ilon jagiarining yopiq (yuqorida) va ochiq (pastda)
1 — zahar tishi; 2 - ustki jag‘ suyagi; 3 — ko‘ndalang suyak; 4 — qanotsimon suyak; 5 - tangacha suyak; 6 - kvad- rat suyagi; 7 — muskullari.
Qora ilon, shaqildoq ilonlarning zahar tishlari ichida kanali bo‘ladi, kapcha (kobra) ilon va koivor ilonlar zahar tishlarining sirtida egatchalari
ilmoq singari qayrilgan va uchi o‘tkir tishlari bo‘ladi. Odam uchun kapcha ilon, qora ilon, mamba va shaqildoq ilonlarning chaqishi juda xavfli hisoblanadi. Mambani hisobga olmaganda yuqorida keltirilgan zaharli ilonlar Respublikamiznining cho‘l va tog‘li hududlarida tarqalgan. MDHda yana chipor ilonlar va suv ilonlari keng tarqalgan.
Ilonlar turli xil hayvonlar, ya’ni kemiruvchilar, mayda kaltakesaklar, baqalarva hasharotlar bilan oziqlanadi. Ilonlar tuxum qo‘yib, tuxumdan tirik tug‘ib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi.
Ilonlar kenja turkumining sistematikasi ancha murakkab. Bu kenja turkumga 13 ta oila va 3000 taga yaqin tur kiradi. MDHda ilonlarning 60 taga yaqin turlari uchraydi, shu jumladan, 0‘zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 ta tur ilonlar uchrashligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |