Ko‘krak-bcl umurtqalari
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
Echkemarlar (Varanidale) oilasining 1 ta avlodi va 30 ta turi bor. Echkemarlarning oldingi va orqa oyoqlaridagi o‘tkir tirnoqli beshta barmog‘i ancha takomillashgan. Bo‘yin qismi uzun, uchburchak shaklidagi boshi cho‘zilgan, uzun tilining uchi ilonlarnikiga o‘xshash ikkiga ajralgan. Jag‘larida katta va o‘tkir tishlari bo'lib, uchi biroz qayrilgan. Orqa tomondagi tangachalari mayda, qorin tomonidagi tangachalari to‘rtburchak shaklida silliq, ko'ndalangiga qoplangan.
Echkemarlarning ko‘z qovoqlari yaxshi taraqqiy etgan, ko‘z qorachiqlari yumaloq, quloq teshiklari ochiq, son teshiklari yo‘q, dumi qattiq va chidamli bo‘lib, dushmandan muhofaza etish organi vazifasini bajaradi. Echkemarlarning tipik vakillariga Shimoliy va 0‘rta Osiyoda tarqalgan kulrang yoki bo‘z echkemari (Varanus griseus)* Janubiy Osiyo va
r— t Avstraliyada tarqalgan komodo echkemari (Varanus komodocnsis) va I Afrikada tarqalgan Nil echkemari kiradi. Echkemarlar asosan, mayda sutemizuvchilar va qushlami ovlab 1 oziqlanadi. Ba’zan ovchilar ovlagan yowoyi cho‘chqalarni ham yeb qo‘yadi. Echkemarlarning tuxumi va go‘shti ovqatga ishlatiladi. 0‘rta Osiyo cho‘llarida (Turkmaniston va 0‘zbekistonda) uchraydi-rf gan bo‘z echkemarning uzunligi 160 sm keladi. U har xil hasharotlar, ■] mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Komodo echkemarining uzunligi esa 3,65 m gacha, og'irligi 150 kg gacha boradi u Indoneziyada, Komodo va Flores orollarida yashaydi. 1 Komodo echkemari ko‘pincha daraxtlarda yashaydi. Nil echkemari 1 Afrikada yashaydi va uning hayoti suv bilan bog‘liq boMgani uchun suv yoqalarida tarqalgan. Mayda echkemarlarning uzunligi 20 sm I atrofida bo‘ladi.
Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling