Kaltakesaklar (Sauria yoki Lacertilia) kenja turkumi. Kaltakesaklar
gavdasining shakli turli-tuman, asosan cho‘zinchoq, uzun harakatchan dumi, yaxshi rivojlangan bo‘yin, qisqa va besh barmoqli oyoqlari bor. Ayrim turlarining oyoqlari yo‘qolib ketgan, lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o‘laroq to‘sh suyagi, oyoq kamari, harakatchan ko‘z qovoqlari va nog‘ora pardasi bo‘ladi. Gavdasining uzunligi 3,5 sm dan 4 m gacha va og^rligi 150 kg gacha boradi. Ko*plarida dumining uzilish (autotomiya) hodisasi yuz beradi. Lekin ma’lum vaqtdan keyin dumi yana o‘sib chiqadi, ammo uning skeleti suyakka aylanmaydi. Teri bezlari faqat sonida joylashadi. Bu bez ko‘payishdan oldin ipsimon modda ishiab chiqaradi, bundan hududini chegaralash va ko'payshida kimyoviy signal sifatida foydalanadi.
Kaltakesaklar kenja turkumiga 4300 ga yaqin tur kiradi va ular Yer yuzida keng tarqalgan, MDHda 6 ta oilasi va 80 ga yaqin turi uchraydi. 0‘zbekistonda esa 38 ta turi aniqlangan. Kaltakesaklarning ko‘pchiligi MDHning janubiy hududlarida yashasa, tiriktug‘ar kalta- kesak bilan ildam kaltakesak o‘ita va shimoliy mintaqalarda tarqalgan. Markaziy Osiyo choUlarida har xil to‘garakboshlar, kechasi faol hayot kechiradigan gekkonlar, bo‘z echkemar, agamalar va boshqa tur kaltakesaklar yashaydi. Kaltakesaklar kenja turkumiga yana uchar ajdarlar, iguanalar, urchuqsimonlar, zahartishlilar, ssinklar kabi oilalar ham kiradi (106-rasm). Quyida kaltakesaklar kenja turkumining ayrim oilalari to‘g‘risida maMumotlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |