Ko‘krak-bcl umurtqalari
Yashirin bo‘yinli toshbaqalar (Cryptodira) kenja turkumi
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
Yashirin bo‘yinli toshbaqalar (Cryptodira) kenja turkumi vakillari boshini kosa ichiga tortib olganida, bo'yin qismi vertikal tekislikda Iotincha «S» harfiga o‘xshash qayrilishi bilan xarakterlanadi. Ular | Avstraliyadan tashqari hamma yerda chuchuk suvlarda va quruqlikda hayot kechiradi. Bu kenja turkumning 150 ta turi va 6 ta oilasi bor. Ular kichik va o‘rtacha kattalikda bo‘ladi. Oyoqlari yerda yurishga yoki suvda suzishga layoqatlangan. Yashirin bo‘yinli toshbaqalar Afrika, Janubiy Yevropa, Osiyo va Amerikada tarqalgan. Ko‘pchilik turlari o'simliklar bilan oziqlanadi.
Quruqlikda yashaydigan toshbaqalar (Testudinidae) oilasiga O'rta Osiyo cho‘l toshbaqasi (Agrionemys horsfieldi), Kavkaz toshbaqasi (Testudo graeca), Galapagos orollarida yashaydigan fil toshbaqasi (Geochelone elephantopus) va boshqalar kiradi. 0‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi tabiatda 20—25 yil, Kavkaz toshbaqasi esa 35—40 yil umr ko‘radi. Og‘irligi 200—400 kg keladigan fil toshbaqalari esa 120 yil va undan ham ortiq umr ko‘radi. 0‘zbekistonda cho‘l toshbaqasi barcha viloyatlarning cho‘l va dasht mintaqalarida tarqalgan. Qalqonining uzunligi urg‘ochisida 25 sm gacha boradi, erkaklariniki esa kichikroq. Erta bahorda qishki uyqudan uyg‘o- nib yashil o‘tlar bilan oziqlana boshlaydi. Bahorda ular tuproqqa 2—5 ta tuxum qo‘yadi. Tuxum ichida embrion 70—80 kun rivojlanadi. Yoz boshlanishi bilan kemiruvchilar iniga va toshlar ostiga kirib, yozgi uyquga ketadi. Kuzda uyqudan uyg‘onib yana oziqlana boshlaydi. Kunlar soviy boshlasa yana qishki uyquga ketadi. Kuz fasli noqulay kelgan yillari toshbaqalarning yozgi uyqusi qishki uyqu bilan ulanib ketadi. Chuchuk suv toshbaqalari (Emydidae) oilasiga MDHning cho‘l mintaqasida, Qrimda, Kavkazda uchraydigan botqoqlik toshbaqasi (Emys orbicularis) va Kaspiy toshbaqasi (Clemmys caspica) kiradi. Ular suv bo‘ylarida yashaydi. Bu toshbaqalar suvda yaxshi suzadi va sho‘ng‘iydi. Suvda va quruqlikdagi har xil umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Kaspiy toshbaqasi suv octlarini ham yeydi. Suv toshbaqalari suv qirg‘oqlariga chiqib 20-30 ta tuxum qo‘yadi. Qishda suv ostiga tushib uyquga ketadi. Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling