Tangachalilar (Squamata) turkumi
Tangachalilar turkumi hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar orasida eng ko‘p turga ega bo'lgan va keng tarqalgan hayvonlardan hisoblanadi, ya’ni 6000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Bularning terisi har xil shakldagi shox tangachalar va qalqonchalar bilan qoplangan.
Kvadrat suyagi miya qutisiga harakatchan qo‘shilganligi bilan boshqa sudralib yuruvchilardan farq qiladi. Tishlari jag* suyaklariga qo'shilgan. Bosh skeletidagi ikkita chakka yoyidan bitta-ustkisi saqlanib qolgan, Ikkinchi tanglay suyagi yo‘q. Xoanalari og‘zining oldingi qismiga ochiladi. Umurtqalari protsel tipda, tuban tuzilgan vakillarida amfitsel tipda bo'l&di. Kloakasi ko*ndalang yoriq shaklida joylashgan.
Tangachalilarning kopulativ organi juft kovak xaltacha shaklida bo‘ladi. Tuxum qo‘yish, ayrim turlari tirik tug‘ish yo‘li bilan ko‘payadi. Tuxumlari timsohlar va toshbaqalarning tuxumlariga qarshi o‘laroq, oqsilsiz va pergamentsimon parda bilan qoplangan bo‘ladi. Tangachalilar turkumi 2 ta kenja turkumga bo‘linadi.
Kaltakesaklar (Sauria yoki Lacertilia) kenja turkumi.
Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) kenja turkumi.
Do'stlaringiz bilan baham: |