Ko‘krak-bcl umurtqalari
Yon bo‘yinli toshbaqalar (Pleurodira) kenja turkumi
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
Yon bo‘yinli toshbaqalar (Pleurodira) kenja turkumi vakillari boshi va bo‘ynini gorizontal tekislikda yon tomonga burib plastron bilan karapaks orasidagi bo‘shliqqa joylashtiradi. Ular Janubiy yarimsharda: Avstraliya, Janubiy Afrika va Janubiy Amerika chuchuk suvlarida yashaydi. Kenja turkumning 2 ta oilasi va 50 ta turi bor. Asosiy vakillariga arrau yoki tartaruga (Podocenemis expansa), matamata, Argentina
ilonbosh toshbaqasi va bosliqalar kiradi. Arrau toshbaqasi ancha yirik bo‘lib, qalqonining uzunligi 80 sm gacha boradi. Ularning go‘shti, tuxumi, yog‘i ovqatga ishlatiladi, sovutidan ham foydalaniladi. MDHda yon bo'yinli toshbaqalar uchramaydi. Dengiz toshbaqalari (Chelonioidae) kenja turkumiga 1 ta oila va 7 ta tur kirib, ular barcha tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan, Dengiz toshbaqalarining bo‘yni qisqa, oyoqlari eshkak (kurak) shaklida. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlaridan ancha uzun, gavdasi biroz yapaloq- lashgan, bosh va oyoqlari hamda bo‘ynining ko‘p qismi quruqlik toshbaqalariniki kabi qalqon ichiga tortilib kirmaydi. Suyri shaklidagi kosasi muguz qalqonlar bilan qoplangan boiib, 80 sm dan 1,4 m gacha va og‘irligi 600 kg gacha boradi.Ularning butun hayoti suvda o‘tadi. Kosasining suyak plastinkalari reduksiyalanib ketgan, plastron halqadek boiib qoladi, karapaksda talaygina teshiklar hosil boladi. Ular baquwat oldingi oyoq panjalari yordami bilan suvda yaxshi suzadi. 1500— 2000 m chuqurlikka sho‘ngiy oladi, orqa oyoqlari rul vazifasini bajaradi. Dengiz toshbaqalari baliqlar, molluskalar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Urchish uchun ular odam kam boradigan orollar sohiliga chiqib yuzlab tuxum qo‘yadi. Tipik vakillariga yashil toshbaqa yoki sho'rva toshbaqa (Shelonia mydas), bissa yoki karetta (Eretmohelus imbricata) va Hindiston bilan Seylon atroflarida ko‘p uchraydigan sariq ko‘kimtir dengiz toshbaqasi kiradi. Sho'rva toshbaqasining og‘irligi 200 va hatto 600 kg gacha keladi va ovqatga ishlatiladi. Karetta esa ancha kichik (bo‘yi 80-100 sm) chiroyli shox plastinkalari uchun ovlanadi. Barcha turlari «Xalqaro Qizil kitob»ga kiritilgan. Yumshoq terili toshbaqalar (Trionychoidei) kenja turkumining 2 ta oilasi, 8 ta avlodi va 25 ta turi bor. Ular Janubiy Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika va Yangi Gvineyada tarqalgan, chuchuk suvlarda yashaydi. Yumshoq terili toshbaqalar kosasining ustki qalqoni to‘garak yoki oval shaklda, kosasining ustida hech qanday shox qalqonining bo‘lmasligi, ya’ni yumshoq teri bilan qoplanganligi uchun ularga yumshoq terili toshbaqalar deb nom berilgan. Tumshug‘i xartumchaga 0‘xshash cho‘- zinchoq va harakatchan bo‘ladi. Yumshoq terili toshbaqalar suvda yashaganligi uchun quloq teshiklarining usti teri bilan qoplangan va barmoqlari orasida suzgich teri pardalari bor. MDHda Uzoq Sharq toshbaqasi (ussuriy toshbaqasi) yoki Xitoy uch barmoqli toshbaqasi (Trionyx sinensis) Uzoq Sharqda Amur daryosi havzalarida yashaydi. Xitoy toshbaqasining kosasi teri bilan qoplangan* suvga yaxshi sholng‘iydi, suvning tubida tez yuradi va suv tagida bir
necha soatlab tura oladi. Bezlar ko‘rinishidagi qo‘shimchirfiafas organlari suvda nafas olishiga yordam beradi. Bu toshbaqa ko‘payish uchun suv qirg‘og‘iga chiqadi.Chuqur kavlab 30 tadan 70 tagacha tuxum qo‘yadi,« rivojlanishi 45—60 kun davom etadi. Mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Ular Xitoy va Yaponiyada go‘shti uchun ovlanadi. Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling