Ko‘krak-bcl umurtqalari


Download 192.33 Kb.
bet25/40
Sana08.01.2022
Hajmi192.33 Kb.
#244085
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
Zoologiya dadayevas

Ssinklar (Scincidae) oilasining 700 ga yaqin turi bor. MDHda 11 ta turi uchraydi. Ssinklarning ko‘rinishi turli-tuman bo‘lib, ba’zilari xuddi kaltakesaklarga o‘xshash, oyoqlari yaxshi rivojlangan, ayrimlari esa ilonlarga o'xshash gavdasi cho‘zinchoq, oyoqlari yaxshi taraqqiy etmagan, barmoqlari ikkita yoki bitta bo‘ladi. Ssinklarning boshi yirik qalqonchalar bilan, tanasi esa baliqlarnikiga o^shash silliq yumaloq yoki romb shaklidagi tangachalar bilan qoplangan. Shox qatlami tagida suyak plastinkalari bo'ladi. Tishlari jag"larining ichki qirrasiga o‘rnashgan, tili qisqa. Ular, asosan yerda hayot kechiradi, ayrim turlari daraxtlarda yashashga moslashgan, suv bilan bog‘liq turlari va yerni kavlab, yer ostida yashaydigan turlari ham bor..

Ssinklar oilasi vakiJlari yer yuzining mo‘tadil va issiq iqlimli minta- qalarida, ya’ni Avstraliya, Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Tinch va Hind okeanlari orollarida tarqalgan. 0‘rta Osiyo va Kavkazda uzunoyoqli ssink (Eumeces shneideri), Armaniston va 0‘rta Osiyoning janubida oltinnaqsh mabuya (Mabuya aurata) uchraydi.

Xameleonlar (Chameleontidae) oilasining ko‘pchilik vakillari, asosan o‘rmonlarda daraxtda yashashga moslashgan. Panjalari ombur shaklida, dumi uzun va ilmoqli. Gavdasi yon tomondan qisilgan. Gavdasining usti bo‘ylab o‘tkir taroq o‘tadi. Terisi mayda-mayda shox donacha va tangachalar bilan qoplangan. Ko‘zlari katta va harakatchan. Katta ko‘zlari tangacha bilan qoplangan halqali qovoqlar bilan o‘ralgan. 0‘ng va chap ko‘zlari bir-biriga bog‘liq bo'lmagan holda harakat qiladi va 180° gorizontal hamda 90° vertikal yo‘nalishda aylanib hasharotlarrii axtaradi. Tili juda uzun, tilini butun tana uzunligicha og‘zidan chiqarib, o‘ljasini tutib oladi.

Xameleonlar juda sekin harakat qiladi, rangini tashqi muhitga qarab °‘zgartira oladi. Tipik vakili oddiy xameleon (Chamaelon vulgaris)



Uzunligi 3—5 sm dan 50—60 sm gacha boradi. Ko‘pchiligining uzunligi, asosan 25—35 sm atrofida bo‘iadi. MDHda ular Kavkazda uchraydi. Asosiy vakillariga Madagaskarda tarqalgan brukeziya xameleoni, Afrikada yashaydigan ola mitti xameleon va oddiy xameleon kiradi. Xameleonlar tuxumdan tirik tug‘adi. Ular shox va barglar orasiga 20—40 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumining rivojlanishi uchun 3 oydan 10 oygacha vaqt kerak boMadi. Tuxumidan chiqqan bolasining uzunligi 4—5 sm keladi. Xameleonlar oilasiga 90 dan ortiq tur kiradi.


Download 192.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling