Ko‘krak-bcl umurtqalari
Nerv sistemasi va sezgi organlari
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
Nerv sistemasi va sezgi organlari. Sudralib yuruvchilarning nerv sistemasi amfibiyalarnikiga nisbatan ancha takomillashgan (102-rasm).
102-rasm. Kaltakesakning bosh miyasi: A — tepa tomonidan; B—ostki tomonidan; V — yon tomonidan koYmishi; I — oldingi miya yarimsharlari, 2 — yo‘l-yo‘1 (targ‘il) tanacha; 3 — o‘rta miya; — miyacha; 5 — uzunchoq miya; 6 — voronka; 6' — gipofiz; 7 — xiazma; 8 — hidlov boiaklari; 9 — epifiz; II—XH-bosh miya nervlari. Ayniqsa, bosh miyasining oldingi katta miya yarimsharlari nisbatan katta bolib, kulrang miya moddasidan iborat po‘stlog‘i bor. Miya yarimsharlari orqa tomonga o‘sib, oraliq miyani berkitib qo‘yadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya o'simtalari — epiftz va tepa organlarini ko‘rish mumkin. Boshtepa toq ko‘zining rudimenti tuzilishi jihatdan kofzga o‘xshash bolib, yomg‘lik ta’sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi gipofiz yondashgan. Kaltakesakning o‘rta miyasi yaxshi rivojlangan ikkita ko£ruv boMaklaridan iborat. Ko'ruv bolaklaridan keyinroqda juda kichik miyacha va orqa miyaga ulanib ketadigan uzunchoq miya yotadi. 0‘rta miya ko'rish axborotlarini qabul qilish va ishlash markazi hisoblanadi. Reptiliyalarning miyachasi amfibiyalarning miyachasiga nisbatan ancha katta, chunki sudralib yuruvchilarning harakati xilma- xil va murakkab. Uzunchoq miya vertikal tekislikda keskin bukiladi, bu hoi barcha amniotalarga xos. Bosh miyadan 11 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miyada oq va kulrang moddalar bir-biridan ajralib turgani aniq ko‘rinib turadi. Orqa miyadan orqa miya nervlari chiqadi va tipik yelka hamda chanoq chigallarini hosil qiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling