiz. Boz ustiga, ular bir xil kiyinib yursa va ovozi, 
yoki, o‘zini tutishi ham bir xil bo‘lsa bormi, ularni farqlash yanada murakkab yumushga 
aylanadi. Odatda, biz hayotda uchratadigan egizaklar ikkitalik yoki, uchtalik, kamdan-kam 
hollarda esa to‘rttalik egizaklar bo‘lishadi. Endi tasavvur qiling, egizaklar ikki yoki uchtalik 


178 
emas, to‘rttalik ham emas, balki, naq 15-nafar bo‘lsa-chi?! Siz ularni o‘zaro farqlay olmay 
xunobingiz oshgan bo‘lardi.
Kimyogarlar ham xuddi siz va bizdek odamlar . Shuning uchun, bunday o‘ta chigal 
holat avvalboshda ularni ham juda-juda xunob qilgan. Ularning bu boradagi chekkan 
zahmatlari, o‘sha 15-ta egizak elementlarga berilgan ba’zi nomlarda ham o‘z aksini topgan. 
Chunonchi, Mosander 1839 yilda kashf qilgan 57-raqamli elementni «lantan» deb nomlagan. 
U lantanni alohida element sifatida ajratib olguncha jismonan ancha horigan ko‘rinadi. Shunga 
binoan u mazkur elementga «erib ketmoq» degan ma’noda nom bergan. Yana bir siyrak 
metallni kashf qilgan Lekok de Buabodran (1838-1912) undan ham battar mashaqqat chekkan 
shekilli, arang kashf etgan elementiga disproziy, ya'ni, «mushkul», «qiyin» deb nom bergan.
Lantan – siyrak yer elementlari ichida eng birinchi va shunga ko‘ra, eng kichik atom 
raqamiga ega elementdir. Shu sababli, siyrak yer elementlari ko‘pincha lantanoidlar deb ham 
yuritiladi. Siyrak yer elementlari ichida eng keng tarqalgani ham lantandir. Tashqi ko‘rinishiga 
ko‘ra lantan ko‘proq temirga o‘xshab ketadi.
59- va 60-raqamli siyrak yer elementlarini 1858 yilda, Avstriyalik olim Karl Auer fon 
Velsbax (1858-1929) ochgan. 59-raqamli elementni u «yashil egizak» deb nomlagan. Chunki, 
bu elementning birikmalari odatda yashil rangda bo‘lar edi. «Yashil egizak»ning lotincha nomi 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling