Машгулот №13 Мавзу: dispers sistemal


Kolloid zarrachalarning tuzilishi


Download 0.63 Mb.
bet4/4
Sana22.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1108636
1   2   3   4
Bog'liq
Дисперс системалар ф-к

Kolloid zarrachalarning tuzilishi
. Kolloid zarrachalarning hosil bo‘lish jarayonlarini kuzatib borilsa, ularning tuzilishini o‘rganish bir qadar osonlashadi.
AgJ ning kolloid zarrachasi quyidagi reaksiya natijasida hosil bo‘ladi:
AgJ molekulalari amalda erimaydigan zarrachalar bo‘lib birlashadi, Ag+ va J- ionlari ana shu zarrachalarda kristall panjara hosil qiladi.. AgNO3 va KJ ekvivalent miqdorlarda olinsa, zarrachalar - kristallar kolloid zarrachalar kattaligidan ancha katta bo‘lib o‘sadi va cho‘kmaga tushadi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri biroz ortiqroq olinsa, u AgJ kolloid zarrachalarini barqaror qiladigan stabili­zator bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, KJortiqroq bo‘lsa, eritmada ko‘p miqdor K+ va J-ionlari bo‘ladi. Lekin Panet—Fayans qoidasiga binoan, AgJ kristall panjarasining tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi ionlar hisobiga; bu holda J+ ionlari hisobiga bo‘lishi mumkin.
Ag+ ionlari yadroning kristall panjarasini qurib borib uning strukturasiga mustaxkam o`rnashadi va unda elektrotermodinamik potensial deb ataladigan elektr zaryad paydo qiladi. Shu munosabat bilan yadroning kristall panjarasini oxirigacha tuzib bergan ionlar potensial belgilovchi ionlar deb ataladi. Ko‘pgina kolloid zarrachalarda elektr termodinamika potensiali yoki E-potensialning kattaligi 1Vga etadi. Zaryadi birmuncha katta bo`lgan bunday zarrachalar eritmada qolgan qarama – qarshi zaryadlangan K+ ionlarini (shu sababdan qarama- qarshi ionlar deb ataladigan) o‘ziga tortadi.
Qarama-qarshi ionlarning adsorbilanish jarayoni boshlanadi, buning natijasida adsorbilangan ionlar bilan erkin ionlar o‘rtasida dinamik muvazanat qapop topadi. Kolloid zarrachalar yadrosiga adsorbilangan barcha qarama-qarshi ionlarning asosiy qismi potensial belgilovchi ionlar bilan birgalikda adsorbsion qavatni hosil qiladi. Yadro bi­lan adsorbsion qavat granula (donacha) ni tashkil qiladi. Granulada ham elektr potensial bo‘ladi, uning belgisi E-potensialga o‘xshash, lekin uning qiymati bir qadar kichik bo‘lib, adsorbsion qavatdagi qarama-qarshi ionlarning miqdoriga boglikdir.

Adsorsion qavat

Diffusion qavat

M I T S E L L A
-rasm.
Kolloid eritmalarning turg‘un bo‘lishiga stabilizatorlar, ya’ni elekgrolitlar sabab bo‘ladi va granulalar zaryadining ( -potensialning) qiymatiga bog`lik. Bu potensial qancha yuqori bo‘lsa, zarrachalarning Broun harakati natijasida to‘qnashganda ularning birikishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘zaro itarilish kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi. KJ ortiq bo‘lganda, AgJ mitsellasining tuzilishini sxemasi quyidagicha tasvirlanadi:
Potensial belgilovchi ionlar J-qarama-qarshi ionlar esa K+ bo‘ladi. Barcha qarama-qarshi K+ ionlari diffuziya qavatidan adsorbsion qavatga o‘tsa δ-potensial nolgacha pasayadi va granula elektroneytral (yoki izoelektrik) bo‘lib qoladi.
{ m [AgJ] • n J-• nK+}




Mitsella hosil bo‘lish o‘z-o‘zidan amalga oshadigan va qaytar jarayondir. Sistema temperaturasi va SFM konsentratsisining o‘zgarilishiga qarab kimyoviy jarayon muvozanatini agregatsiya va dezagregatsiyalash holatlari tomon siljitish mumkin:


molekulyar eritma ↔ mitsellyar eritma ↔ gel.
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling