Zahartishlilarning uzunligi 60 sm gacha boradi. Ular tashqi tomondan i echkemarlarga o'xshaydi, gavdasi vazmin, tanasi o‘qlovsimon, oyoqlari j|
kalta, dumi yo‘g‘on va to‘mtoq. Tepa ko‘zi bo‘lmaydi, rangi och sariq yoki to‘q qizg‘ish tusda bo‘ladi, tangachalarida gilamga o‘xshash qoram- tir naqshlari bor. Ular kechqurun va tunda faol bo‘ladi. Zahartishlilar
jag‘inmg ostida o‘rnashgan
uzunligi 4 sm va qalinligi
1,5 sm
keladigan zahar bezi bor, u g‘azablanganda zahari zahar bezidan jo‘yakli tishiga oqib tushadi. Ularning zahari odam uchun o‘ta xavfli hisoblanadi,
qattiq og‘ritadi.
Zahartishlilar avgust oyida 3 tadan 12 tagacha tuxum qo‘yib ko‘payadi. Ular hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar, mayda kemiruvchilar, qushlarning palaponlari va tuxumlari bilan oziqlanadi. Zahartishlilarning
ta turi ham «Xalqaro Qizil kitob»ga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: