Ko‘krak-bcl umurtqalari


Download 192.33 Kb.
bet20/40
Sana08.01.2022
Hajmi192.33 Kb.
#244085
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
Zoologiya dadayevas

Iguanalar (Iguanidae) oilasiga 700 ga yaqin tur kiradi. Ular tashqi ko‘rinishidan agamalarga o‘xshaydi. Uzunligi 10 sm dan 1,5 m gacha boradi. Boshining usti mayda qalqonchalar bilan qoplangan, yelkasida esa ko‘ndalangiga qator bo‘lib o‘rnashgan tangachalari bo‘ladi. Ko‘z qovoqlari bo‘rtib chiqqan, nog‘ora pardalari ko‘rinib turadi. Oyoqlari uzun, yaxshi taraqqiy etgan beshta .barmog‘i bor, tili qisqa, yo‘g‘on va uchi biroz ikkiga ajralgan.

Iguanalar tog‘, oVrmon, dasht va sahrolarda yashaydi. Ba’zi turlari dengizlarda ham uchraydi. Ular ham boshqa kaltakesaklarga o'xshab, asosan hasharotlar bilan, ayrim turlari esa o‘simliklar bilan oziqlanadi.

Iguanalarning go‘shti va tuxumi mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Iguanalar tuxum qo‘yish va tuxumdan tirik tug‘ish yo‘li bilan ko‘payadi. Tipik vakillariga iguana (Iguana juverculata), frinozoma (Phrynosoma cornutum), qiziltomoq anolis va boshqa turlari kiradi.

Ular Amerikada, Madagaskarda, Polineziyaning ba’zi oroLlarida yashaydi. Avstraliyada iguanalarning harorati suvdan tashqarida toshlar ustida turganda +35°C gacha ko‘tariladi. Suv ostida esa +15°C gacha



tushib ketadi. Iguanalar suv ostida 15—19 m gacha chuqurlikka tushib, toshlarga yopishgan suv o‘tlari bilan oziqlanadi.


Download 192.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling