Машгулот №13 Мавзу: dispers sistemal
Download 0.63 Mb.
|
Дисперс системалар ф-к
Машгулот № 13 Мавзу: DISPERS SISTEMAL .
Zarrachalar kattaligi nm m 1.Molekulalar – ion dispers sistemalar 1 gacha 10-9gach 2.Kolloid dispers sistemalar 1 dan 100 gacha 10-9-10-7 3.Dag‘al dispers sistemalar 100 dan ortiq 10-7-10-4 Dispers muhiti suyuq bo‘lgan kolloid eritma zol deb ataladi.Agar ulardagi dispers muhit suv bo‘lsa ─ gidrozollar, organik erituvchi bo‘lsa ─ organozollar (benzol-benzozol, spirt-alkozol, efir-eterozol) deb ataladi. Dispers sistema muhitlariing agregat holatiga ko‘ra quyidagilar o‘zaro farqlanadi: Liozollar ─ dispers muhiti suyuq agregat holatida bo‘lgan zollar. Aerozollar ─ dispers muhiti gaz agregat holatida bo‘lgan zollar. Qattiq zollar ─ dispers muhiti va fazasi qattiq agregat holatida bo‘lgan zollar. Dispers faza zarrachalari tasirlashuvi bo‘yicha sinflanish turi. Barcha dispers sistemalar o‘zidagi dispers fazalarning kinetik xususiyati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: Erkin (bog‘lanmagan) dispers sistemalar ─ dispers faza zarrachalari o‘zaro bog‘lanmaydi va erkin harakatlanish xususiyatiga ega bo‘ladi (liozollar,aerozollar, suspenziya va emulsiyalar). Bog‘langan dispers sistemalar ─ sistema fazalaridan biron – biri erkin harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi (gellar, ko‘piklar va h.k.). Dispers muhit va dispers fazalar tasirlashuv tabiati bo‘yicha sinflanish turi. Dispers sistemarning tarkibiy qismlarining o‘zaro tasirlashuvi asosan dispers fazasining solvatlanish (gidratlanish) qobiliyati bilan belgilanadi. Dispers faza va muhit orasida kuchli tasirlashuv sodir bo‘ladigan sistemalar liofil (dispers muhit suv bo‘lsa - gidrofil) sistemalar deb ataladi. Dispers faza zarrachalari dispers muhit bilan kuchsiz tasirlashish xususiyatiga ega bo‘lgan sistemalar ─ liofob (gidrofob) sistemalar deyiladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling