Ko‘krak-bcl umurtqalari


rasm. Sudralib yuruvchilar g‘on aylanish sistemasi sxemasi va yuragining tuzilishi


Download 192.33 Kb.
bet11/40
Sana08.01.2022
Hajmi192.33 Kb.
#244085
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
Zoologiya dadayevas

rasm. Sudralib yuruvchilar g‘on aylanish sistemasi sxemasi va yuragining tuzilishi:

1 - o‘ng yurak bo‘lmasi, 2 —chap yurak bo'lmasi; 3 — yurak qorinchasining chap tomoni; 4 —yiirak qorinchasining o‘ng tomoni; 5 — o‘ng o‘pka arteriyasi; 6 - o,‘ng aorta yoyi; 7 — chap aorta yoyi; 8 — chap botallov oqimi; 9 — chap o‘mrov osti arteriyasi, 10 — chap uyqu arteriyasi; 11 ichak arteriyasi; 12 —buyrak; 13^ chap yonboshosti arteriyasi; 14 — dum arteriyasi; 15 - dum venasi; 16 - o‘ng soil venasi, 17 - buyrakning o‘ng qopqa venasi; 18 — qorin venasi; 19 - jigarning qopqa venasi; 20 - jigar venasi; 21 — keying! kovak vena; 22 — oldingi o‘ng kovak vena; 23 — o‘ng o‘mrov osti vena; 24 — o‘ng buyunturuq vena; 25 — o‘ng o‘pka venasi.

to'rlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshik yurak bo‘lmasining to‘sig‘i bilan ikkiga bo‘lingan.

Yurak qorinchasining o‘ng (venoz) bo‘limidan o‘pka arteriyasi bilan chap aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) bo'limidan esa o‘ng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasi qisqarganda, uning pastki devoriga o‘rnashgan chala to‘siq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi o‘ng va chap boimalarini bir-biridan batamom ajratib qo'yadi. Timsohlarda bu to‘siq to'liq, ya’ni yurak qorinchasi alohida ikkiga bo‘lingan. Yurak qorinchasining o‘ng qismidan o‘pka arteriyasi chiqadi va ikkiga boMinib, o'pkaga vena qonini olib boradi.

Yurak qorinchasining chap qismidan arterial qonli o‘ng aorta yoyi chiqadi, bu o‘zidan uyqu va o‘mrovosti arteriyalarini ajratadi. Uyqu arteriyasi gavdaning bosh qismini arterial qon bilan ta’minlaydi.

0‘mrovosti arteriyasi oldingi oyoqlariga boradi. Yurak qorinchasining o‘rta qismidan chap aorta yoyi aralash qon olib chiqadi. Chap va o‘ng aorta yoylari qizilo‘ngachning pastki tomonida o‘zaro qo‘shilib, toq orqa aortani hosil qiladi. Orqa aorta umurtqa pog‘onasining ostidan keyinga qarab ketadi va yo‘l-yo‘lakay mayda arteriyalar chiqaradi, undan keyin orqa oyoqlarga juft yonbosh arteriyasini chiqarib, o‘zi toq dum arteriyasi holida davom etadi.

Sudralib yuruvchilarning vena sistemasi ham arterial sistema singari ko‘p o‘zgarmagan. Dumidagi vena qoni dum venasiga yig'iladi. Dum venasi chanoqda 2 ta yonbosh yoki chanoq venalariga bo‘linadi. Yonbosh venalari o‘ziga keyingi oyoqlaridan kelgan venalarni qo‘shib oladi.

Chanoq venalari o‘zidan buyrak qopqa venalarini ajratadi va keyin qorin venalari bilan qo‘shiladi. Qorin venasi ichki organlardan yig‘ilgan venalarni o‘ziga qo‘shib oladi va jigar qopqa venasi bo‘ylab jigarga kiradi. Bu yerda kapillarlarga ajralib, to‘r hosil qiladi va jigar venasi nomi bilan chiqadi. Buyrak qopqa venalari buyrakka kirgach, to‘r hosil qiladi, keyin buyrakdan chiqib o‘zaro qo‘shiladi va toq keyingi kovak venaga aylanadi. Sudralib yuruvchilarda kardinal venalar butunlay yo‘qolgan. Keyingi kovak vena jigar venasini qo‘shib oladi va o'ng yurak boclmasiga quyiladi. Gavdaning bosh tomonidan vena qoni bir juft bo‘yinturuq venalariga yig‘iladi. Oldingi oyoqlaridan bir juft o'mrovosti venalariga yig‘iladi, natijada bir juft oldingi kovak venalar hosil bo‘ladi va bular ham o‘ng yurak bo‘lmasiga quyiladi. 0‘pkada tozalangan arterial qon o‘pka venalariga chiqadi, bular qo‘shilib chap yurak bo‘lmasiga quyiladi.




Download 192.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling