IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`qituvchilarga “Aplikatsiya” usuli yordamida gidrosferaga doir so`zlar beriladi. Har bir guruh o`ziga berilgan topshiriq asosida vazifani bajaradilar.
So`zlar:
Suvayirg`ich, mansab, oqar, sho`r, oqim, chuqurlik, harorat, maydoni, chuchuk, Nil, Hind, Baykal, tektonik.
Daryo atamasiga:
Suvayirg`ich, mansab, chuqurlik, harorat, chuchuk, Nil.
Okean atamasiga:
Sho`r, oqim, chuqurlik, harorat, maydoni, Hind.
Ko`l atamasiga:
Oqar, sho`r, chuqurlik, harorat, maydoni, chuchuk, Baykal, tektonik.
Guruhlar taqdimotidan so`ng, o`qituvchi ular fikrlarini umumlashtirib darsga yakun yasaydi, guruhlar to`plagan globuschalar sanab, ballar hisoblanadi, g`olib guruh aniqlanadi hamda faol o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa:
Mavzuni o`qib, savollarga javob yozish, atlasdan foydalanib yozuvsiz xaritaga 10 ta ko`l nomini yozib kelish, xohlagan bitta ko`lga ta’rif yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |