Ko‘krak-bcl umurtqalari
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
rasm. Timsohlar:
1-Nil timsohi; 2-Missisipi alligatori; 3 — kayman alligatori; 4 — Xitoy alligatori; 5 — gavial. Gaviallar (Gavialidae) oilasiga bitta gavial (Gavialis gangeticus) turi kiradi. Gavial uzun tumshug‘i-rostrumi borligi bilan xarakterlanadi (uchi to'mtoqroq, ayniqsa erkaklarida). Uzunligi 6 m gacha boradi. U Hindistonda va Birmada daryolarda yashaydi. 241 - Zoologiya Timsohlar ko‘plab ovlanishi tufayli soni kamayib ketgan. Bir qancha mamlakatlarda (AQSh, Kuba, Yaponiya, Keniya va boshqa davlatlarda) timsohlarni ko‘paytiradigan pitomniklar mavjud. Tuxumdan bolalari 90 kunda ochib chiqadi. Tuxum +31°C dan past haroratda bo‘Isa urg‘ochi timsoh, baland boisa erkak timsoh paydo boladi. Tuxumdan chiqqan timsohlarning 2—3 tasigina jinsiy voyaga yetgan timsohga aylanadi. Timsohlar qimmatbaho terisi va go‘shti uchun ovlanadi. Timsohlarning barcha turlari Jahon «Qizil kitob»iga kiritilgan. Anapsidalar (Anapsida) kenja sinfi Toshbaqalar (Testudines yoki Chelonia) turkumi Reptiliyalar orasida toshbaqalar ancha murakkablashgan guruh hisob- lanadi. 0‘ziga xos asosiy belgilariga, awalo, ularning tanasi suyak- muguz yoki suyak - teri sovut (qalqon) bilan qoplanganligidir. Sovut orqa — karapaks va qorin — plastron qalqonidan iborat. Uning tanasi, ba’zan bo‘yni, boshi, oyoqlari va dumi ham sovut (kosa) ichida bo‘ladi. Bu suyak pansir kosasi dushmandan saqlanadigan muhofaza organi hisoblanadi (116-rasm). Ustki qismi - karapaks suyak plastinkalardan hosil bo‘lgan va unga qovurg'alar hamda umurtqa pog‘onasi birlashib ketgan bo‘ladi. Pastki qismi — plastron 4 juft suyak plastinkalaridan iborat, unga to‘sh suyagi va o‘mrov suyaklari birlashib ketgan bo‘ladi. Plastron va karapaks pay yoki suyak tutqich bilan bogMangan. Yelka kamari 2 ta suyakdan: kurak, korakoiddan iborat. Chanoglda xuddi timsohlardagidek, yirik berkituvchi teshik bor. Oyoqlari tipik ravishda bo‘ladi. Umurtqalari opistotsel shaklda, keyingi umurtqalari esa protsel shaklda bo‘ladi. Faqat umurtqaning bo‘yin va dum qismi harakatchan, qolganlari karapaks bilan qo‘shilib ketgan, kurak va korakoid esa erkin, birikmagan. Toshbaqalar bosh skeletida ma’lum darajada ikkilamchi suyak -" tanglay hosil bo‘ladi. JagMari tishsiz vajag4 suyaklari qirrali o‘tkir shox qin bilan qoplangan. Tili go‘shtdor. Qizilo‘ngachi sekin-asta yo‘g‘on devorli oshqozonga aylanadi. Oshqozon chin ichakdan ajralib turadi. Kloaka teshigi uzunasiga ketgan yoriq shaklida boladi. Kattagina o‘pkasi timsohlardagidek murakkab tuzilgan. Toshbaqalar og‘iz bo‘shlig‘ining tagi goh ko'tarilib, goh tushib, havoni tortishda nasos vazifasini bajaradi. Nafas olish mexanizmi yana bo‘yin va oyoqlarining harakati orqali ham boradi, chunki toshbaqaning ko‘krak qafasi yo‘q. Ko‘krak qafasi ')A~i Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling