Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
alabanin, 87-elementni esa virginiy deb nomlanishi kerak edi. AQSH geografiyasidan xabardor
mutolaachi albatta bu nomlar nimaga ishora qilayotganini darhol payqagan bo‘lsa kerak. Albatta, sezganingizdek, o‘sha shoshqaloq olimning rejasiga ko‘ra, alabanin – Alabama shtatini, virginiy esa – Virjiniya shtatini sharaflashi kerak edi. O‘sha olimning ham shoshmashosharlik qilgani tez orada ma’lum bo‘lib qoldi va bu nomlar haqida tez orada deyarli hamma unutdi. Barcha elementlar ichida texnetsiyning o‘ta o‘tkazgich xossalarini namoyon qilish harorati eng yuqori bo‘lib, bu ko‘rsatkich mutlaq nol haroratdan 11 daraja baland nuqtada namoyon bo‘ladi. Ayrim qotishmalarda bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar mavjud, lekin elementlar ichida texnetsiyning oldiga tushadigani yo‘q. Texnetsiyning pertexnatlar deb yuritiladigan ma’lum birikmalari po‘lat va temir konstruksiyalarni zanglash va yemirilishdan himoya qilishda kuchli samarador vositalar sanalishadi. Buning uchun metall detalga pertexnat eritmasi bilan ishlov berish yetarli bo‘ladi. Muammo shundaki, texnetsiyning tannarxi anchayin qimmat bo‘lib, bu jihat uni keng qo‘llash yo‘lida asosiy to‘siq hisoblanadi. Shu sababli metalokonstruksiyalarga pertexnatlar bilan ishlov berish faqat eng zarur, favqulodda muhim holatlarda amalga oshiriladi xolos. 87-raqamli elementni birinchi bo‘lib, 1939-yilda farang kimyogar olimasi Margarita Perye ajratib olgan bo‘lib, buning uchun u uranning parchalanish mahsulotlaridan foydalangan. Avvaliga olima o‘zi kashf qilgan element uchun «aktiniy K» atamasini taklif qilgan edi. Biroq, keyinchalik u fikrini o‘zgartirdi va yangi elementni o‘z vatani sharafiga fransiy deb nomlashga qaror qildi. Uning kashfiyoti rasman tasdiqlangach, u tanlagan fransiy nomi ham mazkur elementga rasman biriktirildi. Shundan roppa-rosa bir yil o‘tib, eski tanishimiz Emilio Segre ishtirokida yana bir element kashf qilindi. Bu safar Segre ilmiy guruhida D.P. Korson hamda, K.R. Mak-Kenzilar ham bor edi. Ushbu uch nafar kimyogar olimlarning birgalikda olib borgan tadqiqotlari natijasida 85-raqamli elementni ajratib olishga erishildi. Ularning taklifi bilan ushbu yangi elementga astat, ya'ni, qadimgi yunon tilidagi «beqaror» atamasi rasman biriktirildi. Astat – galogenlar toifasiga mansub bo‘lib, davriy jadvalda yodning ostida joylashadi. Fransiy esa ishqoriy metallar sinfiga mansub bo‘lib, uni davriy jadvalda seziyning tagidan topishingiz mumkin. Beqaror elementlari ichida faqat astat va radon metallmaslar turkumiga mansubdirlar. Aynan ular bilan 22 ta elementdan iborat metallmaslar sinfi tugallanadi. 1943 yilda astatni shuningdek uranning parchalanish mahsulotlari ichida ham mavjudligi aniqlangan. 1948-yilga kelib davriy jadvaldagi so‘nggi «teshik» berkitilgach, kimyogarlar vanihoyat elementlarning to‘liq va tugal jadvalga ega bo‘ldik degan fikrga kela boshlashgan edi. Biroq, bunday fikr homxayol ekanligi tez orada oydinlashib qoldi. Deyarli 150 yil 190 mobaynida ziyolilar ongida, 92-raqamli element - uran davriy jadvaldagi so‘nggi element bo‘ladi degan fikr mustahkam o‘rnashib kelgan edi. Lekin nimaga endi urandan keyin boshqa kimyoviy elementlar mavjud bo‘lmasligi kerak? Bu savolga ijobiy javob berish uchun ko‘p kutishga to‘g‘ri kelmadi. Haqiqatan ham, aslida kimyoviy elementlarning son-sanog‘i uchun muayyan chegara mavjud emas ekan. Bizga tanish bo‘lgan olim Glen Siborg boshchiligidagi amerikalik olimlar jamoasining sai-harakatlari evaziga, 92-raqamli element - urandan keyin keluvchi yangi kimyoviy elementlar ketma-ket kashf qilina boshladi. Ushbu olimlar jamoasi Berklidagi Kaliforniya Texnologiya Universitetida ish olib borishgan. Eslatib o‘tamiz, texnetsiy va astat elementlari ham aynan shu ilmiy dargohda kashf qilingan edi. Prometiy esa Tennesi shtatida joylashgan Ouk-Rij Milliy Laboratoriyasida olingan. Davriy jadvalda urandan keyin keluvchi barcha elementlar transuran elementlar deyiladi. Faqat bitta istisnoli elementdan tashqari, ushbu transuran elementlarning barchasi beqaror elementlar bo‘lib, tabiatda uchramaydi. Transuran elementlardan dastlabki ikkitasi 1940-yilda kashf etilgan. 93- va 94-raqamli ushbu elementlarga nom berishda, uranga nom berishdagi tamoyilga asoslanilgan. Ya'ni, uran elementi Uran sayyorasining kashf etilganiligiga bag‘ishlab nomlangan edi. Shunga ko‘ra, 93-raqamli elementni Urandan keyin kashf etilgan sayyora – Neptun sharafiga, neptuniy deb nomlandi. 94-element esa plutoniy deb ataldi (eslatib o‘tamiz, 2006 yildan buyon Pluton sayyora sifatida e’tirof etilmay qo‘ygan – tarjimon izohi). Ushbu transuran elementlarni birinchi bo‘lib payqagan olimlar – E. MakMillan va F. Abelsonlar bo‘lishgan edi. Ushbu ajoyib kashfiyot uchun, Siborg va MakMillan 1951-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Ba’zi hollarda uran atomlari shunday parchalanadiki, natijada plutoniy atomlari hosil bo‘ladi. Plutoniyning juda-juda kam miqdorlari uran rudasi tarkibida mavjud bo‘lishi aniqlangan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan istisnoli transuran element aynan plutoniydir. Ya'ni, plutoniy tabiatda juda oz bo‘lsa-da harholda uchrab turadi. Plutoniyni katta miqdorlarda sun’iy olish ham mumkin. Ko‘p miqdorlarda sun’iy hosil qilinadigan plutoniyni koinot apparatlari uchun yonilg‘i sifatida, hamda atom stantsiyalari uchun ishchi jism sifatida qo‘llaniladi. Aytib o‘tilgan tabiiy plutoniy esa uran rudalarining yuz trilliondan bir qismini tashkil qiladi xolos. Bu qanchalik oz miqdor ekanini tasavvur qila olasiz deb o‘ylayman. Plutoniy uranning radioaktiv yemirilishi natijasida hosil bo‘ladi. Nazariy jihatdan neptuniy ham uran rudasi tarkibida uchrashi taxmin qilinadi. Lekin uning miqdori plutoniynikidan ham yuzlab, balki millionlab barobar kam bo‘lishi ehtimoli bor. Boz ustiga, shu choqqacha hali hech kim neptuniyni uran rudasi tarkibida uchratmadi. Olimlarning e’tiborini darhol o‘ziga tortgan jihat shu bo‘lgan ediki, neptuniy va plutoniyning kimyoviy xossalariga ko‘ra o‘zaro o‘xshashliklari, xuddi uran va toriyning 191 o‘xshashligi kabi ekan. Ushbu faktga ko‘ra olimlar xuddi siyrak yer elementlarida uchraydigan holat singari o‘xshashliklar seriyasiga duch keldik deb xulosa qilishdi. Ushbu yangi seriyaning aktiniydan boshlanishini e’tiborga olib, ushbu seriyaga mansub elementlarga aktinoidlar deb nom berilgan. Davriy jadvalda aktinoidlar qatori lantanoidlar qatori ostida joylashadi: aktiniy – lantan ostida, toriy – seriy ostida, protaktiniy – prazeodimning tagida, uran – neodimdan pastda, neptuniy – prometiydan va plutoniy – samariydan bitta quyidagi katakchada joylashadi. Kaliforniya universiteti olimlari yangi kimyoviy elementlarni kashf qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishdi. Shu yo‘sinda, 1944-yili 95-raqamli element kashf etildi. Uning joylashuv manzili shundoqqina yevropiyning ostidagi katakcha bo‘lgani uchun, olimlar bu element uchun o‘ziga xos «posangi» atama biriktirishga qaror qilishgan. Ya'ni, 95-raqamli elementni ameritsiy deb nomlashgan. Oradan ikki yil o‘tib, 1946-yilda 95-raqamli element ham kashf etildi. 96-elementning jadvaldagi manzili – gadoliniy katakchasi ostida bo‘lib, gadoliniy atamasining o‘zi kimyo fani tarixida yorqin iz qoldirgan olim, siyrak yer elementlarini kashf qilishda katta jonbozlik ko‘rsatgan kimyogar Yuxan Gadolin sharafiga atalgan edi. Shunga ko‘ra, jadvalda unga qo‘shni bo‘ladigan yangi, 96-raqamli element uchun ham, kimyo fani uchun shunday buyuk xizmatlar ko‘rsatgan biror olim nomini berishga qaror qilingan. Muhokamalardan so‘ng, 96-raqamli element kashfiyotchilari bo‘lgan olimlar ushbu element uchun kyuriy nomini berishni ma’qul topishdi. Kyuri – radioaktivlik hodisasini o‘rganishda eng katta natijalarni qo‘lga kiritgan va bir necha yangi radioaktiv elementlarni kashf qilgan olimlar oilasi – Pyer va Mariya Kyurilar sharafiga, ularning familiyasi bilan atalagan. Ko‘p xossalariga ko‘ra aktinoidlar lantanoidlarga o‘xshab ketadi. Masalan, toriy odatda tarkibida lantanoid elementlar mavjud bo‘lgan rudalarda uchraydi. Toriy eng uchraydigan asosiy ruda – monazit bo‘lib, u ham lantanoidlarni o‘zida tutadi. Yer sharining muayyan bir joyida muayyan bir elementning yig‘ilib qolishini ta’minlovchi kimyoviy jarayonlar, shuningdek, xossalariga ko‘ra o‘zaro o‘xshash bo‘lgan muayyan elementlar majmuining ham hosil bo‘lishini ta’minlab beradi. Shu sababli ham, bir joyning o‘zida barcha lantanoidlarni uchratish mumkin bo‘ladi. Aynan shu sababga ko‘ra, gafniy sirkoniy bilan, kadmiy rux bilan, platina nikel bilan yonma-yon uchraydi. Jadval bo‘ylab urandan keyingi elementlarni ko‘rib chiqishda davom etamiz. 97-raqamli elementni 1949-yilda, 98-raqamli elementni esa 1950-yilda yana o‘sha Berklidagi Kaliforniya Texnologiya Universitetida, Giorso va Siborg boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan kashf qilingan. Bu safar kashfiyotchilar o‘z 192 shaharlari va shtatlarini sharaflashni ma’qul ko‘rishdi va mos ravishda, 97-element uchun Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling