Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
berkliy, 98-element uchun esa kaliforniy atamalarini biriktirishdi.
1954-yilda 99- va 100-raqamli elementlar ham kashf etildi. Ushbu kashfiyotni Kaliforniya Texnologiya Universiteti hamda Los- Alamos Milliy Laboratoriyasi birgalikda amalga oshirishgan. Mazkur elementlar uchun atom fizikasi sohasida buyuk ilmiy yangiliklarni amalga oshirgan olimlar – Albert Eynshteyn hamda, Enriko Fermilarning nomini biriktirish ma’qul ko‘rildi. Shunga binoan, 99- raqamli elementni eynshteyniy, 100-elementni esa fermiy deb nomlanadi. Bir yil o‘tib, 101-element ham kashf qilindi. Ushbu kashfiyot muallifi yana o‘sha Giorso bo‘ldi. Kelishuvga ko‘ra, ushbu element nomlanishi orqali, kimyoviy elementlar davriy jadvalini kashf qilgan olimning o‘zini sharaflashga qaror qilindi va unga mendeleyeviy atamasi biriktirildi. Vanihoyat 1957 yilda Stokgolmdagi Nobel fizika institutida faoliyat olib borgan ilmiy guruh 102-elementi ham olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular ushbu element uchun institut nomini, ya'ni, nobeliy atamasini berishdi. O‘z navbatida institut nomining o‘zi ham, mashhur ilmiy mukofot ta’sischisi, portlovchi moddalar bo‘yicha yetuk ekspert Alfred Nobel sharafiga atalgandir. 103-raqamli elementni 1961-1965 yillarda Dubna shahrida joylashgan Yadroviy Tadqiqotlar Birlashgan Instituti (YTBI) ilmiy xodimlari, aniqrog‘i, akademik G.N. Flyorov (1913-1990) boshchiligidagi ilmiy guruh tarafidan kashf qilingan. Shuningdek, 103- element Flyorovdan mustaqil ravishda AQSHning Lourens nomidagi Milliy Laboratoriyasida ham aynan o‘sha vaqtda olingan edi. Shu sababli XX-asrning 70-yillarida ushbu elementning dastlabki kashfiyotchisi borasida xalqaro bahs avj oldi. AQSH ham, Sobiq Ittifoq ham o‘z ilmiy guruhining natijasi birinchi bo‘lganini ta’kidlashardi. Siyosiy qutblarga ajralgan holdagi qarama-qarshilik sharoitida ushbu ikki mamlakat o‘rtasidagi har qanday raqobat, jumladan ilmiy sohadagi yutuqlar ham keskin siyosiylashtirilishi kuzatilgan bir davrda, ikki mamlakat o‘rtasida ushbu element kashfiyotchisi sifatida xalqaro e’tirofga erishish uchun kurash yuzaga 1 Ayzek Azimovning ushbu asari ilk bora 1957-yilda chop etilgan bo‘lib, 1974-yilda to‘ldirilgan va qayta nashr etilgan. Tabiiyki, Azimov bu kitobda, o‘sha vaqtgacha kashf etilgan kimyoviy elementlar haqidagina hikoya qilgan. 2018-yil, 1-sentyabr holatiga ko‘ra, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalida 118 ta element qayd etilmoqda. Azimovning ushbu kitobi chiqqan 1974-yildan keyingi davrda kashf etilgan elementlar haqida quyida kitobning asl matniga qo‘shimcha tarzida hikoya qilamiz. 193 keldi. Sobiq Ittifoq olimlari bu element uchun mashhur ingliz olimi – Ernst Rezerford sharafiga rezerfordiy deb nom berishni taklif qilishgan. Okean ortidagilar esa, siklotronni ixtiro qilgan mashhur fizik – Ernest Lourens sharafiga, lourensiy deb nomlashni taklif qilishgan. Har ikkala siyosiy qutb vakillari o‘z mamlakatlarida, hamda, geosiyosiy ta’sirlari ostida bo‘lgan boshqa davlatlarda ushbu element uchun o‘zlari taklif qilgan atamani qo‘llay boshlashgan. Shu sababli XX asrning 70-80 yillarida, davriy jadvaldagi 103-elementni rezerfordiy (Rf) yoki, lourensiy (Lr) tarzida ifodalangan darslik, jadval va qo‘llanmalarni uchratish mumkin edi. Nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun Amaliy va Nazariy Kimyo Xalqaro Ittifoqi – IUPAC maxsus qaror chiqarishiga to‘g‘ri keldi. Unga ko‘ra, 103-raqamli element, ya'ni so‘nggi aktinoidga lourensiy nomi biriktirildi. Transuran elementlarning aksariyati singari lourensiy ham tabiatda mavjud emas va uni faqat sun’iy sintez qilinadi. 104-raqamli elementning kashf etilishida ham lourensiyning taqdiriga o‘xshash hodisa yuz bergan. Uni ham birinchi bo‘lib, 1964-yilda Dubnadagi YTBIda, akademik Flyorov ilmiy guruhi sintez qilgan. 1969- yilda ushbu elementni Berklidagi Kaliforniya Texnologiya Universitetida ham olingani e’lon qilindi. Lourensiydan farqli ravishda, bu safar Dubnalik olimlarning ilmiy yutug‘i yaqqol edi. Ular kashfiyotni okean ortidagilardan naq 5 yil erta uddalashgandi. Shu sababli 104- elementga Flyorov ilmiy guruhi kurchatoviy deb nom bergan. Bu orqali Flyorov mashhur fizik- yadroshunos hamkasbi I.V. Kurchatovning ilmiy nufuziga ishora bermoqchi bo‘lgan. MDH hududida 104-raqamli elementni aynan ushbu atama orqali keltirilgan davriy jadvallarni 1997- yilgacha ham uchratish mumkin edi. Biroq, IUPAC hamda Amaliy va Nazariy Fizika Xalqaro Ittifoqi - IUPAPning 1992-yildagi qo‘shma qaroriga ko‘ra, ushbu elementning kashfiyotchisi maqomi Berkli va Dubna olimlari o‘rtasida teng huquqda taqsimlanishi belgilab qo‘yildi. IUPAC rasmiylarining o‘zi 1994-yilda, ushbu elementga u ilk bora sintez qilingan shahar – Dubna sharafiga dubniy deb nom berishni taklif qilishgan. Biroq bu paytga kelib, davriy jadvalda 104-elementdan tashqari 105, 106 va 107-elementlar ham allaqachon sintez qilingan bo‘lib, ulardan biri uchun dubniy nomi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lgan. Uzoq tortishuvlardan so‘ng, 1997-yilda IUPAC 104-element uchun rezerfordiy atamasini tasdiqlagan. Rezerfordiy davriy jadvalda gafniyning ostidan joy olgan bo‘lib, o‘ta radioaktiv elementdir. Davriy jadvaldagi 105-raqamli element ham akademik Flyorov boshchiligida, 1970 yilda Dubnada sintez qilingan. Biroq bu safar ham ularning kashfiyotiga Berklidagi ilmiy guruh sherik chiqqan. Flyorov ilmiy guruhi 105-element uchun Nils Bor sharafiga nilsboriy atamasini taklif qilishgan. Amerikaliklar esa Otto Gan sharafiga ganiy deb nom berishgan. Avvalgi elementlar misolidan ham ko‘rganimizdek, bu safar ham har ikkala ilmiy guruh, kashfiyotchilik maqomi uchun kurashga kirishib ketdi. MDH hududidagi kimyo qo‘llanmalarida 1997- yilgacha 105-element nilsboriy, ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarda esa ganiy deb yuritildi. Bu safar ham nomuvofiqlik IUPACning aralashuvi bilan yechildi. Unga ko‘ra, 1997-yildan e’tiboran, 105-raqamli, o‘ta radioaktiv element davriy jadvalda dubniy nomi bilan o‘rin oldi. 194 Dubniy, rezerfordiy va lourensiylarning taqdiri 106-raqamli element bilan ham takrorlandi. Uni ilk bora 1974-yilda Berkli ilmiy guruhi olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Biroq, endi bu safar Dubnadagi ilmiy guruh ham ulardan qolishmadi va mazkur elementni sintez qilganini e’lon qildi. Avvalgi safarlarda bo‘lgan bahs, ushbu elementga taalluqli bo‘lib qoldi. Biroq, bu safar IUPAC nisbatan qat’iyatliroq qaror berdi va kashfiyotchilik maqomini Berkli guruhiga biriktirdi. Natijada ushbu elementga AQSHlik olimlar nom berishdi. Unga ko‘ra, 106-raqamli element mashhur kimyogar, jami 10 ta transuran elementlarni kashf qilgan Glenn Siborg (1912-1999) sharafiga siborgiy deb nomlanadigan bo‘ladi. Ushbu atama 1997-yilda rasman tasdiqlangan. Shu tarzda olim Glen Siborg hali o‘zi hayotlik chog‘idayoq o‘z nomini davriy jadvalga kiritilgan ilk inson bo‘lgan edi. 1976-yilda endi Dubna ilmiy guruhi birinchi bo‘lib 107-raqamli element kashf etilganini e’lon qildi. 5 yil o‘tib, 1981-yilda endi Dubnaliklarning kashfiyotiga bu safar olmon olimlari sherik chiqa boshlashdi. Darmshtadtdagi Og‘ir Ionlar Institutida Dubna tajribasi takrorlandi. Olmon olimlarining yutug‘i shunda ediki, ular yangi elementning hosil bo‘lish reaksiyasini 5 marta qayta muvaffaqiyat bilan takrorlay olishdi. Dubnaliklar esa bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olishmasdi. Qolaversa, Darmshtadt tajribalarida Dubnaliklarning ayrim xulosalari noo‘rin ekani oydinlashib qoldi. Shu sababli 1982-yili Dubna va Darmshtadt ilmiy guruhlari o‘zaro kelishib, yangi element uchun nom berish huquqini olmon olimlariga havola qilishdi. Har taraflama ma’qullangan taklifga ko‘ra, ushbu beqaror radioaktiv elementga Daniyalik mashhur fizik Nils Borning nomini berishga qaror qilindi. Biroq, IUPACning 1997-yilgi qaroriga ko‘ra, element nomida olimning ham ismi va ham familiyasi bo‘lishi o‘rinsiz ekani e’tirof etildi va 107-raqamli elementga boriy atamasi rasman biriktirildi. Boriyning nomlanish taqdiri uning qo‘shnisi – 108-raqamli elementda ham takrorlangan. Uni dastavval Darmshtadt laboratoriyasi xodimlari 1984-yilda sintez qilishgan edi. O‘sha yilning o‘zida ayni elementni Dubnaliklar ham olishga muvaffaq bo‘lishgan. IUPAC belgilagan qarorga ko‘ra, olmonlarning kashfiyoti birinchi bo‘lganligi e’tirof etilgan va kashfiyotga nom berish huquqi ham ularga topshirilgan. Olmonlar dastavval 108-elementni ottoganiy deb nomlashni ma’qul ko‘rishgan edi. Ular kimni sharaflamoqchi bo‘lganliklarini payqagandirsiz? Albatta, bunda mashhur fizik Otto Gan nazarda tutilgan. 1994-yilda IUPAC yuqorida bayon qilingan tamoyilga asosan, element nomidan olim ismini chiqarib tashlagan va uni qisqa qilib, ganiy deb nomlash kerakligini belgilagan. Lekin, ko‘p o‘tmay, 1997-yilda IUPACning qarori yana bir bora o‘zgardi va uni Germaniyning ichki hududlaridan biri – Xassen yeri nomi bilan bog‘lab, xassiy deb atashga rasmiy qaror berdi. Xassen – markazi Darmshtadt shahri bo‘lgan federal yerning nomlanishidir. 195 Kimyoviy elementlarning ochilish xronologiyasiga nazar tashlasak, boriy va xassiydan boshlab, ya'ni 1980-yillardan keyin, yangi elementlarni kashf qilish borasidagi uloqni Darmshtadt Og‘ir Ionlar Laboratoriyasi (OIL) ilib ketganini ko‘ramiz. Chunki, davriy jadvaldagi xassiyning o‘ng tarafdagi qo‘shnisi bo‘lgan 109-elementni ham aynan Darmshtadt olimlari birinchi bo‘lib sintez qilishga erishishgan. Kashfiyot 1982-yilda amalga oshgan bo‘lib, bu safar olmonlarning natijasiga na Dubnaliklar va na Berklidagilar soya tashlay olishmadi. Shunga ko‘ra, ushbu yangi elementga Darmshtadt ilmiy guruhi nom bergan. IUPAC 1997-yilda rasman tasdiqlagan element nomi meytneriy bo‘lib, u mashhur fizik olima ayol – Liza Meytnerni sharaflaydi. Xassiy va meytneriy kashf qilinganidan so‘ng, yangi transuran elementlarni ochilishi borasidagi izchillik biroz uzilib qoldi. Zero xassiy kashf qilingan 1984-yildan keyin, navbatdagi, 110-element ochilgunicha naq 10 yil muddat o‘tib ketdi. 1994-yil 9-noyabrda yangi kimyoviy element kashf etilgani haqidagi xabar yana Darmshtadt laboratoriyasidan e’lon qilindi. Bu safar ham olmonlarning kashfiyotiga sherik chiqmagan va 110-elementga ilmiy guruh o‘z laboratoriyasi joylashgan shahar nomini biriktirishga qaror qilgan. IUPAC 1997- yilda rasman tasdiqlagan qarorga ko‘ra, 110-element darmshtadtiy deb yuritiladi. Darmshtadt laboratoriyasini nufuzini yanada yuksaltirgan kashfiyot, darmshtadtiy ochilganidan keyin atiga 1 oy o‘tib yuz berdi. 1994-yilning 8-dekabrida yana ushbu ilmiy dargoh yangi elementning kashf qilingani haqidagi xabar bilan olamga jar soldi. Tartib bo‘yicha 111-element bo‘lgan mazkur kashfiyotga olmonlar o‘zlarining mashhur vatandoshlari, yetuk fizik Vilgelm Konrad Rentgenning nomini berishga qaror qilishdi. 111-element o‘shandan buyon Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling