Ko‘krak-bcl umurtqalari


Urchuqsimonlar (Anguidae)


Download 192.33 Kb.
bet21/40
Sana08.01.2022
Hajmi192.33 Kb.
#244085
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
Zoologiya dadayevas

Urchuqsimonlar (Anguidae) oilasining 80 ga yaqin turlari bo‘lib, gavdasining shakli duksimon yoki cho‘zinchoq tuzilganligi uchun urchuqsimon deb nom berilgan. Ularning boshi simmetrik joylashgan. Yirik muguz qalqonlar bilan qoplangan, qovoqlari harakatchan bo‘ladi. Urchuqsimonlar tilining oldingi qismi orqa qismidagi maxsus qin ichiga tortilib kiradi. Urchuqsimonlar oilasi vakillari beozor oyoqsiz kaltake- saklardir. Ko‘pchilik turlari, asosan Shimoliy Amerikada tarqalgan, ayrim turlari esa Janubiy Amerikada, Yevropada va Janubi-Sharqiy Osiyoda yashaydi. MDHning Yevropa qismida, asosan urchuqcha (Anguis fragilis), MDHning janubiy hududlarida hamda 0‘rta Osiyoda esa sariq ilon (Ophisaurus apodus) keng tarqalgan. Ba’zi turlarining oyoqlari bo‘lib, ular Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan.

Sariq ilon 0‘rta Osiyoda, shu jumladan, 0‘zbekistonning barcha tekislik, tog'oldi cho‘l va dashtlarida keng tarqalgan. Uzunligi 1 m atrofida bo‘ladi, shilliqqurtlar va mingoyoqlar bilan oziqlanib qishloq xo‘jaligiga foyda keltiradi. Urchuqcha ham sariq ilonga o‘xshash oyoqsiz kaltakesak bo‘lib, gavdasi xuddi ilonnikiga o‘xshash, sariq ilonnikiga o‘xshash teri qoplami boMmaydi. Uzunligi 60 sm gacha boradi. U Yevropa va Osiyoning g‘arbiy qismida o‘rmonlarda o‘simliklar bilan qoplangan joylarda yashaydi. Urchuqchalar ham shilliqqurtlar, yomg‘ir chuvalchanglari va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ular bahorda ko‘payadi. Embrionining taraqqiy etishi tuxum yo‘lida bor- ganligi uchun tuxumdan tirik tug‘uvchi kaltakesaklar qatoriga kiradi. Avgust va sentabr oylarida tuxum qo‘ygan zahoti undan bola chiqadi. Urg‘ochisi 5 tadan 25 tagacha tuxum qo‘yadi.




Download 192.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling