Koinotning qurilish ashyolari


XXV-BOB: TORIY VA BOSHQA RADIOAKTIV ELEMENTLAR


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XXV-BOB: TORIY VA BOSHQA RADIOAKTIV ELEMENTLAR
Mendeleyev 
kimyoviy 
elementlar 
davriy jadvaldagi 90-raqamli element Toriy 
ham kimyoviy va fizik xossalari jihatdan 
uranga nihoyatda o‘xshashdir. Uni 1828-yilda 
Iogann Berselius Norvegiya mamlakatidan 
keltirilgan torit minerali tarkibidan topgan. 
Ushbu 
mineralning 
nomlanishi 
qadimgi 
Skandinaviya xalqlarining ma’budlaridan biri – 
Tora sharafiga shunday atalgan. Ushbu mineral 
aslida toriy silikati bo‘lib, bir atom toriy, bir 
atom kremniy va to‘rt atom kisloroddan tarkib 
topgan bo‘ladi. AQSH hududida monazit deb 
nomlangan mineral ham uchraydi. U tarkiban 
toriy dioksidi hisoblanadi.
Hali uy va ko‘chalarini elektr lampochkalari vositasida yoritish yo‘lga qo‘yilmagan 
paytlarda aynan toriy dioksididan tayyorlangan gaz lampalari keng ommalashgan edi. Bunday 
lampalarda tarkibi 99% toriy dioksiddan iborat bo‘lib, unga shuningdek 1% seriy oksidi ham 
qo‘shiladi. Chunki toriy dioksidining o‘zi qizdirilganda nisbatan xira yorug‘lik chiqaradi. Seriy 
oksidi qo‘shilishi bilan uning yorug‘lik taratish ravshanligi bir necha barobar ortadi. Hozirga 
paytda bunday yoritish lampalari dunyoning hatto eng qoloq mamlakatlarida ham qolmagan 
bo‘lsa kerak.
Toriy oksidi – o‘tga chidamli material sanaladi. Uni elektr lampochkalarining spirali 
bo‘lmish volfram prujinalariga oz miqdorda qo‘shish orqali, ushbu ingichka metall detalning 
xizmat ko‘rsatish muddatini bir necha barobar uzaytiradi. Aks holda bunday lampochkalar 
uzoq yonib turganda qizib ketish tufayli tez uzilib ketadigan bo‘lib qoladi. 
Toriy ham uran singari radioaktiv element bo‘lib, xuddi uran singari nurlanishlar 
taratadi. Lekin toriyning parchalanish jarayoni urannikidan sekinroq kechadi. Olimlarning 
hisob-kitoblariga ko‘ra, koinotda Yer sayyorasi shakllanganidan buyon, unda mavjud toriyning 
atiga beshdan bir qismi parchalangan xolos.
Uran yoki toriy atomlari parchalanganda, ular umuman boshqa elementlarga aylanadi. 
O‘z navbatida ulardan hosil bo‘lgan yangi elementlar ham radioaktiv bo‘lib, ular ham 
parchalanib, yanada soddaroq boshqa element atomiga aylanadi. Bunday parchalanish va 
o‘zgarishlardan bir nechasi amalga oshgandan so‘ng esa, endilikda boshqa parchalanmaydigan 
va radioaktiv bo‘lmagan barqaror element atomi hosil bo‘ladi. Shunisi aniqki, qaysi bir 
radioaktiv element bo‘lmasin, uning parchalanishining barcha-barcha bosqichlaridan so‘ng 
oxirida albatta qo‘rg‘oshin elementi hosil bo‘ladi.


185 
Atom raqami 92 va 90 bo‘lgan Uran va toriy elementlarining 82-
element - qo‘rg‘oshingacha parchalanishi yo‘lida hosil bo‘luvchi 
elementlar qatori, davriy jadvaldagi 84, 85, 86, 87, 88, 89 va 91 – raqamli 
elementlarning barchasini o‘z ichiga oladi. Bular: Poloniy, astat, radon, 
fransiy, radiy, aktiniy va protaktiniy elementlari bo‘lib, ularning 
hammasi radioaktiv elementlardir. Ushbu radioaktiv elementlar ham vaqt 
o‘tishi bilan parchalanib boradi. Faqat ularning parchalanish muddatlari, 
ya'ni, yarim yemirilish davri uran va toriy elementlariga nisbatan ancha 
tezroq, boshqacha aytganda qisqaroq bo‘ladi. Agar 84-elementdan 
boshlab 91-elementgacha bo‘lgan radioaktiv elementlar katta 
miqdorlarda va sof holda mavjud bo‘lganida, o‘tgan million yillar 
mobaynida ular butunlay parchalanib ketib bo‘lgan bo‘lur edi. Ulardan 
ayrimlari bir necha kun ichida parchalanib, qo‘rg‘oshinga aylanib 
bo‘lgan bo‘lardi. Xo‘sh, nimaga bunday bo‘lmayapti? – degan savol 
sizga ham yarq etib kelgan bo‘lsa kerak? Gap shundaki, ushbu 
elementlarning o‘z holicha, sof holatda mavjud bo‘lgan miqdorlari (agar 
qachonlardir bo‘lgan bo‘lsa) haqiqatan ham parchalanib, qo‘rg‘oshinga 
aylanib ketib bo‘lgan. hozirda mavjud Poloniy, radiy, fransiy, aktiniy, 
protaktiniy radon, astat elementlari atomlari esa, aynan toriy va radiyning 
parchalanishidan hosil bo‘lgan va hosil bo‘lib kelmoqda.
O‘zida uran yoki toriy tutadigan har qanday minerallarning 
tarkibida ushbu 84-91 radioaktiv qatorga mansub elementlarning 
barchasi muayyan miqdorlarda albatta uchraydi. Shu sababli ham 
nasturan minerali, undagi barcha uranni chiqarib olgandan so‘ng ham 
radioaktiv bo‘lib qolaveradi. Er-xotin olimlar oilasi Mariya Kyuri va 
Pyer Kyurilar aynan tarkibidagi hamma uran ajratib olib bo‘lingan 
nasturan bilan ish olib borishgan. Ular ushbu mineralda qolgan boshqa 
radioaktiv elementlarni ajratib olishga urinishgan. Bu qanchalik 
murakkab va mushkul ish ekanligini tasavvur qilish uchun ushbu faktga 
e’tibor qaratishimiz mumkin: nasturan tarkibidagi urandan keyingi o‘sha 
qoldiq radioaktiv elementlarning umumiy ulushi, mineralning massasiga 
nisbatan 3 trilliondan bir qismni tashkil etadi. Ya'ni, bir tonna nasturan 
mineralida atiga 0,003 gramm boshqa radioaktiv elementlar mavjud 
bo‘ladi. Xayriyatki, olimlar oilasi ixtiyorida yetarlicha nasturan rudasi 
bo‘lgan. Ular ilmiy tadqiqot olib borgan yillarda hozirgi Chexiya davlati 
hududlari Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lib, imperiya 
hukumati olimlarga ushbu rudani mutlaqo bepul taqdim etgan (sababi 
imperiya hukumatidagi amaldorlar bu rudani keraksiz chiqindi deb 
hisoblashgan). Pyer va Mariya Kyurilar faqat rudani laboratoriyagacha 
tashib keltirilishi uchun mablag‘ sarflashgan.


186 
Uzoq izlanishlarda so‘ng er-xotin Kyurilar o‘z maqsadlariga erishdilar. Dastavval, 
1898-yilda ular tomonidan yangi, atom raqami 84 bo‘lgan radioaktiv element – poloniy kashf 
etildi. Bu elementni ular Mariya Kyurining vatani – Polsha sharafiga shunday nomlashgan. 
O‘sha yilning o‘zida Kyurilar laboratoriyasida shuningdek yana bir yangi radioaktiv element – 
radiy ham kashf etildi. Albatta, ular aniqlagan ilk radiy elementi sof holda bo‘lmay, balki, 
birikma tarkibida bo‘lgan. Alohida holdagi metall radiyni ular faqat 1910 yilga kelibgina ajratib 
olishga muvaffaq bo‘lishdi. Radiyning nomi qadimgi lotin tilida «nur» ma’nosini beradi. 
Poloniy ham radiy ham uran va toriyga nisbatan yanada kuchliroq radioaktivlik xossalarini 
namoyon qiladi. Deyarli o‘sha paytlardayoq radiyning nurlanish quvvatidan odam 
organizmidagi xavfli o‘smalarni yo‘qotish uchun foydalana boshlangan. Biroq, radiy bilan 
ishlashda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish lozim bo‘lgan. Chunki, me’yorga amal qilinmasa, 
radiyning o‘zi ham tanada turli xavfli kasalliklar, xususan saraton paydo qilishi mumkin. 
Hozirda olimlar tomonidan radioaktivlik orqali saratonni davolash borasida yanada 
takomillashgan va nisbatan xavfsiz usullar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
Beqaror elementlar bo‘lishiga qaramay, uran, toriy va boshqa radioaktiv elementlarning 
barchasi kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi barqaror elementlar singari, o‘z munosib 
joylarini topishdi. Radiy – ishqoriy yer metali hisoblanadi. Uning jadvaldagi joylashuviga 
nazar solsak, shundoqqina bariyning ostida turganini ko‘ramiz. Kimyoviy xossalariga ko‘ra 
ham radiy ko‘p jihatdan bariyga juda o‘xshab ketadi.
Shu singari, Poloniy ham tellurning tagida joylashgan bo‘lib, xossalariga ko‘ra tellurga 
judayam o‘xshaydi.
Radiy atomi parchalanganida undan davriy jadvaldagi 86-raqamli element - radon 
atomi paydo bo‘ladi. Radon esa gaz bo‘lib, gaz bo‘lganda ham radioaktiv gazdir! Davriy 
jadvalda radon inert gazlar turkumida qayd etilgan bo‘lib, shundoqqina ksenonning tagida 
joylashgan. Radon ham aksariyat inert gazlarda mavjud bo‘lgan kimyoviy xossalarni o‘zida 
namoyon qiladi.
Radonni 1900-yilda kimyogar olim Fridrix Ernest Dorn kashf qilgan. Avvaliga olim 
ushbu elementni radiy emanatsiyasi deb nomlagan edi. Chunki bu element Dorn 
laboratoriyasida radon nurlanishidan keltirib chiqarilgan (emanatsiyalangan). 1908 yilda 
olimlar U. Ramzay va R. Uaytlou-Grey hamkorlikda radon gazini alohida holda ajratib olishga 
muvaffaq bo‘lishdi va unga nitron deb qayta nom berishdi. Nitron – qadimgi yunon tilida 
«yog‘du» ma’nosini beradi. Lekin elementning ushbu jarangdor yangi nomi ham kimyogarlar 
orasida ommalashib ulgurmadi. 1923-yilda radioaktiv gaz uchun rasman radon nomi 
tasdiqlangan. U mazkur gazning kelib chiqish manbasi radiy ekanligiga oshkora ishora sifatida 
tanlangan.
1899-yilda kimyogar olim Debern davriy jadvalning 89-katakchasidan o‘rin olishi 
zarur bo‘lgan element – aktiniyni kashf qildi. Keyinchalik, 1917-yilda avvaliga Germaniyada 
olmon olimlari Liza Meytner va Otto Gan, keyinroq, ulardan mustaqil ravishda Angliyada 
Frederik Soddi va Jon Krenstonlar tomonidan 91-raqamli element kashf qilindi. Ushbu 91-
raqamli elementning mavjudligini 1869-yildayoq D.I. Mendeleyev aniq bashorat qilib bergan 


187 
bo‘lib, uning radioaktiv parchalanishi natijasida 89-raqamli element – aktiniy hosil bo‘ladi. 
Shu sababli ham Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi (IUPAC) 91-raqamli radioaktiv 
elementni «protaktiniy», ya'ni, «aktiniydan avval keluvchi», boshqacha aytganda «aktiniy 
debochasi» deb nomlashga qaror qilgan.
Aktiniy va toriy elementlarining ham parchalanishida muayyan gazlar hosil bo‘ladi. Bu 
elementlarning parchalanishidan hosil bo‘luvchi gazlar mos ravishda aktinon va toron deb 
nomlanadi. Avvaliga bu gazlarni ham yangi radioaktiv elementlardan iborat deb o‘ylashgan. 
Hatto eng oliy ilmiy doiralarda ham, ushbu gazlarga nom berish va davriy jadvalga kiritish 
borasida muhokamalar bo‘lib o‘tgan. Takliflardan biriga ko‘ra, ularga emanon deb nom berish 
masalasi ko‘rib chiqilgan (emanatsiya so‘zidan). Biroq, ma’lum bo‘lishicha, ular shunchaki 
radiyning shakl o‘zgarishlaridan iborat ekan xolos.
Keling endi jadvaldagi 85 va 87-raqamli elementlarga nazar 
tashlaymiz. Bu elementlar shunchalik beqarorki, ularning bag‘oyat tez 
parchalanishi sababli, qisqa muddatda bu elementlardan nom-nishon 
qolmaydi. Shu sababli ham bu elementlar uzoq yillar mobaynida olimlar 
nazaridan panada qolib ketishgan.
1925-yilda reniy element kashf qilingach, davriy jadvalda atiga 
to‘rtta «teshik» qolgan bo‘lib, ushbu bo‘sh kataklarga 43, 61, 85 va 87-
raqamli elementlar joylashishi lozim edi. 85 va 87-raqamli 
elementlarning radioaktiv elementlar turkumiga mansub ekanligi 
avvaldan ma’lum bo‘lib, bu elementlar «qo‘shnilari»ga nisbatan yanada 
beqaror bo‘lishini olimlar taxmin qilishardi. Ularni ajratib olishning 
mushkul vazifa ekanligini ham olimlar ko‘p bora takrorlashgan.
43 va 61-raqamli elementlar bilan esa boshqacharoq vaziyat 
yuzaga kelgan. Chunki ularning qo‘shnilari barqaror elementlar bo‘lib, 
shunga ko‘ra, mazkur elementlarning ham barqaror ekanligini aniqlash 
qiyin emasdi.
Davriy jadvaldagi 43-raqamli element reniyning pastidagi 
katakchada joylashgan. 1925 yilda olmon olimlari reniyni kashf 
etishganida, shuningdek 43-raqamli elementni ham olishganini ma’lum 
qilib yuborishgan. Aslida ular olgan modda yangi element bo‘lmasdan, 
balki biz 19-bob so‘ngida tilga olib o‘tgan «ekamargantes» edi. 
Muvaffaqiyatdan ruhlanib ketgan olimlar ushbu «element»ni mazuriy 
deb nomlashga qaror qilishgan. Bunda ular o‘z vatanlari – 
Germaniyaning Mazur hududini sharaflashni maqsad qilishgan edi. 
Lekin biz bugungi kun kimyo fanidan juda yaxshi bilamizki, 43-raqamli element beqaror 
elementdir. Boz ustiga, u yuqorida qayd etilgan radioaktiv elementlar singari, boshqa 
elementning parchalanishidan hosil bo‘lmaydi va shu sababli tabiatda uning izlarini topishning 
imkoni deyarli nolga teng. Qisqa qilib aytganda, 43-raqamli element sifatida mazuriyni e’lon 
qilib yuborgan olimlar shunchaki katta shoshqaloqlik qilishgan… 


188 
Aynan shunday holat 61-raqamli element bilan ham sodir bo‘lgan. 1926-yilda 61-
katakni to‘ldiruvchi yangi elementni kashf qildim deb o‘ylagan AQSHlik kimyogarlar jamoasi 
unga illiniy nomini berish orqali shov-shuv ko‘tarib yuborishgan. Ular ham olmon hamkasblari 
singari, o‘z vatanlaridagi hudud – Illinoys shtatini sharaflamoqchi bo‘lishgan. Ko‘p o‘tmay, 
Italiyalik kimyogarlar ham aynan 61-raqamli elementni kashf qilishganini, boz ustiga, ularning 
kashfiyoti AQSHlik olimlarnikidan avvalroq amalga oshganini ta’kidlab, sensatsion chiqish 
qilishgan. Italyanlar ham olmonlar va amerikaliklardan qolishmagan tarzda, o‘z 
«kashfiyot»lari uchun o‘z vatanlaridagi hududlardan birining nomini, aniqrog‘i, Florensiya 
shahri sharafiga florensiy nomini bermoqchi bo‘lishgan. Okeanning har ikki tarafidan matbuot 
va boshqa vositalar orqali avj oldirilgan ushbu ilmiy bahs-tortishuvda italyanlar ham 
amerikaliklar ham bir-biriga yon bergisi kelmas edi. Oqibatda asl haqiqat shunday bo‘lib 
chiqdiki, har ikkala taraf ham aslida qattiq yanglishgan bo‘lib, shoshmashosharlik tufayli 
bekorchi safsata ko‘tarishgan ekan… 
61 raqamli element ham 43 raqamli element singari beqaror bo‘lib, faqat uning 
beqarorlik xossalari yanada kuchliroq namoyon bo‘ladi. Eng qizig‘i, ularning har ikkalasi ham 
tabiatda mavjud emas.
Basharti shunday ekan, unda biz bu elementlarning mavjudligi haqida qayerdan bilib 
olganmiz? 1919-yilda ingliz fizigi Ernst Rezerford muayyan bir atomni (hatto u barqaror 
element atomi bo‘lsa ham) subatom zarrachalar bilan bombardimon qilish orqali uni boshqa 
bir atomga aylantirish mumkinligini aniqladi. Yillar o‘tishi bilan olimlar Rezerford usuli 
vositasida boshqa turdagi atomlarni olishni o‘rganib olishdi.
Shunday olimlar safida ikki yosh kimyogar mutaxassis – Karlo Perye va Emilio 
Segrelar alohida o‘rin tutishgan. Ular kimyo fanida kirib kelayotgan yangi davrning ilg‘or 
olimlari edi. 1937-yilda ushbu tandem 42-raqamli element – molibden namunasini tadqiq qilish 
asnosida, uni subatom zarrachalar bilan bombardimon qilishadi va natijada fanga noma’lum va 
Yerda mavjud bo‘lmagan yangi element atomi shakllanganini payqab qolishadi. Bu – 
molibdenning davriy jadvaldagi qo‘shnisi, ya'ni, o‘sha ko‘p izlangan 43 raqamli element edi. 
Olimlar o‘zlari kashf qilgan ushbu elementni yunon tilida «sun’iy» ma’nosini beruvchi 
«texnetsiy» atamasi bilan nomlashdi. Ular hosil qilgan mazkur elementning miqdori, uni 
atroflicha o‘rganish uchun yetarlicha edi. Hozirda 43-raqamli elementning rasmiy nomi aynan 
texnetsiy bo‘lib, olmonlar shoshqaloqlik bilan taklif qilgan mazuriy atamasi faqat kimyo fani 
tarixini bayon qiluvchi sahifalarda qoldi xolos. Texnetsiy – sun’iy hosil qilingan ilk kimyoviy 
elementdir.
Oradan 11 yil o‘tib, uch nafar kimyogar – Jeykob Marinski, Lorens Glendenin hamda, 
Charlz Koriellardan iborat olimlar jamoasi 61-raqamli element atomlarini ham olishga 
muvaffaq bo‘lishdi. Ular o‘z kashfiyotlarini qadimgi yunonlarning afsonaviy qahramoni – 
Prometey sharafiga, shu nom bilan atashga qaror qilishdi. Afsonalarda Prometey osmondagi 
ma’budlar makonidan olovni o‘g‘irlab, odamlarga keltirib bergan bahaybat mavjudot deb 
tasavvur qilinadi. Bu nomni tanlashda olimlar atom bombasining portlashida hosil bo‘luvchi 
ulkan olovga ishora berib, uni xuddi osmondan quyoshni olib tushgandek faraz qilishgan. Ko‘p 
o‘tmay, aynan prometiy atamasi 61-raqamli element uchun rasmiy nom sifatida tasdiqlangan.


189 
85 va 87-raqamli elementlar haqida shunday qiziq voqealarni hikoya qilish mumkin. 
Dastavval, yuqorida qayd etilgan holatga o‘xshash vaziyat yuz bergan. Ya'ni, 1931-yilda 
amerikalik kimyogarlardan biri ushbu ikki elementni kashf qilgani haqida ovoza tarqatib, hatto 
bu elementlar uchun nom ham qo‘yishga urinib ko‘rgan. Uning taklifiga ko‘ra, 85-element 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling