Ko‘krak-bcl umurtqalari
-rasm. Qora ilonlar va aspidlar vakillari
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
112-rasm. Qora ilonlar va aspidlar vakillari:
I — charx ilon, 2 — ko‘lvor ilon; 3 — cho‘l qorailoni; 4 — kapcha ilon — pallasiya bo‘shiloni. ingdek, Chirchiqda, Tyanshandava Sirdaryoda sholipoyalar atrofida 1 s hraydi- Kechasi ovga chiqadi, asosan sichqon, kalamush, ba’zan 1 UCshlar, kaltakesaklar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. j^0‘lvor ilonning uzunligi 120 sm dan 2 m gacha boradi. 0‘zbekis- tonda, asosan Nurota, Zarafshon, Turkiston, Hisor va Ko‘hitang togklarida hamda togk etaklarida uchraydi. Bu ilonning ustki tomoni kulrang va kokkimtir bo'ladi. Koivor ilon ko‘pincha, kechasi ovga chiqadi. Mayda qushlar, kemiaivchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Odamga duch kelganda harakatsiz yotadi, zahari juda xavfli. Odam va hayvonlarni chaqqanda halok bo‘lishi mumkin. Qum charx iloni Respublikamizning janubiy hududlarida cho‘llarda va tog‘ etaklarida ko'plab uchraydi, uning uzunligi 80—90 sm keladi. Rangi sarg‘imtir qum rangida bo‘ladi. Charx ilon bezovta qilinsa, bir joyda turib aylana boshlaydi va uning yon tangachalari bir-biriga ishqa- lanib, tegirmon toshining ishqalanishiga o‘xshash ovoz chiqaradi. Shu- ning uchun ham unga charx ilon deb nom berilgan. Charx ilon ham faqat tunda ovga chiqadi. Yosh charx ilonlar, asosan umurtqasiz hay- vonlardan chayon, chigirtka, ko‘poyoqlar bilan oziqlansa, voyaga yet- ganlari esa kemiruvchilar, kaltakesaklar, baqa va zaharsiz ilonlar bilan oziqlanadi. Charx ilon 3 tadan 15 tagacha tirik bola tug‘adi. Charx ilon ham zaharli, lekin uning zahari odamga unchalik kuchli ta’sir qilmaydi. Oddiy qalqontumshuq ilon MDHda, asosan Janubiy Sibirda, Uzoq Sharqda, Kavkazda, 0‘rta Osiyoda, shu jumladan, 0‘zbekistonda Toshkent va Samarqand viloyatlarida hamda Mirzachoi va Xorazm choilarida uchraydi. Uning uzunligi 60—70 sm atrofida bo‘ladi. Qalqontumshuq ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issig‘i koktariladi. Kasai odam 10—15 kundan keyin tuzala boshlaydi. Qalqontumshuq ilon ham kuchli zaharli, lekin odamni chaqqanda o‘lmaydi. Afrikada yashaydigan mamba degan ilon o‘ta zaharli hisoblanadi. Bir chaqishda 5 ta ho‘kizm va 3 ta otni zaharlab ocldirishi mumkin. Zaharli ilonlar chaqqanida chaqqan odamni harakatlantirmaslik ke- rak. Jarohatlangan joydan zaharni qo‘l bilan siqib yoki og‘iz bilan so‘rib chiqarib tashlanadi. Zaharlangan odamga ko‘p miqdorda qora choy yoki kofe ichiriladi. Ma’lumki, mochevina zaharni parchalash xususiyatiga ega. Shuning uchun ilon chaqqan joyni tezda mochevina bila yuvish kerak. Shu- ningdek, jarohatlangan joyga margansovka, sirka yoki sodali suv bilan ho‘llangan bint yoki paxta bosiJadi. Dastlabki choralar ko‘rilgandan
so‘ng bemorni tezda yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borib zaharga qarshi zardob yuborish yoii bilan davolanadi. Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling