Машгулот №13 Мавзу: dispers sistemal


Kolloid eritmalarni olish usullari


Download 0.63 Mb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1108636
1   2   3   4
Bog'liq
Дисперс системалар ф-к

Kolloid eritmalarni olish usullari
Kolloid eritma zarrachalarining kattaligi jixatdan oraliq holatda bo‘lganligi sababli ularni olish usullari 2 ga bo‘linadi:
1. Disperslash

  1. Kondensatsiyalash

Disperslash usuli yirik zarrachalarni maydalashga asoslangan bo‘lsa kondensatsiyalash usuli kichik zarrachalarni kolloid zarrachalar kattaligigacha kattalashtirishga asoslangan usuldir.
Disperslashni amalga oshirish uchun maydalashni uyidagi usullarini qo`llash mumkin:
Mexanik usul
Ultratovush yordamida
Kimyoviy usul
Elektr toki yordamida
1.Mexanik maydalash maxsus mashinalar yordamida bajariladi. Bu mashinalarning ish usuli zarba yordamida maydalash va ishqalashga asoslangan. Masalan sharli va kolloid tegirmonlar bo‘lishi mumkin. Shunday tegirmonlar yordamida dorilar, kakao, kraskalar olinadi.
2. Elektr toki yordamida maydalashda maydalanishi zarur bo‘lgan metalldan tayyorlangan elektrod stabilizator tutgan suyuq muhitga tushiriladi va 5-10 A tok bergan holda elektr uchquni (yoyi) hosil bo‘lguncha yaqinlashtiriladi. Elektrodlarning kuchlanishi ≈ 100V. Buning natijasida elektrod tayyorlangan metall bug`lanadi va suyuqlikda kondesatsiyalanishi natijasida kolloid eritma hosil bo‘ladi.
Shunday usul bilan Ag, Pt, Au va boshqa metall zollari olinadi.
3. Ultratovush tebranishlar ham yirik zarrachalarni maydalashga yordam beradi. Bunda maydalanishi lozim bo‘lgan modda dispersion muhitga tushirib ultratovush maydonida ma’lum vaqt saqlanadi.
4. Peptizatsiya (kimyoviy usul). Peptizatsiya ikki turga farqlanadi.
- Bevosita peptizatsiya
- Bilvosita peptizatsiya
Bevosita peptizatsiyada cho‘kmaga qo‘shilayotgan elektrolitning o‘zi peptizator vazifasini bajaradi. Bilvosita peptizatsiyada esa peptizator vazifasini bevosita qo‘shilayotgan modda emas balki qo‘shilayotgan modda bilan cho‘kma orasidagi reaksiya mahsuloti bajaradi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling