Ko‘krak-bcl umurtqalari
Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi Timsohlar (Crocodilia) turkumi
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Crocadylus niloticus)
Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi Timsohlar (Crocodilia) turkumi
Timsohlar sudralib yuruvchilarning eng qadimgi guruhlaridan hisob- lanadi. Ular 300 .ming yil ilgari paydo bolgan. Hozir yashab turgan timsohlar turkumi turli-tuman arxozavrlar kenja sinfining qoldig‘i hisoblanadi. Timsohlarning tashqi ko‘rinishi kaltakesaklarga o‘xshaydi, shuning uchun K. Linniy kaltakesaklar urug‘ining turlari deb hisoblagan. Timsohlar hayot kechirishi va tuzilishi jihatidan kaltakesaklardan uzil- kesil farq qiladi. Timsohlar chuchuk suvlarda hayot kechirishga moslashgan ulkan sudralib yuruvchilardan boiib, uzunligi 2—5 m va hatto 10 m gacha boradi. Timsohlar hozirgi sudralib yuruvchilar sinfi orasida eng yuksak taraqqiy etgan boiib, ularning gavdasi shox qalqonlar bilan qoplangan, bosh skeletida sutemizuvchilarnikiga o‘xshash taraqqiy etgan ikkilamchi suyak tanglayi bor, tishlari maxsus katakchalarda-alveolalarda joylashgan. Shuning bilan birga ularda 2 ta chakka yoyi va qorin qovurg‘alari qadimgi ajdodlardan saqlanib qolgan. Suvda yashashga moslashgan belgilariga oyoqlaridagi (orqa) bar- moqlar oraligkidagi pardalari, suvga sho‘ng‘iganda quloq va burun teshiklariga suv kirib ketmasligi uchun teri qopqoqlari (klapanlari) borligi, burun teshiklari va ko‘zlari boshining ustidagi bo‘rtmalarda joylash- ganligi, og‘iz bo‘shIigcining orqa tomonida halqum teshigi oldiga o‘mashgan maxsus tanglay pardasi borligi, burun teshigini berkita olishi, bunda hayvon faqat burun teshiklarini suvdan chiqarib, suv ichida og‘zini ochgan holda nafas olishi timsohlarga xos belgilar hisoblanadi. I Timsohlarning bosh miyasi va sezgi organlaridan ko‘rish hamda eshitish organlari yaxshi taraqqiy etgan. Ikkilamchi tanglay jag‘aro, qanotsimon suyak va boshqa suyaklar og‘iz bo‘shligining o‘rtasida bir-biriga qo‘shiladi, bu suyaklar og‘iz bo‘shlig‘ini ikki qavatga: pastki ikkilamchi og‘iz bo‘shlig‘iga va ustki burun - halqum yoiiga boiib Tishlari bir tipda tuzilgan, shaklan konusga o‘xshaydi, yeyilgan sari yangisi bilan almashib turadi. Yo‘g‘on go‘shtdor tili og‘iz bo‘sh- ligMning tubiga qo‘zg‘almas bo‘lib o‘rnash- gan. Oshqozoni yaxshi differensiallashgan va 2 qismga boiingan. 0‘pkasi murakkab katakchalardan tuzilgan.Timsohlarning yuragi to‘rt boMmali, lekin venoz sinusi reduksiyalanib ketganligi tufayli orqa aortasi 2 ta aorta yoyining qo‘shilishidan hosil bo‘lmay, balki o‘ng yoyi davomi hisoblanadi, ya’ni yurakdan venoz va arterial qon chiqayotganda aralashib ketadi (114-rasm). Timsohlarda kopulativ organi toq boladi, siydik pufagi rivoj- lanmagan, kloaka teshigi ko‘ndalang shaklda.
Timsohlar dam olish va tuxum qo‘yish uchun suvdan quruqlikka chiqadi. Ular har xil hayvonlar, ya’ni baliqlar, baqalar, sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ba’zan odamga ham tashlanadi. Timsohlar ikkita yarimshaming tropik va subtropik viloyatlarida tarqalgan. Ular, asosan Afrikada Nil daryosida, Yangi Gvineyada, Floridada, Amerikada, Hindistonda va Avstraliyada yashaydi.
Timsohlar tuxum qo‘yib ko'payadi. Tuxumining kattaligi tovuq va o‘rdak tuxumlariday, usti qalin ohak po‘choq bilan o‘ralgan boladi. Ular tuxumini chuqurliklarga (haqiqjy timsohlar) yoki uya yasab (kaymanlar); uya ichiga qo‘yadi. Uyasini xashak va cho‘plardan yasaydi, unga 20 tadan 100 tagacha tuxum qo‘yadi. Uya ustini ko‘madi. 1,5-3 oydan keyin yosh timsohlar tuxumdan chiqadi, urg‘ochilari ini yonida turib dushmandan tuxumlarini qo‘riqlaydi. Ularning terisi va go‘shti ishlatiladi. Timsohlar 80-100 yilgacha yashaydi, 8- 10 yoshida voyaga yetadi. Timsohlar, asosan tunda faol boiadi. Timsohlar turkumiga 23 ta tur kiradi va ular 3 ta oilaga bo‘linadi (115-rasm).
Alligatorlar (Alligatoridae) oilasiga 4 ta urug‘ va 8 ta tur kiradi. Alligatorlaiga tipik vakil qilib xitoy alligatori (Alligator sinensis) va timsoh kaymanini (Caiman crocodilus) misol qilib olish mumkin, Xitoy alligatori Xitoyda yashaydi. Mis- sisipi alligatori (Alligator missisippiensis) AQShning janubiy-sharqiy qismida tarqalgan. Kaymanlar urug'iga timsoh kayman, keng tumshuqli kayman (Caiman lati- rostris) va qora kayman (Melanosuchus niger)lar kiradi. Kaymanlar janubiy Amerikada yashaydi. Xitoy alligatorining uzunligi 1,5—2 m ga va Missisipi alligatorining uzunligi 4,5 m ga boradi- Shuningdek, kaymanlarning ham uzunligi 2—4,5 m atrofida bo‘ladi. Haqiqiy timsohlar (Crocodylidae) oilasining 14 ta turi bo‘lib?; bulardan Nil timsohi (Crocadylus niloticus) tipik vakil hisoblanadi va uning uzunligi 8—10 m gacha boradi. Haqiqiy timsohlar Afrika, Janubiy; Osiyo, Shimoliy Avstraliya va tropik Amerikada yashaydi. Dengiz timsohlari, asosan Avstraliyaning shimoliy qismida yashaydi* Haqiqiy timsohlaming uzunligi 2 m dan 6-7 m gacha boradi. Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling