Ko‘r ilonlar (Typhlopidae) oilasiga 170 dan ortiq tur kiradi. Ko‘r ilonlar asosan Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydi. MDHda Kavkazortida, 0‘rta Osiyoda, jumladan, 0‘zbekis- tonning tog‘ mintaqasida yomg‘ir chuvalchangiga o‘xshash chuval- changsimon ko‘r ilon (Typhlops vermicularis) uchraydi. Uning uzunligi 30 sm gacha boradi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Ko‘r ilonlarning gavdasi silindr shaklda bo‘lib, yo‘g‘onligi deyarli bir xilda, gavdasi bir xildagi silliq tangachalar bilan, boshi esa qalqonchalar bilan qoplangan. Chanoq kamari rudimenti bor. Ular bog‘ va tokzorlarda yashaydi. Ko‘r ilonlar yer ostida hayot kechirishga moslashib, ko‘zlari murtak holida terini tagida yashiringan. Og‘zi juda kichkina. Ular boshqa ilonlarga o‘xshab ogkzini katta ocholmaydi va chaqmaydi, faqat tilini chiqarib yalaydi. Ko‘r ilonlar tuxum qo‘yib ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |