Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi


Download 56 Kb.
bet5/5
Sana14.04.2023
Hajmi56 Kb.
#1357582
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kolloid eritmalar. word

ULTRAFILTRATSIYA.
Teshiklarning o’lchami kolloid zarracha o’lchamlaridan kichik bo’lgan filtrlardan foydalanib, kolloid eritmani elektrolitlardan tozalash mumkin. Bu asbob voronkasimon idish bo’lib, uning keng tomoniga kollodiydan tayyorlangan membrana o’rnatilgan. Filtrlashni tezlatish uchun voronkaning tor qismi bosim beradigan (vakum nasosi) nasosga ulanadi. Tegishli membrana ishlatib, kolloid eritmani elektrolitlardan, shuningdek, bir zolni kkkinchi zoldan filtrlab ajratish mumkin. Buning uchun membrana teshiklarining diametri bir zol zarrachasidan katta ikkinchi zol zarrachasidan kichik bo’lishi kerak.
TSENTRIFUGALASH USULI.
1913 yilda A.V.Lumanskiy kolloid eritmalarda kolloid zarrachalarni tsentrifuga yordamida cho’ktirib ajratib olish mumkinligini ko’rsatdi. Bu usulni takomillashtirib, Svedberg kolloid zarrachalarni cho’ktirishda hozzirgi zamon ultratsentrifugasini qo’lladi. U minutiga 60000 marotiba aylanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ктрелев В.А. Краткий курс физической химии. М. 1989 Г.


2. Стромберг А.Г. Семченко Д.П. Физическая химии. М. 1973 Г.
3. Воюцкий С.Е. Курс коллоидной химии. М. 1973 Г.

  1. Усмонов Х.У. Рустамов Х.Р. Рахимов Х.Р. «Физик кимё» Тошкент O’qитувчи. 1963-1975 йил.

  2. Рахимов Х.Р. «Физик ва коллоид химия» Тошкент. O’qитувчи 1978 йил.

  3. Герасимов Я.И. «Курс физической химии» Москва 1970 Г.

  4. Эмануэл Н.М. «Кнорре» Курс химической кинетики. Москва 1974 Г.

  5. Физическая химия. Под. П.В.никольского М.: Химия. 1988 школа, 1984.

  6. Эммануэль Н.М., Д.Г. Курс химической кинетики. М.: Высщая школа, 1984.

  7. Статистик термодинамика: Ўқув қўлланма. Тузувчи Б.У.Сагдуллаев, Тошкент, 1990.

  8. Дамаскин Б.Б., петрий О.А. Электрохимия: Учеб. Пособие М: Высшая школа, 1978.296 с.

  9. Смирнова Е.А. Курс статистической термодинамики и физической химии: Учеб. Пособие 2-е изд. М: Высшая школа, 1982. 456 с.

  10. Еримин Е.Н. Основы химической термодинамик: Учеб.пособие М: Высшая школа, 1978. 383 с.

  11. www.ziyonet.uz

Esse
Kolloid eritmalar, zollar -zarrachalarining oʻlchami 1 nm dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazsimon (tutun, bulut, tuman), suyuq (emulsiyalar) va qattiq (aralashmalar, qattiq kolloid eritmalar, rangli shishalar) holatda boʻladi. Kolloid eritmalar mono- va polidispers holatlarda boʻladi. Monodispers holatdagi Kolloid eritmalar faqat sintetik yoʻl bilan olinishi mumkin. Polidispers Kolloid eritmalar 2 usulda olinadi: yirikroq zarrachalarni maydalash (dispergatsiya usuli) va molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish, yaʼni agregatlash (kondensatsiya usuli).
Dispergatsiya usulida Kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Kolloid eritmalarni kislota, asos va toʻzlardan tozalashda dializ, ultrafiltrlash, elektrodializ, ultratsentrifugalash usullaridan foydalaniladi.
Kolloid eritmalar juda kichik osmotik bosim, suyet diffuziya va Broun harakatiga ega. Zarrachalar zaryadli boʻlganligi tufayli, ular elektroforez jarayonida elektrod tomon harakat qiladi.
Oʻta yuqori disperslikka ega boʻlgan Kolloid eritmalar zol deb ataladi. Zollarni nomlashda dispersion muhitni hosil qiluvchi modda asos qilib olinadi: dispersion muhit suv boʻlsa, gidrozol, organik modda boʻlsa, organzol, keyingilari kimyoviy tarkibiga koʻra benzozol, alkozol va boshqa deyiladi. Agar dispersion muhit gaz boʻlsa, bunday zol aerozol, suyuq dispersion muhitga ega boʻlgan zollar esa liozollar (yun. lios — suyuqlik) deb ataladi. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi bogʻlanishga qarab, Kolloid eritmalar liofob va liofil zollarga boʻlinadi. Liofob zollarga dispers platina, kumush, oltingugurt zollari misol boʻla oladi. Liofil zollarda esa bu bogʻlanish kuchli boʻladi, ularga oqsil, jelatina, pepsin va yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi.
Kolloid eritmalar sanoat, qishloq xoʻjaligi va tibbiyotda muhim rol oʻynaydi. Barcha tirik organizmlar toʻqimalari va hujayralarining asosini tashkil etuvchi oqsil, nuklein kislotalar, kraxmal, glikogen kabi moddalar Kolloid eritmalar holida uchraydi. Tuproqning unumdorligi uning Kolloid eritmalar xrlidagi qismining fizik-kimyoviy xossalariga, sement, chinni, keramika, sir va boʻyoqlar sifati ularning disperelik darajasi hamda Kolloid eritmalarning xossalariga bogʻliq. Kolloid eritmalar charm, qogʻoz, gazlama, sunʼiy ipak, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ham keng qoʻllaniladi.

Xulosa:
Kolloid eritmalarning nimaligini va qanday olinishini qilingan topshiriqlar orqali va o'tkazilgan tajribalar orqali yaxshi o'zlashtirib oldim. Kolloid eritmalari o'zi nima? -


Kolloid eritmalar, z o l l a r -zarrachalarining oʻlchami 1 nm dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori dispers sistemalardir. Yuqorida berib o'tilgan ma'lumotlar orqali to'liq tushintirib o'tilgan.
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling