108-rasm. lion skeleti:
1 — bosh skeleti; 2 — tana umurtqalari, 3 - dum umurtqalari.
y0‘q. 0‘pkasi toq, ularda faqat o‘ng o'pka pallasi rivojlangan. Buyraklari va jinsiy organlari tasmasimon cho‘ziq, siydik pufagi yo‘q. Jag* apparatining suyaklari (tanglay, qanotsimon va tangachasimon) o‘zaro harakatchan qo‘shilgan.
Shu sababli ilonlar okz oljalarini butunlay yutadi. Bo‘g‘ma ilonlar o‘ljasini gavdasi bilan o‘rab bo‘g‘ib oidiradi, zaharli ilonlar esa o‘ljasini zaharlab oidirib keyin yutadi.
Zaharli ilonlarning yuqorigi jag‘ida zahar tishlari bo‘ladi, bu tishlari boshqa tishlaridan farq qiladi va yuqori jag4 suyaklariga o‘rnashgan boladi. Zahar tishlari jag‘i ochilganda ustki jag‘iga vertikal holda, jag‘i yopilganda esa ularning uchi orqa tomonga qayriladi (109-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |