Ko‘krak-bcl umurtqalari


Download 192.33 Kb.
bet19/40
Sana08.01.2022
Hajmi192.33 Kb.
#244085
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
Zoologiya dadayevas

Gekkonlar (Gekkonidae) oilasining 80 ta avlodi va 900 ga yaqin turi bor. MDHda 9 turi, 0‘zbekistonda esa 8 ta turi uchraydi. Bu oila vakillarinins uzunligi 3.5 sm dan 35 sm gacha boradi.

, _ h,t 106-rasm. Kaltekesaklar:

kaJtakesak; S-tezkaltakesak^1 af^mas'; 3 “ ^ulocl,i yumaloqbosh, 4 - plashli

ilon. kaltakesak, 6 - ,ldam kaltakesak; 7 - bo'z echkemar; 8 - sariq

Ulaming umurtqalari baliqlamikiga 0‘xshash amfitsel tipda tuzilgan. Gekkonlar, asosan tunda faol hayot kechiradi. Ba’zi turlari boshqa kaltakesaklarga o‘xshab quyoshda isinishni yaxshi koYadi. Ulaming I tanasi biroz yassi va kichikligi, ko‘z qorachig‘i tik joylashganligi va I ^0‘z qovoqlarining birlashib ketganligi bilan boshqa kaltakesaklardan



  1. farq qiladi, ko‘zi kechasi ko‘rishga moslashgan. Kunduz kuni hayot kechiradigan turlarining ko‘z qorachig‘i yumaloq, ularda harakatchan ko‘z qovoqlari bo‘lmaganligi sababli ko‘zlari ilonlarning ko‘zlariga o‘xshash doimo ochiq, tili yassi va keng og‘zidan tashqariga chiqib turadi. Tili bilan ko‘zini yalab changdan tozalaydi. Gekkonlar chinakam tovush chiqaradi. Ularda ham autotomiya xususiyati bor. Gekkonlar cho‘l va sahrolarda, tog'larda, odamlar turadigan eski binolarda yashaydi.

Gekkonlar barmoqlarining pastki yuzasi plastinkasimon, unga mayda mikroskopik ko‘rinishdagi tukchalar joylashgan. Shu tukchalar tufayli ular vertikal, hatto uy shiftida ham o‘rmalab yuradi.

Gekkonlar, asosan issiq iqlimli cho‘lu-sahrolarda, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. MDHda esa Qrimda, Kavkazortida, Qozog‘is- tonda va 0‘rta Osiyoda uchraydi. Bu oilaga Turkiston gekkoni, taroqbar- moqli gekkon, parrakdumli gekkon, ssinksimon gekkon va boshqa turlar kiridi. Bo‘z gekkoni OVrta Osiyoda, Qozog‘istonda, Kavkazortida va Eronda tarqalgan. Uning uzunligi 51 mm, dumsiz, tungi hayvon, kun- duzi toshlar orasiga, devor kovaklariga, jarlardagi yoriqlarga kirib yotadi. Qishni ham shu joylarda o‘tkazadi. Kulrang gekkoni 0‘zbekiston sharoitida uyqudan mart oyining oxirida uyg‘onadi. May oyida 2 ta tuxum qo‘yadi (10 mm), bolasi tuxumdan iyulning oxirida chiqadi.

Gekkonlar qo‘ng‘iz, pashsha, kana, chivin, chigirtka, chumoli Va ari kabi hasharotlar bilan oziqlanadi. 0‘rta Osiyoda, jumladan, 0‘zbekis- tonning qumli cho‘lIarida ssinksimon gekkon, Janubiy va G'arbiy hududlarda taroqbarmoqli gekkon, Qoraqalpog'istonda chiyildoq gek- koncha, g‘orlar va binolar shiftida kulrang gekkon va tog‘li hududlarda Turkiston gekkoni uchraydi.


225


Agamalar (Agamidae) oilasining 34 ta urug‘i va 350 dan ortiq turlari bo‘lib, kichik va o‘rtacha kattalikdagi kaltakesaklardir. Bu oilaga kiruvchi kaltakesaklarning boshi uchburchak yoki yumaloq shaklda, boshi ustida bo‘rtmacha va mayda tangachalari bor, yerda yashovchilarining gavdasi yapaloqlashgan, daraxtda yashovchilarining gavdasi esa ikki yonidan siqiJgan, oyoqlari boshqa kaltakesaklarnikiga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan.

'7rtr»lnpriva

Ba’zi vakillarida yelkasi va dumi ustida shox o‘simtalardan toj hosil bo‘ladi, till yo‘g‘on bo‘lib, tashqariga sal chiqib turadi. Tomog‘ida ko'ndalang bo‘rtma qallam bor, tishlari jag‘ining qirrasiga o‘rnashgan. Jaglaridagi tishlari kurak, qoziq va oziq tishlarga bo‘lingan bo‘lsada, ular faqat ovqat tutish uchun xizmat qiladi.

Agamalar vakillari Afrika, Osiyo, Avstraliyaning cho‘l va sahrolarida yashaydi. Ayrim turlari togli hududlarda va tropik o‘rmonlarda ham uchraydi. Agamalar kunduzi faol, qorong‘i tushganda yashirinib oladi. Ular, asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. 0‘zbekistonda 12 ta turi uchraydi. Tipik vakillariga Qizilqum va Qoraqum cho‘llarida yashaydigan cho‘l agamasi (Agama sanguinolenta), 4300 m qoyalarga ko‘tariladigan Turkiston agamasi (Agama lahmonni), ko‘chma qumlarda yashaydigan qizilquloq (Phrynocephalus mystaceus), Kavkaz agamasi (Agama cau- casicus), Dog‘iston, Kavkaz va 0‘rta Osiyoda qumli sahrolarda uchray- digan qum to'garakboshi (Phrynocephalus interscapularis), taqirto‘ga- rakboshi va mat rap to‘garakboshi kiradi. Avstraliyada plashli kaltakesak va Janubiy Osiyo okrmonlarida (Hindiston) g‘alati agamalardan — uchar ajdar (Draco volans) uchraydi. Bu agamalar tanasining yon tomonlarida joylashgan, soxta qovurg‘alari yordamida saqlanib turuvchi va parvoz qilish imkonini beruvchi pardalari bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Uchar ajdarlar, asosan daraxtlarda yashab, bir daraxtdan ikkinchi daraxtga 20—60 m gacha sakrab uchib o‘tadi.




Download 192.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling