Koinotning qurilish ashyolari


XXII-BOB: BOR –SAHRO ELEMENTI


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XXII-BOB: BOR –SAHRO ELEMENTI 
Mendeleyev 
kimyoviy 
elementlar 
davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan 
ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, 
talliy elementlari o‘rin egallagan. Bu 
elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan 
barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, 
ularning 
alyuminiydan 
farqi 
faqat 
kambyobligida emas.
Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning 
tepasida 
5-raqam 
bilan 
bor 
elementi 
joylashgan. Bu elementning ustun bo‘yicha 
qo‘shnilarida, xususan alyuminiydan keskin 
farqlab turuvchi jihati shuki, bor – metall 
emasdir. U metallmaslar safidagi eng muhimlaridan biri bo‘lib, keyingi suhbatimiz ushbu 
element haqida bo‘ladi.
Atom o‘lchamining juda kichikligiga ko‘ra, bor alyuminiydan ko‘ra ko‘proq uglerodga 
yoki, kremniyga o‘xshab ketadi. Xususan, sof holdagi bor elementi tashqi ko‘rinishidan xuddi 
uglerodga (ko‘mirga) o‘xshaydi. Qattiq va qop-qora jism bo‘lgan borning erish harorati 2300 
°C ni tashkil qiladi. Kremniy singari, bor ham uglerod bilan turli birikmalar hosil qiladi. 
Borning uglerod bilan birikmalari qattiqligiga ko‘ra kremniy karbidiga juda yaqin bo‘ladi. Bor 
karbidi (B
4
C) deb ataluvchi ushbu moddani uzoq yillar davomida ko‘pchilik tabiatdagi eng 
qattiq modda bo‘lsa kerak deb o‘ylashgan. Uni hatto olmosdan ham qattiq deb hisoblashardi. 
Albatta bu xato fikr edi. Biroq, 1956-yilda kimyogarlar bor nitridini (BN) olishga muvaffaq 
bo‘lishdi va uning qattiqligi haqiqatan ham olmos bilan raqobatlasha oladigan bo‘lib chiqdi. 
Bor nitridida ham atomlar xuddi olmosdagi uglerod va azot atomlarining joylashuvi kabi 
tartibda joylashgan bo‘ladi. Bor nitridining qattiqligi olmos bilan deyarli bir xil, lekin uning 
olmosdan ustunroq qilib qo‘yadigan yana bir xususiyati bor: BN va olmos bir xil qizdirilganda, 
olmos birinchi bo‘lib erib ketadi. Ya'ni, bor nitridning erish va alangalanish harorati 
olmosnikidan ancha baland bo‘ladi. Borni 1 ga 10000 nisbatda po‘latga aralashtirish orqali 
metallurglar po‘latning chidamliligini orttiradilar. 
Bor va fosfor elementlarining bittadan atomlari o‘zaro birikib, bor fosfidi (BP) hosil 
qiladi. Bor fosfidi mikroelektronika sohasi uchun benazir birikma sanaladi. Chunki, BP dan 
tayyorlangan tranzistorlar kremniy, yoki, germaniydan tayyorlangan oddiy tranzistorlarga 
qaraganda yuqori haroratga chidamlilik darajasi nihoyatda yaxshi bo‘lib, undan tez qiziydigan 
turli elektron vositalarni tayyorlashda keng foydalaniladi.
Borning uglerod bilan o‘xshashligi shuningdek, uning vodorod bilan turli murakkab 
birikmalar turkumini hosil qilishida ham namoyon bo‘ladi. Bor gidridlari deb nomlanuvchi 
bunday birikmalar hozirda benzinning oktan sonini orttirishda qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. 


171 
Bundan tashqari, bor gidridlari raketalarning yoqilg‘isi tarkibiga aralashtiriladigan muhim 
modda sanaladi. Shunday xossalariga ko‘ra, bor o‘z guruhiga mansub elementlarga unchalik 
o‘xshamaydigan (aytish mumkinki, o‘z oilasida otning qashqasi) g‘alatiroq elementdir.
Ikkita bor atomi va uchta kislorod atomidan tashkil topuvchi bor oksidi (B
2
O
3
) nimasi 
bilandir kremniy dioksidiga o‘xshab ketadi. Bor oksidi va kremniy dioksidining qotishmasidan 
borosilikatli shisha tayyorlash uchun foydalaniladi. Bunday shish tashqi harorat ta’siriga 
bardoshliligi bilan oddiy shisha va oyna mahsulotlaridan afzal bo‘lib, haroratning keskin 
o‘zgarishlari borosilikat shisha uchun cho‘t emasdir. Shu xossasiga ko‘ra, bunday shisha ko‘p 
o‘rinlarda kvarts o‘rnida qo‘llanilishi mumkin. Boz ustiga, borosilikat shishaga mexanik ishlov 
berish kvartsga ishlov berishdan ko‘ra osonroq kechadi. Eng asosiysi esa, borosilikat 
shishaning tayyorlanish tannarxi kvartsdan ko‘ra ancha arzon bo‘ladi. Bunday shisha savdoda 
pireks deb nomlanadi. Hozirgi kunda deyarli har bir xonadonda pireks idishlarni uchratish 
mumkin. Agar tushunmayotgan bo‘lsangiz, qaynoq choy quyganda ham darz ketmaydigan 
shaffof shisha choynak yoki stakanlarni eslashingiz kifoya. Pireksdan tayyorlangan idishni 
hatto elektr yoki gaz plitasiga qo‘yib ovqat tayyorlash ham mumkin. Yoki, muzlatgich ichida 
borosilikat idishda saqlangan biror taomni shundoq olib, darhol olovga qo‘yib isitsa ham 
bo‘laveradi.
Borosilikat shishalar shuningdek kimyo laboratoriyalarida ham keng ishlatiladi. Kimyo 
laboratoriyalarida uchratish mumkin bo‘lgan turli kolbalar, probirkalar va boshqa turdagi 
shaffof idishlarning aksariyati aynan pireksdan tayyorlanadi. Shuningdek, bunday shisha 
teleskoplar uchun ko‘zgular yasash uchun ham yaxshi xom-ashyo sanaladi. Masalan, 
AQSHning Palomar tog‘ cho‘qqisida o‘rnatilgan diametri 5.08 metr (200 dyum) teleskopning 
ko‘zgusi aynan pireksdan yasalgan.
Borosilikatning ingichka tolalaridan esa shisha tola tayyorlanadi. Fiberglas deb 
nomlanuvchi bunday shisha toladan esa o‘tga chidamli matolar tayyorlanadi.
Borning eng mashhur birikmasi bu – bura bo‘lsa kerak. Uning kimyoviy nomlanishi 
natriy tetraborat
1
bo‘lib, formulasi Na
2
B
4
O
7
tarzida yoziladi. Formulasidan ko‘rinib turibdiki, 
uning molekulasi ikki atom natriy, to‘rt atom bor va yetti atom kisloroddan iborat. Mazkur 
modda insoniyatga juda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Uning xalqaro ommalashgan nomi 
«bura» arab, yoki, fors tilidan kelib chiqqan bo‘lib, u yaqin sharq hududida ko‘p uchraydigan 
mineralning nomi bo‘lgan. 1808-yilda farang kimyogarlari Gey-Lyussak va Jak Ternar tarixda 
ilk bora sof borni ajratib olishganida, o‘zlari sintez qilgan ushbu elementga o‘sha – arabcha-
forscha atama nomini biriktirib qo‘yishgan. Shu tariqa, bor ham sirkoniy singari, arab-fors 
tilidan ildiz olgan atama sanaladi. Bor elementining sof holdagi kristallarini ilk bora 1910-yilda 
olishga erishilgan.
Bura suvni yumshatish uchun qo‘llaniladi. Xuddi kaliy karbonati singari, bura ham 
kalsiy, magniy, yoki temir birikmalari bilan birikma hosil qiladi. Agar suv tarkibida shunday 
birikmalar mavjud bo‘lsa, bunday suvni bura bilan qayta ishlansa, uning tarkibidagi mazkur 
1
O‘zbekchada bu moddani «tanakor» deb yuritiladi.


172 
birikmalar erimaydigan cho‘kma holida ajralib qoladi. Bundan tashqari, bura chinni va sopol 
idishlarning sirtini sirlash uchun qo‘llaniladi. Payvandlash va kavsharlash ishlarida ham 
mazkur mineraldan keng foydalaniladi.
Bor elementining manbai – bir zamonlar dengiz va ko‘llar tubi bo‘lgan va hozirda 
qaqragan cho‘lga aylangan sahrolardir. Jahon eng yirik bor konlari Shimoliy Amerikaning 
g‘arbida joylashgan qurigan ko‘llardan qolgan tekisliklarda yastanib yotibdi. XX asr boshlarida 
bor ajratib olinadigan eng yirik joy Kaliforniyadagi O‘lim Vodiysi sanalardi. Hozirda 
jahonning ko‘plab boshqa joylarida ham Kaliforniyadagidan ham boy bor konlari aniqlangan. 
Chunonchi, Rossiya Uzoq Sharqida, aniqrog‘i, Primore o‘lkasidagi Dalnegorsk hududida 
butun jahon bor zahirasining 3% jamlanganligi ma’lum.
Borning yana bir mashhur birikmasi bu – B(OH
3
), ya'ni, bor kislotasidir. Uning 
molekulasida uchta vodorod, uchta kislorod va bitta bor atomi mavjud bo‘ladi. Bor kislotasi
shu darajada kuchsiz kislotaki, uni kislota deb atash ham erish tuyuladi. Bor kislotasi yengil 
antiseptik sifatida, suv bilan aralashma tarzida tibbiyotda ko‘z jarohatlarini yuvish uchun 
qo‘llaniladi. Inson tanasining eng nozik a’zosi bo‘lmish ko‘zning ham to‘qimalari ushbu 
kislotaga bemalol bardosh berar ekan, shundan ham bu kislotaning qanchalik kuchsizligini 
tasavvur qilish mumkin.
Bor ko‘plab o‘simliklar tanasi uchun eng zaruriy mikroelementlar turkumiga kiradi. 
Lekin hayvonlar tanasi uchun bu elementning ahamiyati hali unchalik yaxshi o‘rganilmagan.
Davriy jadvalga nazar solsak, shundoqqina alyuminiyning tagida yana bir ajoyib 
elementni ko‘ramiz. Mavjudligi kashf qilinishidan avval D.I. Mendeleyev tomonidan bashorat 
qilingan ushbu kimyoviy element 31-raqamli galliydir. Mendeleyev bu elementning tabiatda 
mavjudligini shunchaki bashorat qilibgina qolmay, balki uning xossalari va jadvaldagi 
joylashuv o‘rnini ham aytib bera olgan. Olimning o‘zi o‘sha nazariy elementni «ekaalyuminiy» 
deb nomlagan. 31-raqamli elementni amalda ilk bora olgan kimyogar esa, Fransiyalik Lekok 
de Buabodran bo‘lgan. 1875 yilda u Mendeleyev avvaldan bashorat qilgan mazkur elementni 
ochishga muvaffaq bo‘ladi va unga o‘z vatani sharafiga galliy deb nom beradi (Galliya – 
Fransiyaning qadimgi Rim solnomalaridagi nomidir). Biroq, bu borada kimyogarlar orasida 
biroz g‘alati va qiziq tortishuv ham bo‘lgan: olimning ismi Lekok edi; «lekok» farang tilida 
«xo‘roz» degani bo‘lib, lotin tilida esa xo‘roz «gallos» bo‘ladi. Shunga ko‘ra ayrim 


173 
mutaxassislar, Buabodran o‘zi kashf qilgan elementga o‘z ismini bermoqchi bo‘lgan deb ham 
hisoblaydilar.
Galliyning erish harorati ancha past: u 30 °C dayoq erib ketadi. Ya'ni ochiq holdagi 
galliyni yoz kunlaridagi atmosfera harorati, yoki, inson tanasining issiqligi ham eritib yubora 
oladi. Odam tanasining me’yoriy harorati 36 °C bo‘lgani uchun, agar qo‘lingizda galliyni 
ushlab tursangiz u bir pasda erib ketadi. Biroq, shunisi qiziqki, shunday past haroratda erib 
suyuqlanadigan galliyning qaynatish uchun nihoyatda baland harorat kerak bo‘ladi: galliy 1600 
°C da qaynaydi. Uning ushbu xususiyatidan o‘lchov texnikasida foydalanish mumkin. Chunki, 
yuqori haroratlarni o‘lchash uchun simobli termometrlar yaramaydigan o‘rinlarda galliyli 
termometrlardan foydalanilsa, kutilgan natijalarni beradi. Eslatib o‘tamiz, simobning qaynash 
harorati 350 °C ni tashkil qiladi va shu sababli, simobli termometrlarda bundan baland 
haroratlarni o‘lchashning imkoni yo‘q.
Davriy jadvalda galliyning ostida 49-raqamli element indiy, hamda, 81-raqamli 
element, talliy joylashgan. Ushbu elementlarning ikkalasi ham spektroskopiya usuli bilan kashf 
qilingan. 1863 yilda olmon kimyogarlari Teodor Rixter va Ferdinand Rayx birgalikda 
o‘tkazgan spektral tahlil vaqtida, ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan yangi spektral chiziqlarni 
kuzatishgan. Ushbu spektral chiziqlardan biri indigo (to‘q yorqin siyohrang) rangida bo‘lgani 
uchun, olimlar uni «indiy» deb nomlashga qaror qilishgan. Indiydan kumushdan tayyorlangan 
detallarning sirtiga himoya qatlami hosil qilish uchun foydalaniladi. Indiy eng yumshoq 
metallardan biridir. Uni oddiy oshpichoq bilan ham kesib maydalasa bo‘ladi.
Indiy kashf etilishidan ikki yil avvalroq, ya'ni, 1861 yilda ingliz kimyogari Uilyam 
Kruks ham spektral chiziqlar tarkibida yangi xil chiziqni payqab qolgan edi. Kruks bu 
chiziqning rangiga nisbat bergan holda, uni «talliy» deb atagan. Talliy – qadimgi yunon tilida 
«yashil navnihol» ma’nosini bildiradi.
Talliy – ancha g‘alati xossalarga ega bo‘lgan qiziqarli elementdir. U bir vaqtning o‘zida 
davriy jadvaldagi boshqa ko‘plab elementlarga o‘xshab ketadi. Xuddiki tabiat, hamma 
kimyoviy elementlardan oz-ozdan olib, talliyga bergandek. Bunday jihati tufayli, kimyogarlar 
talliyni «o‘rdakburun» deb ham ataydilar. (Bilamizki, o‘rdakburun – Avstraliyada yashovchi 
g‘alati jonivor bo‘lib, u tashqi tomonidan, sut emizuvchilar singari teri qatlamiga ega; lekin 
zurriyotini tug‘ib emas, balki tuxumdan ochirib dunyoga keltiradi. U yarim hayvon, yarim qush 
deyish mumkin. O‘rdakburunning nomiga monand o‘rdaknikiga o‘xshash tumshug‘i va pardali 
panjalari bor. Lekin, dumidagi patlari esa xo‘rozniki singari o‘roq-o‘roq bo‘ladi). Albatta, talliy 
unchalik murakkab element emas, lekin, uning xossalaridagi chalkashliklar kimyogar 
mutaxassislar uchun boshog‘riq bo‘lishga yetarli darajadadir. Bu metall yumshoq, lekin o‘gir 
element bo‘lib, bu jihatdan qo‘rg‘oshinga o‘xshab ketadi. Uning ancha past haroratda erishi va 
birikmalarining zaharliligi ham qo‘rg‘oshinga o‘xshash yana bir jihatidir. Masalan, ikki atom 
talliy, bir atom oltingugurt va to‘rt atom kisloroddan iborat bo‘lmish talliy sulfat (Ti
2
SO
4

qumursqa va chumolilarni yo‘q qilish uchun ishlatiladi. Ushbu zahar bilan zaharlanishda 
odamda paydo bo‘ladigan ilk belgilardan bir bu – soch va yunglarning to‘kila boshlashi bo‘ladi. 
Yuqorida talliyning qo‘rg‘oshinga o‘xshash jihatlarini sanab o‘tgan edik. Uning birikmalari 
esa, qo‘rg‘oshin birikmalariga emas, balki, ko‘proq marganets va alyuminiy birikmalariga 


174 
o‘xshaydigan bo‘ladi. Xususan, talliy oksidi aynan shunday birikmadir. Shuningdek talliy 
birikmalari ichida, natriy va kaliy elementlarining birikmalariga o‘xshash birikmalar ham ko‘p 
uchraydi. Davriy jadvalga razm solsangiz, natriy va kaliy qayoqda-yu, talliy qayoqda 
ekanligini ko‘rishingiz mumkin. Bunday uzoq joylashgan elementlarning birikmalari 
qanaqasiga bunchalik o‘xshash bo‘lishi haqidagi savol esa, kimyogarlar o‘rganishi kerak 
bo‘lgan qiziqarli ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
Agar bir qism talliyni 11 qism simob bilan aralashtirilsa, bundan muzlash harorati juda 
past bo‘lgan ajoyib aralashma hosil bo‘ladi. Talliy-simob aralashmasini hatto −60 °C lik 
qahraton sovuqlar ham muzlatolmaydi. Agar adashmayotgan bo‘lsam, bunday past harorat, 
metallar va qotishmalar uchun qayd qilingan eng past muzlash harorati bo‘ladi.


175 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling