Ko`l va muzliklar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
O`quvchilarga gidrosfera haqidagi bilimlarni berishda davom etib, ularga ko`llarning turlari, xususiyatlari, kelib chiqishi to`g`risidagi bilimlarni shakllantirish va muzliklar, ularning hosil bo`lishi haqidatasavvur hosil qilish. Xaritadan ko`l va muzliklarni topa olish ko`nikmalarini shakllantirish. Yangi mavzuni to`liq o`zlashtirishga erishish.
Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarga ekologik tarbiya berish, insoniyatning sidrosferaga salbiy ta’siri va buning oqibatlarini ochib berish, Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
Dars turi:
Ta’lim beruvchi, interfaol.
Dars o`tish metodi:
Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi:
Globus, yarim sharlar tabiiy kartasi, 5-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, “Geografik nomlarni bilasizmi?” elektrodoskasi, jadvallar, ko`llar va muzliklar rasmlari, tarqatma materiallar, globus maketlari, vatman, markerlar.
Texnik jixozlar:
Kompyuter, multimedia, slaydlar, magnitofon.
Dars rejasi:
I. Tashkiliy qism.
1.O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa)
2.Guruhlarga bo`linish. (2 daqiqa)
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash.
3.Biz bilgan bilimlar. “Kim chaqqon” o`yini. ( 5 daqiqa)
III. Yangi mavzu bayoni.
4. Slaydlar orqali yangi mavzuni tushuntirish. ( 8 daqiqa)
5. “Ko`llar va muzliklar” videofilmini ko`rish. (5 daqiqa)
6. “Xatosini toping” ( 8 daqiqa)
7. “E’tiborni jamlash” o`yini. ( 4 daqiqa)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
8. “Aplikatsiya” usuli. (7 daqiqa)
V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.
9. G`olib guruhni aniqlash va baholash. ( 2 daqiqa)
10. Uyga vazifa. ( 2 daqiqa)
Do'stlaringiz bilan baham: |