Ko‘krak-bcl umurtqalari
Soxta oyoqlilar yoki bo‘g‘ma ilonlar (Boidae)
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
Soxta oyoqlilar yoki bo‘g‘ma ilonlar (Boidae) oilasiga eng yirik ilonlar kiradi. Bu oilaning 85 ta turi bor. Bo‘g‘ma ilonlar gavdasini halqa qilib o‘ljasini o‘rab olib bo‘g‘ib o‘ldiradi, shu sababli ham ularga bo‘g‘ma ilonlar deb nom berilgan. Bo‘g‘ma ilonlarning og‘zida 6 qator joylashgan 100 tagacha tishlari bor, zaharli tishlari yo‘q. Ular ozu- qasini yutgandan keyin ovqat hazm bo‘lguncha (4—5 kun) juda bo‘sha- shib passivlashadi va qumga ko‘milib oladi. Bo‘g‘ma ilonlar ochlikka juda chidamli, ayrimlari 570 kun va hatto 3 yilgacha ochlikka chidaydi-
Bo‘g‘ma ilonlar tuxum qo‘yib, tuxumdan tirik tug‘ib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Ular 100 tagacha tuxum qo‘yadi yoki 100 tagacha tirik bola tug'adi, 5-^6 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Tutqunlikda 28 yil umr ko‘radi. Bo‘g‘ma ilonlarning uzunligi 50 sm dan 10 m gacha boradi. Bu ilonlarning murtak holdagi orqa 0yoqlari va rudiment holdagi chanoq kamari saqlangan (110-111 rasmlar). Bo‘g‘ma ilonlar oilasi vakillari, asosan Shar- qiy va G'arbiy yarimsharlarning tropik viloyat- larida tarqalgan. Bir necha turigina 0‘rta Osiyo va Kavkazning subtropik va cho‘l hamda sahro- larida uchraydi. Tipik vakillariga Janubiy Amerikada yashaydigan va uzunligi 5—6 m ga boradi- gan oddiy bo‘g‘ma ilon (Boa constrictor), uzunligi 10 m dan ortiq (11,43 m) anakonda (Eunetes murinus), Janubi-Sharqiy Osiyoda yashovchi va uzunligi 10 m gacha yetadigan to‘rli piton (Python reticulatus), 0‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yashovchi sharq bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx tataricus) va Kavkazda tarqalgan g‘arb bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx jaculus) kiradi. O‘zbekistonda Qizilqum, Ustyurt va Amuda- ryoning qumli qirg‘oqlari bo‘ylab sharq bo‘g‘- ma ilonchasi tarqalgan, uzunligi 60 sm dan 1 m gacha boradi va bu ilon kaltakesaklar, ke- miruvchilar, mayda qushlar bilan oziqlanadi. 0‘ljasini boshqa bo‘g‘ma ilonlar singari tanasi bilan o‘rab olib bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yutadi. Anakondaning og‘irligi 120 kg gacha boradi, terisi, go'shti va yog‘i uchun ovlanadi. Bo‘g‘ma ilonlar tunda faol bo‘ladi, kunduzi kemiruv- chilar inida yoki qumga ko‘milib yashirinadi. Suv ilonlari (Colubridae) oilasiga 2000 dan ortiq tur kiradi, O'zbekistoda suv ilonlarning 10 dan ortiq turlari uchraydi. Suv ilonlari oilasi orasida quruqlikda, daraxtda va yer ostida yashaydigan turlari ham bor. Suv ilonlarning uzunligi 10—15 sm dan 3,5 m gacha boradi. Suv ilonlari oilasiga oddiy suv iloni (Natrix natrix), suv ilon (Natrix tesselata), silliq suv iloni, ya’ni medyanka (Coronella austriaca) va chipor ilonlar (Elaphe, Coluber) avlodlari kiradi. Suv ilonlarida chanoq kamari va orqa oyoq qoldiqlari bo'lmaydi. Qorin tornoni bir qator b°£iib o‘rnashgan serbar tangachalar bilan qoplangan. Suv ilonlar oilasi vakillari kosmopolit hisoblanadi* Ular Antarktidadan tashqari yet yiizining barcha qit’alarida keng tarqalgan. Suv ilonlari, asosan qushlar tuxumi* hasharotlar, o‘rgimchaksimonlar, chuvalchanglar, turli mayda baliqlar, baqalar, kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi Suv ilonlarning ko‘pchiligi tuxum qo‘yib ko‘payadi, medyanka esa tuxumdan tirik tug‘adi. Suv iloni 0‘rta Osiyoda keng tarqalgan, 0‘zbe- kistonning hamma suv havzalarida yashaydi. Oddiy suv ilonini bog*, poliz va odamlarga yaqin joylarda ham uchratish mumkin. Uning uzunligi 1,5 m gacha boradi, boshining ikki yon tomonida bittadan oq yoki havorang xoli bor. Suv ilonlari baliqchilik xo‘jaliklariga birmuncha ziyon keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar va hatto xonadonlarda chipor ilon uchraydi. Uning uzunligi 2 m gacha boradi. Chipor ilon, asosan 0‘rta Osiyoda va Uzoq Sharqda keng tarqalgan. Chipor ilon ham turli qushlar va ularning jo‘jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. 0‘lja qidirib, molxona va xonadonlarning shiftiga chiqib olishi, devorning yoriqlariga kirib qolishi mumkin. 0‘zbekistonning cho‘l mintaqalarida xoldor chipor ilon, ko‘ndalang yolli chipor ilon, o‘q ilon, Ustyurtda to‘rt chiziqli chipor ilon, tog‘ etaklarida esa qizil chiziqli chipor ilon tarqalgan. Silliq suv ilonining uzunligi 75 sm atrofida bo‘ladi. 0‘q ilon ham suvilonlar oilasiga kiradi. 0‘q ilon zaharli hisoblanadi. Uning zahar tishi og‘iz bo‘shlig‘ining ichki tomonida joylashgan, jo‘yakli bo‘ladi. Zahari odamga unchalik ta’sir qilmaydi. Aspidlar (Elapidae) oilasiga 192 ta tur kiradi. Ular, asosan Hindistonda, Afg‘onistonda, Hindi-Xitoyda, Filippinda va 0‘rta Osiyoda tarqalgan. 0‘rta Osiyoning janubiy hududlarida, ya’ni Turkmaniston va 0‘zbekistonda, jumladan, Bobotog4, Hisor, Zarafshon, Nurotatizma toglarining tog‘oldi hududlarida, Qarshi dashtida yirik kulrang 0‘rta Osiyo kapcha iloni (Naja oxiana) uchraydi, Uning uzunligi 1,8-2,2 m gacha boradi. U bahorda kunduzi, yoz va kuz oylarida ertalab va kechqurun faol harakat qiladi. Biron xavf tug‘ilganda kapcha ilon tanasi oldingi qismini yuqori ko‘tarib shishiradi, bo‘ynini yassi holda kengaytirib vishillagan ovoz chiqaradi va boshini tebrata boshlaydi Kapcha ilon iyul-avgust oylarida 9— 12 ta tuxum qo'yadi. Tuxumining kattaligi 3,3— 3,8 sm keladi, tuxumini yerga chuqurchaga ko‘mib qo'yadi. 70-75 kundan keyin tuxumidan kichkina bolasi chiqadi. Kapcha ilonning zahar tishlari kattaligi bilan boshqa tishlari dan farq qiladi. Aspidlar oilasining asosiy avlodlariga kapcha ilonlar, aspidlar (Elaps), bungarlar (Bungarus) kabi o‘ta zaharli ilonlar kiradi. Kapcha ilonlarning
ptaydi. Qirol kapcha iloni yoki ko‘zoynakli ilon (Naja naja) ham juda zaharli hisoblanadi, uning uzunligi 3-3,5 m gacha boradi, Janubiy Osiyoda tarqalgan. Kapcha ilonlar odamni chaqqanda 15 minutda odam bo‘g iHb oMadi. Qora bo‘yinli kapcha ilon o‘z zaharini 4 m gacha uzoqlikka sachratishi muinkin. Kapcha ilonlar zaharidan tibbiyotda ayrim xavfli kasalliklarga qarshi dori tayyorlanadi. Kapcha ilon noyob tur sifatida 0‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Aspidlar oilasining vakillari, shu jumladan, kapcha ilon, asosan qurbaqa, kaltakesaklar va boshqa ilonlar bilan oziqlanadi. Ular 40 tagacha tuxum qo‘yib ko‘payadi. Dengiz ilonlari (Hydrophiidae) oilasi vakillari, asosan Tinch va Hind okeanlarining tropik va subtropik dengizlarida yashaydi, 40 dan ortiq turlari bor. Bu ilonlar boshining kichikligi, gavdasining yon tomondan siqilganligi va dumining yapaloqligi bilan boshqa ilonlardan farq qiladi. Burun teshiklari baland joylashgan. Bosh tomonida maxsus tuz chiqarish bezlari bor. Dengiz ilonlarining zahari boshqa zaharli ilonlarnikidan bir necha marta kuchli (12 marta) bo‘ladi. Ko‘pchiligi tirik tug‘adi. Dengiz ilonlari umuman quruqlikka chiqmaydi. Tipik vakiliga kurakdum pelamida (Pelamida platurus)ni misol qilib keltirish murnkin. Bu ilonlar baliq va ularning ubildiriqlari bilan oziqlanadi, ayniqsa ilonbaliqlarni xush ko‘radi. Qorailonsimonlar (Viperidae) oilasiga 210 ta tur kiradi. Ular zaharli, zahar tishlarining ichida nayi bo‘ladi. Qorailonsimonlar oilasining vakillari Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Ularning gavdasi yo‘g‘on, boshi uchburchak, dumi qisqa va yassi bo‘ladi. Qorailonsimonlar oilasining tipik vakillariga MDHda, shu jumladan, 0‘zbekistonda tarqalgan cho‘l qora iloni (Vipera ursini), Amerika chinqiroq iloni (Crotalus horridus), 0‘rta Osiyoda keng tarqalgan oddiy qalqontumshuq ilon (Ancistrodon halis), 0‘rta Osiyoda hamda Kavkazda tarqalgan ko‘lvor ilon (Vipera lebetina), 0‘rta Osiyoning janubida va Afrikada yashaydigan qum charx iloni (Echis carinatus) kiradi (112-rasm). Oddiy cho‘l qora iloni tuxumdan tirik tug‘ib ko‘payadi, 3 tadan 17 tagacha tuxum qo‘yadi. Ular yer ostidagi uyasida to‘p-to‘p bo‘lib qishlaydi. Cho‘1 qora ilonlarining zahari birmuncha kuchsiz ta’sir qiladi. Kasalmand va nimjon odamlami chaqqanda, kasallik og‘ir kechadi. Chaqqan joyi qattiq og‘riydi. Bu ilonning usti to‘q kulrang bo‘lib, qoramtir xollari bor, ular nisbatan mayda, uzunligi 70-80 sm atrofida bo‘ladi. Oddiy chocl qora iloni MDHda, shu jumladan, 0‘zbekistonda ko‘proq Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qirg‘oqlarida yashaydi. Ular, Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling