Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
prazeodim bo‘lib, kimyogarlar uni shu nom bilan taniydilar. 60-raqamli elementning nomi esa
o‘zbekchada «yangi egizak» degan ma’noni anglatadi. Uni davriy jadvalda siz neodim nomi bilan uchratasiz. Aynan shu nomlardan ham ko‘rinib turibdiki, siyrak yer elementlarining o‘zaro juda o‘xshashligi, kimyogarlar uchun chinakam bosh og‘rig‘i bo‘lgan. Shu sababli ham Velsbax har ikkala kashfiyoti nomi uchun «egizak» so‘zini qistirib o‘tgan. Lantanoidlar qatorida yana bir element – samariyning nomini ham ayrimlar Rossiyaning Samara shahri bilan bog‘liq deb o‘ylaydilar. Bu qisman to‘g‘ri, qisman xato tushunchadir. To‘g‘riligi shundaki, element nomi haqiqatan ham Rossiya bilan bog‘liq. Lekin, u Samara shahri sharafiga emas, balki, samarskit minerali nomidan kelib chiqib nomlangan. Samarskit minerali esa, o‘z navbatida, rus tog‘-kon ishlari muhandisi, polkovnik Vasiliy Samarskiy (1803-1870) familiyasi bilan atalgan. Samariy – eng qattiq siyrak yer elementi bo‘lib, u qattiqligi bo‘yicha hatto po‘latning ayrim turlarini ham ortda qoldiradi. Siyrak yer elementlarining ayrimlarini kimyogarlar to XX-asr boshlarigacha ham aniqlay olishmagan. Uzoq tanaffusdan keyin, 1901-yilda farang kimyogari Ejen Demarse (1852-1903) tomonidan navbatdagi siyrak yer elementi kashf qilindi. Bu – jadvalda 63-raqam bilan o‘rin olishi lozim bo‘lgan element bo‘lib, uni olim Yevropa qit’asi sharafiga yevropiy deb nomlagan. 1907 yilda esa, yana bir farang olimi Jorj Urben (1872-1938) 71-raqamli elementni ochdi. Ushbu elementni esa, kashfiyotchi o‘z ona shahri – Parij sharafiga lyutetsiy deb nomlagan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Lyutetsiy bu – Parijning qadimgi nomidir. Siyrak yer elementlari ichida eng keng tarqalgani bu – 58-raqamli element bo‘lib, bu guruhga mansub elementlar orasida aynan u eng birinchi bo‘lib kashf qilingan. Gap seriy elementi haqida bormoqda. Mazkur elementni avvaliga Martin Genrix Klaport (1743-1817) Germaniyada kashf qilgan bo‘lsa, Shvetsiyada kimyogarlar Yens Yakob Berselius (1779-1848) 179 bilan Vilgelm Xeyzinger (1766-1852) tomonidan sof holda ajratib olingan. Har ikkala kashfiyot deyarli bir vaqtda, 1803 yilda amalga oshirilgan. Astronomiyadan xabardor kishilar yaxshi bilishadiki, 1801-yilda Italiyalik rohib-munajjim Juzeppe Piatssi Serera mitti sayyorasini kashf qilgan edi. Seriyning nomi aynan ushbu sayyora sharafiga qo‘yilgan. Boshqa siyrak yer elementlarida uchramaydigan ayrim xossalari tufayli, turdoshlariga qaraganda seriyni ajratib olish ancha osonroqdir. Seriy tabiatda nisbatan keng tarqalgan bo‘lib, uni ajratib olish ham unchalik katta mashaqqat talab qilmaydi. Elektr chiroqlari yordamida yoritish hali ommalashmagan zamonlarda odamlar uy va ko‘chalarni yoritish uchun kerosin yoki gazli lampalardan foydalanishar edi. Bunday chiroqlardan taralgan nur sariq rangda bo‘lib, xira va lipillaydigan bo‘lgan. Yoritish sifatini yaxshilash uchun yonayotgan olov atrofiga ko‘pgina teshiklari mavjud bo‘lgan perfosilindr o‘rnatishgan. Bunday silindrni gazoikal panjara deb nomlashgan. Bunday panjaraning ajoyib xossasi bo‘lib, u ichida yonayotgan olovning issiqligi ta’sirida qizib, oq rangda barqaror nur sochib turgan. Eng qizig‘i esa, silindrning nur taratishi, ichkarida yonayotgan olovning nuridan ko‘ra sifatliroq bo‘lgan. Buning sababi, o‘sha panjaraning tarkibida mavjud bo‘lgan seriy oksidi (Ce 2 O 3 ) tufayli bo‘lgan. Seriy xuddi magniy singari yorqin oq rangi olov bilan yonadi. Bu ham juda foydali jihatdir. Seriy va temirning 3/7 nisbatda o‘zaro qotishmasini nemislar «mishmetal» deb yuritishida. Metallurgiyaga oid xalqaro atamalarda esa, bu qotishmani ferroseriy tarzida uchratish mumkin. Nemislar aytmoqchi bo‘lgan jumlaning ma’nosi «aralashma metall» degani bo‘lib, uning tarkibida seriy va temirdan boshqa yana ba’zi siyrak yer metallari ham kam miqdorda mavjud bo‘ladi. Ushbu qotishmani tez o‘t oldirish zarur bo‘ladigan qurilmalarda, masalan, oddiy maishiy o‘t oldirgichlarda (zajigalka) qo‘llash mumkin. Tamaki chekuvchilarning hamyoni to‘ridan shohona joy olgan o‘t oldirgichlarning g‘ildirakchasi aynan shunday qotishmadan yasaladi. Uni bosh barmoq kuchi bilan aylantirishning o‘zi uchqun chiqishi uchun kifoya qiladi. Uchqun esa benzin bug‘larini alangalatib yuboradi va kashanda tamakisini tutatib oladi . Siyrak yer elementlarning deyarli hammasi davriy jadvalda ittriydan keyin joylashadi. Lekin ular ichida faqat bittasi, aniqrog‘i, skandiy elementi ittriydan avval, ya'ni, 21-raqam bilan keladi. Skandiyni 1879-yilda shved kimyogari Lars Frederik Nilson (1840-1899) tomonidan ajratib olingan. Biroq, uning mavjudligini 1869-yildayoq D.I. Mendeleyev aytib o‘tgan edi. Nomdan ham ma’lumki, elementni Skandinaviya yarimoroli sharafiga nomlashgan. Ushbu maqolada tilga olib o‘tilgan «Skandinaviya» elementlarining barchasi hozirgi zamonda katta amaliy ahamiyatga egadir. Ular asosan o‘ta yuqori aniqlikda ishlaydigan mikro- va nano-elektronika vositalari uchun eng muhim detallarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Skandinaviya elementlari, ilmiy tilda aytadigan bo‘lsak, siyrak yer elementlarisiz hozirgi zamonning eng ilg‘or devayslari – ayfon ham, planshetu, superkompyuterlar ham bo‘lmas edi. Shuningdek, ushbu elementlarning ayrimlari shishasozlikda, mahsulotning shaffofligini orttirish uchun qo‘llaniladi. Shisha va oynalarning infraqizil va ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadigan yoki, filtrlaydigan maxsus navlarini ham aynan siyrak yer metallari qo‘shib tayyorlanadi. Yana ayrim siyrak yer elementlari kimyo sanoati katalizator sifatida o‘z 180 ahamiyatiga ega. Shuningdek, lazer texnologiyalari va optoelektronikada ham ushbu guruh elementlarining o‘rni katta. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling